Fan: Gidromelioratsiya ishlarini tashkil etish va unung texnologiyasi Mavzu



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana03.04.2022
Hajmi1,82 Mb.
#526762
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ziVXzh3rej99ZQPcAcwKBrDqeaz7M5HZmKxzxFuV



Fan:
Gidromelioratsiya ishlarini tashkil
etish va unung texnologiyasi
Mavzu
:
Bir
cho’michli ekskavatorlarning ish
unumdorligini aniqlash (monitoring qilish) 
standart usuli


Reja:
1. Bir
cho‘michli ekskavatorlar.
2. Bir
cho’michli ekskavatorning ish unumdorligini
hisoblash analitik usuli.
3. Yer ishlarini ekskavat
оrlar yordamida bajarish.
4. Bir
cho’michli ekskavatоrlar nazariy, texnik, ishlab
chiqarish va
me’yoriy ish unumdоrliklari.


BIR CHO‘MICHLI EKSKAVAТORLAR
Bir
cho‘michli ekskavator
deb, siklik (davriy) ishlaydigan, tuproq
qazuvchi
o‘ziyurar mashinaga aytiladi. Uning ish jarayoni quyidagidan iborat:
muayyan konstruksiyali va
sig‘imli yakka cho‘michi bilan tuproq-gruntni
massivdan ajratib olib,
bo‘shatish joyiga keltiradi va maxsus joyga yoki
transport vositasiga
bo‘shatadi.
Тuproq qazish ishlarining yarmidan ko‘pi bir cho‘michli ekskavatorlar
bilan
bajariladi.
Bir
cho‘michli
ekskavatorning
ish
sikli
quyidagi
operatsiyalardan iborat:
cho‘michni zaboyga tushirish; ma’lum qalinlikdagi
grunt qatlamini kesib olib
cho‘michni to‘ldirish; ekskavator platformasini burib,
cho‘michni grunt bo‘shatiladigan joyda to‘xtatish; cho‘michni bo‘shatish va
platformani burib,
bo‘shagan cho‘michni zaboyda to‘xtatish.
Odatda har qaysi sikl ekskavatorning
o‘zini yurgizmasdan bajariladi.
Zaboyning mazkur qismi qazib
bo‘lingandan keyingina, ya’ni cho‘mich bilan
gruntni olish mumkin
bo‘lmay qolganda ekskavator boshqa joyga quriladi.
Ekskavator gruntni kovlaydigan va uni tashiydigan ish organidan,
yurish
qismidan,
barcha
mexanizmlarni
harakatga
keltiruvchi
kuch
ustanovkasidan, mashinaning ish organlari va mexanizmlariga harakat
uzatuvchi transmissiyadan, ish jihozlari
o‘rnatiladigan, mahkamlanadigan
hamda buriladigan tayanch-burilish qurilmasidan va ekskavatorni boshqarish
tizimidan tuzilgan.


Bir
cho‘michli ekskavatorlar vazifasiga, ish jihozlarining turiga,
cho‘michining sig‘imiga, kuch ustanovkasining tiрiga, platformasining burilish
burchagiga, boshqarilish turiga va yurish qurilmasining ti
рiga qarab xillarga
ajratiladi.
Platformasining
burilish
burchagiga
ko‘ra
ekskavatorlar
to‘liq
buriladigan va
to‘liq burilmaydigan xillarga bo‘linadi. Ish jihozi gorizontal
tekislikda (planda) 360
° burila oladigan ekskavatorlar to‘liq buriladigan
ekskavatorlar deb ataladi. Bunday ekskavatorlarning burilish platformasiga
kuch ustanovkasi va ish jihozi montaj qilingan
bo‘ladi. Ish jihozi planda
270
°dan ortiq burilmaydigan mashinalar to‘liq burilmaydigan ekskavatorlar
deyiladi. Ish organining osilish ti
рiga qarab, egiluvchan qilib va bikir qilib
osilgan ish jihozlari
bo‘ladi. Egiluvchan qilib osishda ish organi strelaga
kanatlar vositasida, bikir qilib osishda esa dasta vositasida osib
qo‘yiladi.
Qo‘llaniladigan ish jihozlarining miqdoriga ko‘ra universal, yarim
universal va maxsus ekskavatorlar
bo‘ladi. Konstruksiyasi har xil turdagi ish
jihozlaridan
ko‘p miqdorda foydalanishga imkon beruvchi mashinalar
universal ekskavatorlar deb ataladi.Yarim universal ekskavatorlar deb,
cheklangan miqdordagi ish jihozlaridan foydalanadigan mashinalarga aytiladi.
Faqat bir turdagi ish jihoziga ega
bo‘lgan ekskavatorlar mashi-
nalarning maxsus guruhiga taalluqlidir. Bu guruhga odimlovchi draglaynlar,
tunnel qazuvchi ekskavatorlar va ochuvchi ekskavatorlar kiradi.


