Poyaning qismlari
|
v/r
|
Poya qismlarining xususiyatlari
|
1
|
Epiderma
|
A
|
Lub tolalari orasida teshikli to’siqlar bilan bo’lingan cho’ziq, ingichka naychalardan iborat
|
2
|
Yasmiqchalar
|
B
|
Novda po’stlog’ining egiluvchan va pishiq bo’lishi shu hujayralarga bog’liq
|
3
|
Po’st parenximasi
|
D
|
Bu hujayralar doimo bo’linib ko’payib turadi. Poya ana shu hujayralar hisobiga eniga o’sadi
|
4
|
Floema
|
E
|
Epiderma ostida ko’p qavatli tirik hujayralardan iborat, asosiy to’qimaga mansub
|
5
|
Lub tolalari
|
F
|
Bu qavat ksilema deb ham ataladi
|
6
|
Elaksimon naylar
|
G
|
Poyaning markaziy qismida joylashgan
|
7
|
Kambiy
|
H
|
Ular orqali suv va unda erigan mineral tuzlar ildizdan o’simlikning barcha organlariga tarqaladi
|
8
|
Yog’ochlik qavati
|
I
|
Poya ichidagi tirik hujayralar ana shu hujayralar orqali nafas oladi
|
9
|
O’tkazuvchi naylar
|
J
|
Bu qavat lub deb ham ataladi
|
10
|
O’zak
|
K
|
Bu qavat hujayralardan tashkil topgan, poyaning yuzasini qoplab turadi
|
|
|
|
|
2-ilova
1-topshiriq. Quydagi jadvalni to’ldiring (A variant).
Poyasi bo’yiga tez o’sadigan daraxtlar
|
Poyasi bo’yiga sekin o’sadigan daraxtlar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2-topshiriq. Quydagi jadvalni to’ldiring (A variant).
Poyasi eniga tez o’sadigan daraxtlar
|
Poyasi eniga sekin o’sadigan daraxtlar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
O’quv ishlar bo’yicha
direktor o’rinbosari imzosi:__________
Fan: BOTANIKA Sana: Sinf:5
Dars mavzusi: Poyada oziq moddalarning harakatlanishi
Darsning ta'limiy maqsadi. O’quvchilarga o’simliklar poyasida oziq moddalarning harakatlanishi haqida bilim berish. (Kommunikativ K, Bio.obyektlarni tan.k)
Darsning tarbiyaviy maqsadi. O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, ularga ahloqiy me’yorlarni singdirish, ahloqiy va ekologik tarbiya berish. (Sog’.turm.tar.shak.kom)
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi. O’quvchilarning gulli o’simliklar haqidagi bilimlarini kuzatish, tajriba qo’yish va darslik ustida ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish. ( O’-o’zini.riv.k, axb.bilan ishalsh k)
Darsni jihozlash: tolning halqa shaklida kesilgan novdasi, kartoshka tugunagi, yod eritmasi, jadvallar.
Darsda foydalaniladigan texnologiya: Modulli ta’lim texnologiyasi (O’quvchilarning guruhlarda ishlashga mo’jjallangan modul dasturi)
Darsning texnologik xaritasi
Bosqichlari
|
Mazmuni
|
Lokal texnologiyalar
|
Xususiy metodik texnologiyalar
|
Vaqti
|
Tashkiliy qism
|
a)salomlashish
b)tozalikni tekshirish
c)davomatni aniqlash
d)o’quvchilarning darsga tayyorgarligini aniqlash
e)o’quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish
|
suhbat
|
|
3-daqiqa
|
O’tilgan mavzu va uy vazifasi tahlili
|
O’tilgan mavzu yuzasidan tuzilgan 1-ilovadagi topshiriqlar yordamida o’quvchilarning bilimlarini nazorat qiladi va baholaydi.
|
Aqliy hujum, Beshinchisi ortiqcha
|
|
10-daqiqa
|
Yangi mavzu bayoni
|
1.Ko’rgazmalar asosida o’qituvchining Poyada oziq moddalar harakatlanishi haqida umumiy ma’lumoti
2. 1.Poyada suv va unda erigan mineral tuzlarning harakati
2.Poyada organik moddalar harakati
3.Oziq moddalarning poya bo’ylab harakatining ahamiyati
3.O’qituvchining darsni xulosalashi
|
Klaster metodi, Guruhlarda ishlash
|
Modulli ta’lim texnologiyasi (O’quvchilarning guruhlarda ishlashga mo’jjallangan modul dasturi)
|
15-daqiqa
|
Mustahkamlash
|
O’rganilgan mavzu yuzasidan topshiriqlar, savollar, didaktik jadvallar beriladi.
|
Atamalar zanjiri, Raqamli diktant, Mantiqiy masala
|
|
10-daqiqa
|
O’quvchilar bilimini baholash
|
O’quvchilar faoliyatini va natijani tahlil qilish.
|
|
|
5-daqiqa
|
Darsni yakunlash. Uyga vazifa berish.
|
O’quvchilarga mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarini berish.
