Fan dasturining informasion-uslubiy ta’minoti
O’qitishda axborot texnologiyalari va texnik vositalardan foydalanish samaradorligini oshiruvchi : kompyuter va uning local tarmoqlari, multimediya vositalari: Dell tipidagi proektor, DVD-diskovod, Web-kamera,video-ko’z (glazok) kabi didaktik vositalardan keng foydalanish zarur. O’quvchilarning “Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning MTTda ta’lim-tarbiyaviy jarayonni va rivojlanish markazlaridagi faoliyatlarni tashkil etish’ ” o’quv amaliyotini puxta o’zlashtirishni ta’minlash maqsadida o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullardan, yangi information va pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlar, tarqatma materiallar, electron materiallardan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy darslariga mos ravishdagi ilg’or pedagogik texnologiyalar tadbiq etiladi.
MUSTAQIL ISHNI TASHKIL ETISHNING SHAKLI VA MAZMUNI.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
Darslik o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan boblari va mavzularini o’rganish;
Tarqatma materiallar bo’yicha mavzular qismini o’zlashtirish;
Maxsus adabiyotlar bo’yicha fanlarni bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
Talabaning o’quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan fanlarning bo’limlari va mavzularini chuqur o’rganish;
Faol va muammoli o’qitish uslubidan foydalaniladigan o’quv mashg’ulotlari;
Masofaviy (distansion) ta’lim.
Mustaqil ish talabalarning o’qish jarayonidagi asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi va u rejali harakter kasb etadi.
M ustaqil ish mavzusi talabalar mustaqil o’rganadigan ma'ruza va amaliy mashg’ulotlardan beriladi. Mustaqil ta'lim talabalarning Amaliy bilimlarini mustahkamlashga, mavzularni tushunish qobiliyatini maksimal darajada rivojlantirishga va umumiy dunyoqarashni kengaytirishga yordam beradi.
Fanning ma'ruza va seminar mashg’ulotlari asosan talabalar bilan baxs-munozara va savol-javob tartibida olib boriladi. Bunday darslarning samarali o’tkazilishi uchun talabalar dars mavzulari bo’yicha ko’prok mustaqil tayyorgarlik ko’rishlari kerak. Mashg’ulotlarda talabalarga testlar beriladi va ayrim mavzular bo’yicha misollar yechiladi. Fanni chuqurroq o’rganishi uchun har bir talabaga referat yozish va seminar mashg’ulotlar tayyorlash uchun topshiriqlar beriladi.
Mustaqil ish davomida talabalar mustaqil ravishda qo’shimcha adabiyotlardan foydalanishlari kerak. Bunda talabalarga asosan o’quv qo’llanmalar, darsliklardan, internet ma'lumotlaridan va oylik nashrlardan foydalanish maslahat beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |