FAN BO‘YICHA QISQACHA IZOHLI LUG`AT.
Bilish, anglash-
dunyo haqidagi yangi bilimlar hisoblanadigan subekt va obektning o`zaro ta’sirini,
voqelikning ruxiyatda qayta ta’sir etilishi va aks ettirish jarayonidir.
Dars-
ma’lum maqsad asosida, belgilangan vaqtda alohida, bi
r xil yoshdagi o`quvchilar, yoshlar bilan
o`qituvchi raxbarligida olib boriladiganta’lim jarayoni.
Darslik- maxsus ravishda o`quvchilar uchun yozilgan kitob darslik deb ataladi.
Shaxs dinamikasi
–
kishining ontogenetik rivojlanishini o`z ichiga olgan holda subektning xususiyatlari
va sifatining vaqtga nisbatan o`zgarish jarayoni.
Shaxsiy fazilat
–
shaxs tomonidan o`zining axloqiy, ruxiy va ishchanlik qobiliyatining ijtimoiy
ahamiyatini, jamiyatdagi o`rnini anglay olish xususiyati.
Evristik
–
ilmiy tadqiqotning mantiqiy usullari va metodik ko`rsatmalari.
Empirik
–
tajribaga asoslangan.
Empirik bosqich
–
tadqiqot obekti to`g`risida har tomonlama tasavvur xosil qilish, ta’lim amaliyot
i,
ilmiy bilimlar saviyasi va xodisalar moxiyatiga erishishga bo`lgan talab o`rtasidagi ziddiyat, ilmiy muammoni
nomlash.
O‘z
-
o‘zini baholash –
shaxsning o`z psixologik sifatlari, xulqi, yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklari, qadr-
qimmati, kamchiliklarini baholay olishi.
O`qitish
–
ta’lim oluvchining bilish faoliyatini boshqarishga qaratilgan o`qituvchining faoliyati.
O‘qitish –
1) ta’limning o`ziga xos usuli bo`lib, shaxsga nazariy va amaliy bilimlar berish jarayonida
unin
g rivojlanishi ta’minlanadi; 2) talaba va o`qituvchi, talabaning boshqa talabalar bilan aloqasi natijasi
ularoq atrof-muxit, uning qonuniyatlari, taraqqiyot tarixi va ularning o`rganilish usullarini bilishning
muntazam boshqarilish jarayoni.
O‘qi
sh
–
o`quvchinnng o`z qobiliyati, bilimi, malaka va ko`nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan xarakat
O`quv-bilish faoliyati
–
insoniyat tomonidan to`plangan madaniy boylikni egallash bilan bog`liq faoliyat.
O`quv faoliyati - shaxsning yangi bilim, malaka va ko`nikmalarni egallash jarayoni.
O`qituvchining innovatsion faoliyati
–
ijtimoiy pedagogik fenomen bo`lib, ijobiy imkoniyatni aks
ettirish, kundalik faoliyatdan chetga chiqishdir.
Ta’lim vazifasi –
ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlanish vazifalari.
Ta’lim turla
ri
–
ta’lim metodi, ta’lim berish, izohlash
-namoyish etish asosida o`qitish, bilimlarni
mustaqil egallash, dasturlashtirilgan ta’lim, o`quv jarayonini algoritmlash, differensiatsiyali hamda
indnvidual ta’lim va boshqalar.
Talabalarni kasbga yo`naltirish-talabalarga kelajakda o`z kasblarini aniqlab olish uchun yordam
ko`rsatishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik, pedagogik, tibbiy-biologik va ishlab chiqarish
texnik tadbirlarnnng asoslangan tizimi.
Pedagogikaning nazariy vazifasi- ilg`or va yangi pedagogik tajribalarni o`rganish.
Pedagogikaning texnologik vazifasi - pedagogik xodisalar holatini aniqlash; bashorat qilish sathi
–
pedagogik faoliyatni ekspremental tadqiq qilish va shu asosda pedagogik voqelikni yaratish modellarini
o`rnatish; loyiha sathi- pedagogik faoliyatning nazariy konsepsiyasi, uning mazmuni va xarakteri asosida
ularga muvofiq metodik materiallar (o`quv reja, dastur, darslik va o`quv ko`llanmasi, pedagogik
tavsiyanomalar) ishlab chiqish; yaratuvchilik sathi
–
pedagogik fan yutuqlarini takomillashtirish va qayta
rejalashtirish maqsadida ta’lim amaliyotiga tatbiq etish; reflsktik tuzatma (korrektirovka) sathi –
ilmiy
tadqiqotlar natijalarining ta’lim va tarbiya amaliyotiga singib ketish
ini baholash.
Pedagogik jarayon
–
ta’lim masalalari, uning taraqqiyotini hal qilishga qaratilgan, maxsus tashkil
etilgan pedagog va tarbiyalanuvchilarning maqsadli o`zaro munosabatlari.
Pedagogik jarayon tamoyillari
–
pedagogik faoliyatni tashkil etishning asosiy talablari bilib, u pedagogik
jarayonning yo`nalishini ko`rsatadi va uning qonuniyatlarini ochib beradi.
Pedagogik texnika
–
1)
Har bir ta’lim oluvchiga va jamoaga pedagogik ta’sir o`tkazishning samarali qo`llash uchun zarur
bulgan malaka va ko`nikmalar majmuasi;
2)
Har bir ta’lim oluvchi va jamoaning faolligini pedagogik jihatdan ta’minlash uchun zarur bo`lgan
malaka va ko`nikmalar.
Malaka
–
muayyan toifadagi vazifalarni hal qilish imkoniyatiga ega bo`lgan mutaxassisning kasbiy
pedagogik tayyorgarligi darajasi va turi.
Masala
–
pedagogik jarayonning asosiy birligi, o`ziga xos tizimidir. U voqelikni bilish va qayta yaratish
zaruriyati bilan bog`liq tafakkur qilinadigan pedagogik vaziyatdir. Ta’lim qatnashchilarining ma’lum bir
maqsadini ko`zlagan ta’lim va tarbiyadagi moddiylashtirilgan vaziyatdir.
Mahorat
–
pedagogik jarayonni bilish, uni tashkil eta olish, xarakatga keltira olish (A.S. Makarenko),
pedagogik jarayonning yuqori samaradorligini belgilovchi shaxsning ish sifati va xususiyatlari sintezi.
Muloqot
–
ta’lim oluvchilarn
ing maqsadlari hamda ularning birgalikdagi faoliyatlari mazmunidan kelib
chiqadigan o`zaro aloqalarni o`rnatish va rivojlantirishni, bir-birini anglash va qo`llab-quvvatlashni tashkil
etishning ko`p qirrali jarayoni.
Tizim
–
shaxsni rivojlantiri
sh va yaxlit pedagogik jarayonni birlashtirgan ta’limning o`zaro bog`langan
tashkiliy tuzilmasi.
Psixologiya
–
I) shaxsning obektiv borliqni faol aks ettirish jarayonini o`rganuvchi fan; 2) ma’lum bir
faoliyat turining o`zaro shartlangan psixik jarayonlar to`plami; 3) psixika, xarakter xususiyati, ko`ngil xazinasi.
Ratsionalizatsiya
–
metodlarni takomillashtirish.
Releksatsiya
–
kuchli xayajon va jismoniy zo`riqishdan so`ng yengil yurish, tinchlanishning umumiy
holati.
Suhbat
–
kuzatuv juda yetarli darajada aniq, bo`lmagan zarur axborotni olish uchun qo`llanadigan
tadqiqot metodi.
Tadqiqot obekti
–
ziddiyat va muammoli vaziyat tug`diruvchi, bilishga qaratilgan ilmiy taxlilga muxtoj
obekt.
Tadqiqot predmeti
–
bevosita o`rganilishi lozim bo`lgan va amaliy yoki nazariy jihatdan muhim
ahamiyat kasb etadigan obektning mohiyati, ma’lum bir tomoni, xususiyati.
Ta’lim –
I) shaxsning jismoniy va ma’naviy shakllanishining yagona jarayoi, ijti
moiy etalonlarning
ijtimoiy ong sifatida u yoki bu darajada qayd qilingan, tarixan shartlangan ideal timsollarga ongli
yo`naltirilgan ijtimoiylashish jarayoni; 2) muayyan bilimlarni egallash g`oyaviy-axloqiy qadr, malaka,
ko`nikma, axloq meyorlariga qarati
lgan jamiyat a’zolarining ta’lim va tarbiyasi vazifasini bajaradigan nisbiy
mustaqil tizim
Tarbiya
–
1) shaxsning ma’naviy va jismoniy holatiga muntazam va maqsadga muvofiq, tasir etish; 2)
pedagogik jarayonda ta’lim maqsadlarini amalga oshir
ish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus
tashkil etilgan faoliyati.
Tafakkur
–
inson aqliy faoliyatnning oliy shakli, insonlarni o`rab olgan duyodagi o`zaro bog`langan
narsa va hodisalarni bilish jarayoni, muhim xayotiy jarayonlarni xi
s qilish va muammolarni hal qilish, ma’lum
bo`lmagan voqea hodisalarni qidirish, kelajakni ko`ra olish. Tafakkur, tushuncha, hukm, xulosa shakllarida
namoyon bo`ladi.