|
Yozma topshiriq
|
|
2-daqiqa
|
Dars bosqichlari:
I.Tashkiliy qism:
II.O’tgan mavzu bo’yicha o’quvchilarning bilimini test savollari yordamida aniqlash va baholash (1-ilova)
1-topshiriq. ”Ortiqcha o’simlikni” toping. Quyida bo’yiga va eniga tez va sekin o’sadigan o’simliklar berilgan. Ortiqcha deb topilgan o’simlikning bosh harflari ishtirokida kalit so’zni toping.
|
Bo’yiga tez o’suvchi
|
Bo’yiga sekin o’suvchi
|
Eniga tez o’suvchi
|
Eniga sekin o’suvchi
|
1
|
Tol
|
Nok
|
Tol
|
Akatsiya
|
2
|
Terak
|
Olcha
|
Terak
|
Nok
|
3
|
Chinor
|
Shamshod
|
Chinor
|
Shamshod
|
4
|
Yong’oq
|
Pista
|
Yontoq
|
Archa
|
5
|
Pista
|
Archa
|
Pista
|
Evkalipt
|
Kalit so’z: poya
2-topshiriq. Blis (tezkor savol-javob).
1.Poya qanday nima hisobiga o’sadi?
2.o’sish konusi qayerda joylashgan?
3.Nima uchun poyaning uchi chilpib tashlanadi?
4.Qaysi o’simliklarda chilpish ishlari olib boriladi?
5.Tok bir yoz davomida qancha o’sadi?
6.Bo’yiga sekin o’sadigan o’simliklarni ayting.
7.bo’yiga tez o’sadigan o’simliklarni ayting.
8.5 yoshli archaning bo’yi?
9.Poyaning bo’yiga o’sishini qaysi qavat taminlaydi?
10.Kambiydagi bo’lingan hujayralarning ko’p qismi qaysi qavatga o’tadi?
11.Kambiy hujayralarining bahordagi, yozdagi va kuzdagi holati qanday bo’ladi?
12.Yillik halqa nima?
13.Yillik halqalarning qanday ahamiyati bor?
14.Qaysi o’simliklarning yillik halqasiga qarab yoshini aniqlab bo’lmaydi?
15.Yillik halqalardan kompos vazifasida foydalanish mumkinmi?
16.Tanasi tez yo’g’onlashadigan o’simliklar?
17. Tanasi sekin yo’g’onlashadigan o’simliklar?
18.Chinor necha yil yashaydi?
19.Archachi?
20.Eng uzoq umr ko’ruvchi daraxt?
III.O’tgan mavzuni yakunlash, o’quvchilar faoliyatini yangi mavzuni o’rgatishga qaratish va modulning didaktik maqsadi bilan tanishtirish.
IV.O’quvchilarning modul dasturi yordamida mustaqil ishlarini tashkil qilish. Har bir modul yakunida o’quvchilar jamoasi bilan savol-javob, o’quv munozaralarini o’tkazish.
Mazkur mavzu mazmunini 3 ta tugallangan mantiqiy mazmunga ega modul (bolk yoki qism)ga ajratish mumkin:
1.Poyada suv va unda erigan mineral tuzlarning harakati
2.Poyada organik moddalar harakati
3.Oziq moddalarning poya bo’ylab harakatining ahamiyati
O’FE
|
O’quv materiali yuzasidan topshiriqlar
|
Topshiriqqa oid ko’rsatmalar
|
1-O’FE
|
Maqsad: Poyada suv va unda erigan mineral tuzlarning harakatini o’rganish. Quydagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring:
1.Suv va unda erigan mineral tuzlar ildizdan barglarga poyaning qaysi qismi orqali ko’tariladi?
2.Suv va unda erigan mineral tuzlar ildizdan barglarga poyaning qaysi qismi orqali harakatlanishini qaysi tajribada kuzatish mumkin?
3.Xona o’simliklarining bitta shoxchasini olib siyohli (rangli) suvga solib unda moddalarning harakatini kuzating.
4.Poyani ko’ndalang kesib qaysi qismi rangli bo’lganligini aniqlang.
|
Darslikdagi matnni diqqat bilan o’rganing. O’quvchilar guruhi bilan hamkorlikda ishlang
|
2-O’FE
|
Maqsad: Poyada oziq moddalar harakatini o’rganish. Quydagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring:
1.Barglarda hosil bo’lgan organik moddalar poyaning qaysi qavati orqali harakatlanadi?
2.Barglarda hosil bo’lgan organik moddalar poyaning qaysi qavati orqali harakatlanishini qaysi tajribada kuzatish mumkin?
3.Organik moddalar o’simliklarning qaysi organlarida to’planadi?
|
O’quvchilar guruhi bilan hamkorlikda ishlang
|
3-O’FE
|
Maqsad: Oziq moddalarning poya bo’ylab harakatining ahamiyatini o’rganish. Quydagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring:
1.Poyaning nay-tolali bog’lami nima?
2.O’simliklarning oziqlanishida ularning barcha organlari bir-biriga bog’liq holda ishtirok etishini tushuntiring.
3.Oziq moddalarning harakatlanishini boshqarish mumkinmi?
|
O’quvchilar guruhi bilan o’tkaziladigan savol-javobda faol ishtirok eting.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |