Тuzuvchi: Abdullayeva Zumrad
Fan: Informatika
Sinf: 8B
Vaqt: 45 daqiqa
Sana: 28.11.2020
Mavzu: CMS platformalari bilan tanishish
Maqsad: O’quvchilar:
CMS paltformalari Wordpress,Joomla,Drupal bilan tanishadilar ularning vazifalari va qulayliklari haqida tushunchaga ega bo’ladi
Sayt manzillari bilan tanishib ko’rinishi va ishga tushirish interfeysi bilan tanishishadi
O’quvchilarning fikrlash yangi g’oyalar o’ylab topishga undash
Jihozlar: Videopoektor, kompyuterlar, har bir guruhga diagramma chizilgan A3 qog’ozi.
Texnologik xarita
1
|
Tashkiliy qism
|
2 – daqiqa
|
2
|
CMS haqida mavzusini so'rash.
|
7 – daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu
|
7 – daqiqa
|
4
|
Amaliy mashg'ulot
|
5 – daqiqa
|
5
|
Topshiriqni bajarish
|
8 – daqiqa
|
6
|
Taqdimot
|
8 – daqiqa
|
7
|
Muhokama
|
5 – daqiqa
|
8
|
Baholash
|
2 – daqiqa
|
9
|
Uyga vazifa berish
|
1 – daqiqa
|
Dars jarayoni
1. Tashkiliy qism (2 daqiqa).
a) Salomlashish.
b) Davomatni aniqlash.
2. Uyga vazifani so’rash (7 daqiaqa).
O’tilgan mavzuni savollar yordamida so’rayman.
1) CMS deganda nimani tushunasiz?
2) CMS nima maqsadda qo’llaniladi?
3) CMSning afzalliklari nimadan iborat?
4) CMSda qanday kamchiliklar mavjud?
5) Shablon nima?
Yangi mavzu bayoni. (7 daqiqa).
O’quvchilarning javoblarini to’ldirgan holda mavzuni mustahkamlab, yangi mavzuni tushuntiraman.
Yopiq kodli platforma —shifrlangan dasturiy ta’minot.Uning tarkibini ko‘rib chiqish,tahrirlash, o‘zgartirish,unga qo‘shimchalar kiritish mumkin emas.
Plugin (plagin) — dasturiy ta’minot uchun qo‘shimcha ilova. U dastur imkoniyatlarini kengaytirish uchun xizmat qiladi.
CMS platformalar ikki guruhga bo‘linadi:
— ochiq kodli (bepul tarqatiladigan), foydalanuvchi tomonidan ichki kodining o‘zgartirilishiga
ruxsat beriladigan tizimlar: WordPress, Joomla, Drupal, Typo3, OpenCart, Serendipity, Dotclear, ImpressPages, Chamilo, Magento, PrestaShop;
— yopiq kodli (tijorat maqsadida tarqatiladigan), foydalanuvchi tomonidan ichki kodining
o‘zgartirilishiga ruxsat berilmaydigan tizimlar: Shopify, 1С-Битрикс, CS-cart, DataLife Engine,
BigCommerce , Shop-Script.
4.O’quvchilar mavzuni mustahkamlash maqsadida berilgan savollarga guruh bo’lib javob beradilar. (5 daqiqa).
5. O’quvchilarni sanash orqali 4 ta guruhga bo’laman. Ularga berilgan diagramma va jadvallarni to’ldirishni topshiraman (8 daqiqa).
6.Taqdimot. (8 daqiqa).
Har bir guruhdan bitta o’quvchi chiqib guruh ishini taqdim qiladi.
7. Muhokama. (5 daqiqa).
Reytingi yuqori bo’lgan CMS platformalariga misollar keltiring
8. Baholash. (2 daqiqa).
Taqdimotga ko’ra guruhni baholayman. Savollarga bergan javobi, guruhda qanday ishlaganiga qarab o’quvchilarni baholayman.
9. Uyga vazifa berish. (1 daqiqa).
Mavzuni o’qish, internetda mustaqil platformalrni izlab ular bilan yanada ko’proq tanishish
O’IBDO’: D.O’razboyeva
Do'stlaringiz bilan baham: |