Boshlang‘ich professional ta’lim –
YUNESKO tashkiloti tomonidan qabul qilingan ta’limnin
g xalqaro standart
tasniflagichi (keyingi o‘rinlarda xalqaro tasniflagich deb ataladi) 3
-
darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari;
Kasb
–
maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida ma’lum bir sohada mehnat faoliyatni amalga oshirish
uchun lozim bo‘lgan nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikma va malakalar majmuasini egallagan, jismoniy
imkoniyat, aqliy qobiliyat va huquqlari ta’minlangan mehnat faoliyati (mashg‘uloti)ning turidir;
Kasbiy kompetensiya
–
bilim, ko‘nikma va amaliy tajriba asosida kasbiy faoli
yatga tegishli vazifalarni
bajarishda faoliyat yuritish qobiliyati;
Kasb-hunar maktabi
–
xalqaro tasniflagichning 3-
darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida 9
-sinf
bitiruvchilarini ijtimoiy qo‘llab
-
quvvatlashga qaratilgan boshlang‘ich professional ta’lim bosqichida kadrlar
tayyorlaydigan ta’lim muassasalari;
Kvalifikatsiya
–
kasbiy mahorat darajasi yoki pog‘onasi kasbiy talablarning muayyan pog‘onasiga muvofiqligi
darajasi;
Kollej
–
xalqaro tasniflagichning 4-darajasigacha mos keluvch
i ta’lim dasturlari asosida kadrlar
tayyorlaydigan vazirliklar va idoralar tizimida faoliyat ko‘rsatadigan ta’lim muassasalari;
Kompetensiya
–
bilim, ko‘nikma, malaka va shaxsiy sifatlar majmui;
Ko‘nikma –
muayyan vazifani bajarish uchun egallangan qobiliyat;
Mutaxassislik
–
biror kasb doirasida ma’lum bir faoliyat turi uchun maxsus tayyorgarlik va amaliy tajribasi
bilan erishilgan zarur bilim, ko‘nikma va malakalar majmui;
Professional standart
–
xodimga ma’lum bir kasbiy faoliyat turini, shu jumladan,
ma’lum bir mehnat
funksiyasini bajarish uchun zarur bo‘lgan malaka talablari;
Professional ta’lim –
ta’lim oluvchilarda ma’lum bir mutaxassislik va kasblar bo‘yicha kasbiy
kompetensiyalarni shakllantiradigan va rivojlantiradigan uzluksiz ta’lim tizimi;
Tabaqalashtirilgan ta’lim dasturi –
xalqaro tasniflagichning tegishli darajalariga muvofiq boshlang‘ich, o‘rta
va o‘rta maxsus professional ta’limda kadrlar tayyorlash uchun kasb yoki mutaxassisliklarning murakkablik
darajalari, o‘qitish muddatlari bir
-bir
idan farq qiladigan ta’lim dasturi;
Ta’lim dasturi –
professional ta’lim muassasasi bitiruvchisiga muayyan egallagan kasb yoki mutaxassislik
bo‘yicha kasbiy faoliyatni malakali bajarish imkonini berishga qaratilgan professional ta’lim tayyorgarligining
as
osiy mazmunini aniqlovchi ta’lim standartlari, o‘quv rejasi, o‘quv fanlari (modullar) dasturlari, malaka
amaliyot dasturlaridan iborat hujjatlar to‘plami;
Ta’lim standarti –
ta’lim hajmi va mazmunini, bitiruvchilar umumiy va kasbiy kompetensiyalarini
shakllantirishning zarur va yetarli darajasini, kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilishni hamda baholash
darajalarini belgilaydigan meyorlar va talablar majmui;
Texnikum
–
xalqaro tasniflagichning 5-
darajasigacha mos keluvchi va oliy ta’lim tizimi bilan
in
tegratsiyalashgan ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaydigan hamda oliy ta’lim muassasalari huzurida
faoliyat yuritadigan ta’lim muassasalari;
Umumiy kompetensiya
–
bilim, ko‘nikma va amaliy tajriba asosida kasbiga yaqin faoliyat turlarining
ko‘pchiligi uchun umumiy bo‘lgan masalalarni hal etishda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish qobiliyati;
O‘rta maxsus professional ta’lim –
xalqaro tasniflagichning 5-
darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari;
O‘rta professional ta’lim –
xalqaro tasniflagichning 4-
darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari;
O‘qitishning dual tizimi –
ta’limning nazariy qismi ta’lim muassasasida va amaliy qismi ish joylarida tashkil
etiladigan o‘qitish turi;
O‘quv rejasi –
professional ta’limning muayyan kasbi yoki mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv faoliyati turlari,
o‘quv fanlari (modullari) va kurslari hamda malaka amaliyotlari tarkibi, ularni o‘rganish izchilligi, soha va
tarmoqlarda ish turlarining mavsumiyligini hamda soatlardagi hajmini belgilaydigan hujjat;
O‘q
uv dasturi
–
professional ta’lim o‘quv rejasiga kiritilgan fanlar va amaliyotlarning mazmuni, o‘qitishning
maqbul usullari, axborot manbalari ko‘rsatilgan hujjat;
O‘quv jarayonining grafigi –
ta’lim jarayonining ketma
-ketligi va almashuvchanligini, attest
atsiya va ta’til
vaqtlarini belgilovchi hujjat.
Do'stlaringiz bilan baham: |