Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bosqichlari va real takrorlanishi.
Birorta dasturiy ta’minot fikri paydo bo’lishi vaqtidan to ishlab chiquvchi yoki yetkazib beruvchi firma tomonidan qo’llab quvvatlanishi tugagan vaqtigacha bo’lgan davr dasturiy ta’minotning hayotiy takrorlanishi deyiladi.
Hayotiy takrorlanishning tarkibi ISO/IEC 12207 : 1995 “ Information Technologe – Software Lite Cycle Processes” (“Dasturiy ta’minotning hayotiy takrorlanishi jarayonlari”). ISO – International Organization for Standar- dization – Standartlash bo’yicha xalqaro tashkilot.
IEC – International Electrotechnical Commission – elektrotexnika bo’yicha xalqaro komissiya.
Bu standart hayotiy takrorlanishning tuzilishini va uning jarayonlarini ta’riflab beradi.
Hayotiy takrorlanish jarayoni ba’zi kiritiladigan ma’lumotlarni chiqariladiganlarga aylantiradigan o’zaro bog’liq bo’lgan harakatlar yig’indisi deb belgilanadi. 1.2-rasmda ko’rsatilgan standart bo’yicha hayotiy takrorla-nish jarayonlari taqdim etilgan. Har bir jarayon aniq masalalar va ularni yechish uslublari , shuningdek boshlang’ich ma’lumotlar va natijalar bilan tavsiflanadi.
Ishlab chiqish jarayoni (development process) standartga asosan ishlab chiquvchi tomonidan bajariladigan harakat va masalalarni yechish va dasturiy ta’minot va uning tarkibini qo’yilgan talablarga asosan yaratilishini ko’zda tutadi va quyidagilarni o’z ichiga oladi:
loyiha va eksplutatsion hujjatlarni rasmiylashtirish, shuningdek dasturiy xomashyoni, xodimlar o’quvi sifatliligini va ishchanligini tekshirish uchun zarur bo’lgan materiallar tayyorlash;
dasturiy ta’minotning tarkibini, uning komponentlari interfeyslarini xujjatlashtirilishi, foydalanuvchi xujjatlarini dastlabki versiyasini tayyorlash, shuningdek testlar va integratsiya rejalariga talablarni belgilash;
dasturiy ta’minotni bo’laklab loyihalash – dasturiy ta’minotning komponentlarini va ular orasidagi interfeyslarni mukammalroq ta’riflash, foydalanuvchi ma’lumotlarini yangilash, testlarga bo’lgan talablarni va dasturiy ta’minot komponentlarining testlash rejasini ishlab chiqish va xujjatlashtirish, komponentlarning integratsiya rejasini yangilash.
dasturiy ta’minotni kodlash va testlash – har bir komponentni, shuningdek test jarayonlarini va ularni testlash uchun kerakli ma’lumotlar yig’indisini ishlab chiqish va xujjatlashtirish , komponentlarni testlash , foydalanuvchi xujjatlarini yangilash , dasturiy ta’minotning integratsiya rejasini yangilash ;
dasturiy ta’minotni integratsiyalash – komponentlarni integratsiya rejasiga asosan yig’ish va o’z spetsifikatsiyasiga javob beradigan va eksplutatsiyaning berilgan shartlarida ishlatishga tayyor deb kvalifikatsiya qilish uchun bajarilishi zarur bo’lgan shartlar va tamoyillar to’plamidan iborat kvalifikatsiya talablariga dasturiy ta’minotning mos kelishini testlash;
dasturiy ta’minotni kvalifikatsion testlash – buyurtmachi ishtirokida talablarga mosligini va eksplutatsiyaga tayyorligini namoyish qilish uchun dasturiy ta’minotni testlash , shu vaqtni o’zida texnik va foydalanuvchi xujjarlarni ham tayyorligi va to’liqligi tekshiriladi;
sistemani integratsiyalash – sistemaning barcha komponentlarini , shu jumladan dasturiy ta’minot va uskunlarni yig’ish ;
sistemani kvalifikatsion testlash – unga qo’yilgan talablarga mos kelishini aniqlash uchun sistemani testlash va xujjatlarni rasmiylashti-rishning to’liqligini tekshirish;
dasturiy ta’minotni o’rnatish – buyurtmachi uskunasiga dasturiy ta’minotni o’rnatish va uni ishga yaroqliligini tekshirish;
Dasturiy ta’minotni qabul qilib olish – dasturiy ta’minot va butun sistemaning kvalifikatsion testlash natijalarini baholash va buyurtmachi bilan birga baxolash natijalarini xujjatlashtirish , buyurtmachiga dasturiy ta’minotni to’la – to’kis topshirish.
Ko’rsatilgan harakatlarni guruhlarga bo’lish uchun dasturiy ta’minotni [10] ishlab chiqishining quyidagi asosiy bosqichlarni belgilash mumkin (qavslar ichida GOST 19.02-77 “Ishlab chiqish bosqichlari” bo’yicha mos keladigan bosqichlar ko’rsatilgan) :
masalani qo’yish (“Texnik topshiriq” bosqichi);
talablarni tahlil qilish va spetsifikatsiyalarni ishlab chiqish (“Eskiz loyiha” bosqichi) ;
loyihalash (“Texnik loyihalash” bosqichi);
ishga tushirish (“Ishchi loyiha” bosqichi);
Do'stlaringiz bilan baham: |