Universal ekskavatorlarda asosan gusenitsali yoki pnev
mog‘ildirakli
yurish qurilmalari
qo‘llaniladi.
Gusenitsali yurish jihozi bitta yoki bir nechta gusenitsa arava-
chalaridan tashkil topadi. Botqoq joylarda va
bo‘sh gruntlarda ishlash uchun
gusenitsalari
kengaytirilgan
maxsus
konstruksiyadagi
aravachalardan
foydalaniladi. Gusenitsali yurish qismining afzalligi shundaki, uning gruntga
bo‘lgan solishtirma bosimi katta emas, shuning uchun ekskavatorlarning
o‘tuvchanligi yaxshi bo‘ladi. Gusenitsali ekskavatorlarning harakat tezligi 3—4
km/soat dan oshmaydi.
Pnevmog‘ildirakli ekskavatorlar nisbatan yuqori tezlikda harakatlanishi
bilan ajralib turadi. Biroq gruntga
bo‘lgan solishtirma bosimi kattaligi uchun
ularning
o‘tuvchanligi cheklangan.
Cho‘michining sig‘imi 0,15 dan 4 m3 gacha bo‘lgan universal qurilish
ekskavatorlari
sanoat,
uy-joy
va
melioratsiya
qurilishida
ishlatishga
mo‘ljallangan.
Cho‘michining sig‘imi 2 dan 8 m3 gacha bo‘lgan karyerbop gusenitsali
ekskavatorlar gruntni qazish va ochiq konlarda foydali qazilmalarni qazib olish
uchun ishlatiladi.
Cho‘michining sig‘imi 6 m3 dan oshadigan gusenitsali ochuvchi
ekskavatorlar strelasining uzaytirilganligi bilan farq qilib,
tog‘-kon sanoatida
ochiq konlardagi foydali qazilmalarni berkitib turuvchi gruntni kovlab, uni
belgilangan joyga chiqarib tashlashga
mo‘ljallangan.


Cho‘michining sig‘imi 6–100 m3 li odimlovchi maxsus ekskavator-
draglaynlardan
ham
yuqorida
aytilgan
maqsadlarda
foydalaniladi.
Bir
cho‘michli ekskavatorlarda mexanizmlarni harakatga keltirish uchun asosan
dizel yoki elektr dvigatellar ishlatiladi.
O‘rnatilgan dvigatellar soniga ko‘ra
ekskavatorlar bitta dvigateldan va
ko‘p dvigateldan yurgiziladigan harakat
dvigateldan mexanizmlarga turli xil yuritma tizimlar vositasida uzatiladi.
Mexanik yuritma hozirgi kungacha eng keng tarqalgan yuritma
bo‘lib, unda
harakat shesternyalar, chervyakli juftliklar va zanjirli uzatmalar orqali uzatilar
edi. Hozirgi vaqtda gidravlik yuritmali ekskavatorlar keng
ko‘lamda qo‘llanila
boshlandi. Universal ekskavatorlar sanoat,
yo‘l va melioratsiya qurilishida I–IV
toifalardagi gruntlarda tuproq ishlari bajarish uchun
mo‘ljallangan. Bunday
ishlar jumlasiga konlarni ochib, u yerdan qum,
shag‘al yoki tuproq qazib olish,
transheyalar, zax qochirish yoki
sug‘orish kanallari qazish, ko‘tarmalar hosil
qilish va boshqa tuproq ishlari kiradi. Bundan tashqari ulardan ortish-tushirish
va boshqa ishlarni (
o‘rmonni kundakov qilish, ustunqoziqlar qoqish, muzlagan
gruntni maydalash va hokazo) mexanizatsiyalashtirish uchun ham foy-
dalaniladi. Kanallar kesimining
o‘lchamlariga qarab asosan ikki usulda qa-
ziladi: 1) ekskavatorni kanal
o‘qi bo‘ylab harakatlantirib; 2) ekskavatorni
qazima chetida harakatlantirib. Draglayn bilan jihozlangan ekskavator kanal
o‘qi bo‘ylab harakatlanib, bir o‘tishda to‘liq profilli kanalning kesimini kovlaydi.
Qazilgan grunt draglayn yordamida transport vositasiga ortilib, belgilangan
joyga olib boriladi.




Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish