Fan dasturiga binoan ma’ruza matni 1-ma’ruza. Eng qadimgi turk xalq og‘zaki ijodi namunalari. Turk xalq mifologiyasi Reja



Download 281,42 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.12.2021
Hajmi281,42 Kb.
#80728
Bog'liq
1-мавзу



FAN DASTURIGA BINOAN MA’RUZA MATNI 

1-MA’RUZA. Eng qadimgi turk xalq og‘zaki ijodi namunalari. Turk xalq 

mifologiyasi 

Reja: 

1.  Turk xalq og’zaki ijodi haqida umumiy ma’lumot 

2.  Turk xalq og‘zaki ijodining qadimiy namunalari 

3.  Turk xalq mifologiyasi 

Tayanch so‘z va iboralar: folklor, mif, janr, turk mifologiyasi, Ko‘k Tangri, 

qarash, tasavvur, urf-odat.     

   

DARSNING MAZMUNI 

Turk xalq  mifologiyasi dunyo  mifologiyasi tarixida eng qadimiy va boyligi 

bilan ajralib turadi. Bu miflar esa turkiy  xalqlarning miloddan avvalgi va milodiy 

davrlarda  yashagan  geografik  hududlarning  ulkanligidan  dalolat  beradi.  Turk 

mifologiyasining  eng  muhim  jihati  turk  tilida  ekanligi  bilan  diqqatga  sazovordir. 

SHu  sababli  ham  turkiy  madaniyatning  bir  qismi  sanalgan  og‘zaki  adabiyotdagi 

dostonlar,  afsonalar,  masallar,  maqollar,  iboralar,  maqtovlar,  topishmoqlar  singari 

janrlardan  turk  miflariga  oid  ishonarli  va  qimmatli  ma’lumotlarni  topishimiz 

mumkin.  Turkiyada  miflarni  yig‘ish  va  o‘rganish  borasida  qilingan  jiddiy 

tadqiqotlardan biri Bahovuddin O‘gelning “Turk mifologiyasi” (1971, 1994) nomli 

ikki jildlik asari hisoblanadi. SHu bilan birga turk mifologiyasi haqida Abdulqodir 

Inon, Murod Uroz, Bilge Saido‘g‘li, Yishar CHoruhli, Fuzuliy Bayat, Jalol Beydilli 

va O‘zkul CHo‘bono‘g‘li singari olimlar ilmiy izlanishlar olib borganlar. 

Mashhur turkolog olim V.Radlovning XIX asrda Oltoy tog‘larida yashagan 

va Ko‘k Tangriga sig‘ingan Oltoy turklariga bag‘ishlangan tadqiqotida SHomonga 

aytilgan  duolar  o‘rin  olgan.  Turklar  ham  qadimda  matriarxat  oilalarda  yashagan, 

o‘sha davrlarda tabiat kuchlari va xudolarni ayol shaklida tasavvur qilishgan. Bunga 

misol  tariqasida  Umay  Tangrini olsak bo‘ladi. Manbalarga ko‘ra,  Ko‘k  Tangri  va 

Umay Tangriga atab ko‘plab duolar aytilgan va ulardan namunalar keltirilgan. Bu 



duolarda o‘sha davr turklariga oid miflar aks ettirilgan. Quyida shu miflarning biriga 

to‘xtalamiz.  

Oltoy Qam duosiga ko‘ra “alvasti” yoki “olov xotin” (turkchada otash “od” 

va  “al”  so‘zlari  bilan  ifoda  etilgan)  kechalari  olov  yo‘rg‘aga  minib  kezishiga 

ishonilgani “sen qorong‘u kechalarda yosh qizlar kabi sochlaringni to‘lqinlantirib 

o‘ynaysan, qip-qizil ipak ro‘molingni hilpiratib olov saman ustida kezasan” shaklida 

ifoda etiladi. Bugungi kunda Onado‘lidan tashqari butun turkiy dunyoda qaysi dinga 

e’tiqod   qilishidan  qat’iy  nazar,  turkiy  qabilalardan  saqlanib qolgan  “olov xotun” 

yoki “alvasti” nomidagi mifga ishonch mavjudligi kuzatiladi. YUqorida keltirilgan 

misoldagi “qip-qizil ipak ro‘molingni hilpiratib” birikmasi turkiy dunyoning ba’zi 

joylarida  uchraydigan  “olov  xotun”  afsonasidagi  olov  xotinning  olov  yoki  qizil 

rangli ko‘ylak kiygani, uning tushkun kayfiyatiga ishora qilingan. Haqiqatan, ularda 

bu muqaddas ruhni mamnun etish uchun qurbonlik tanlanadi va uni muqaddas qayin 

daraxtiga bog‘lab unga qizil va oq rangli bo‘zlarni to‘qqiz qavat qilib o‘rash ramziy 

ma’no bildirgan, “to‘qqiz qavat qizil-oq matolar seni bezamoqda” degan maqtovlar 

esa olov ruhini yuksakka ko‘tarishdan dalolat beradi.   

Fikrimizni Onado‘li va o‘g‘uz turklari orasidagi “olov xotin”, “olov ruhi” yoki 

alvasti” nomli miflar bilan davom ettiramiz. Xususan, yangi farzand ko‘rgan, hali 

chillasi  ham  chiqmagan  onalarga  balo-qazo  sanalmish  olov  ruhi  o‘zini  va 

farzandlarini  to‘ydirish  maqsadida  ona-bolani  o‘ldirib  jigarlarini sug‘urib  olishiga 

ishonilgan.  Bundan  tashqari  alvastilar  otlarga  ham  balo  keltirishi  mumkinligi 

bashorat  qilingan.  Alvastilar  og‘ildagi  otning  yoli  va  dumini  o‘rishi,  otlarni 

ertalabgacha  yugurtirib  charchatishiga  ham  ishonilgan.  Insonlar  orasida  “Alvasti” 

deb nomlangan turk mifologiyasiga oid tasavvurlarning borligi, ming yillardan beri 

bunga ishonib kelinganligi uchun turk madaniyatida ulardan saqlanish uchun turli 

odatlarning  vujudga  kelganini  ham  ta’kidlash  joiz.  Bunday  odatlarga  misol 

tariqasida  yangi  farzand  ko‘rgan  kelinlarning  qizil  ko‘ylak  kiyishini  keltirishimiz 

mumkin.  SHu  sababli  ham  Saljuqiy  va  Usmoniy  davlatining  sultonlari  qizlarini 

turmushga berganida, albatta qizil ipak mato va shu rangdagi kiyimlarni tuhfa etishi 

odat tusiga kirgan. Oddiy xalq esa yaqin-yaqingacha qiz uzatganida uning sandig‘iga 



qizil rangli gazlamalar solishga harakat qilishgan. Xalq orasidagi bu kabi urf-odatlar 

yozma  adabiyotda  ham  o‘z  aksini  topgan.  Zamonaviy  turk  adabiyotining  yirik 

nosirlari H.R.Gurpinarning “Alvasti” romani

1

, SH.Bulutning “Alvasti”



2

 hikoyalari 

shular  jumlasidandir.  Muxtasar  qilib  aytganda,  turklar  turli  ijtimoiy-siyosiy 

voqealarni boshidan kechirishiga qaramasdan bunday miflarni odat sifatida saqlab 

keldi.  SHuningdek,  zamonaviy  G‘arb  madaniyati  va  san’atidagi  rassomlik, 

haykaltaroshlik,  musiqa  va  adabiyot  singari  san’at  turlarining  asosi  ham  miflar 

hisoblangan. 

 

                                                           



1

 

Гурпинар Ҳ.Р.. Жинлар орасида қолган қиз (роман П.Кенжаева тарж). –Т.: Янги аср авлоди. 2002. 141 б.



 

2

 Булут Ш. Алвасти. // Кенжаева П. Бинафша (турк ҳикоялари таржимаси). -Т.: Мумтоз сўз, 2015. 56-60 бетлар. 



Download 281,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish