Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
O’tgan mavzu bo’yicha o’quvchilarning bilimini test savollari yordamida aniqlash va baholash (1-ilova)
Yangi mavzuni o’rganish bo’yicha o’qituvchining axboroti.
Reja:
O’simliklarning vegetativ va generativ organlari.
Ildizning o’simlik hayoti va tabiatdagi ahamiyati.
Ildiz turlari.
Ildiz tizimi (o’q va popuk).
Qo’shimcha va havo ildizlari.
O’quvchilarni kichik guruhlarga ajratish hamda o’quv topshiriqlarini mustaqil ravishda sifatli bajarishga erishish.
-
T\r
|
O’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan materiallar yuzasidan topshiriqlar
|
Topshiriqni bajarish yuzasidan ko’rsatmalar
|
|
Darslikdagi matnni diqqat bilan o’qib chiqing, quydagi savollarga javob tayyorlang va topshiriqlarni bajaring.
|
O’quvchilar guruhi bilan hamkorlikda ishlang.
|
1
|
Gulli o’simliklarning organlari qanday guruhlarga bo’linishini aniqlang.
|
2
|
Vegetative va generative organlarga nimalar kiradi?
|
3
|
Ildiz qanday vazifani bajarishini aniqlang.
|
4
|
Ildiz turlarini aniqlang.
|
5
|
Ildiz tizimining turlarini o’rganing.
|
6
|
O’q va popuk ildiz tizimini taqqoslang. O’xshashlik va farqlarini aniqlang.
|
Yangi mavzu bo’yicha o’quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash (2-ilova).
Uyga vazifa berish: Mavzuga oid terminlarni yozib, yod olish.
1-ilova.
1-topshiriq. Test savollariga javob bering.
1.O’simlikni yozda yuqori haroratdan, qishda sovuqdan va kasallik tug’diruvchi turli mikroorganizmlardan saqlovchi to’qimani aniqlang.
A.Hosil qiluvchi to’qima B.Qoplovchi to’qima C.Asosiy to’qima D.Mexanik to’qima
2.Qaysi to’qima kelib chiqishiga qarab 3 ga bo’linadi?
A.Hosil qiluvchi to’qima B.Qoplovchi to’qima C.Asosiy to’qima D.Mexanik to’qima
3.Fotosintez jarayonini amalga oshirib beradigan to’qimani aniqlang.
A.Hosil qiluvchi to’qima B.Qoplovchi to’qima C.Asosiy to’qima D.Mexanik to’qima
4.O’simliklarning barg va yosh novdalarini qoplab turuvchi to’qima qanday nomlanadi?
A.Hosil qiluvchi to’qima B.Qoplovchi to’qima C.Asosiy to’qima D.Mexanik to’qima
5.Qaysi to’qima o’simlikning deyarli barcha a’zolarida uchrab, boshqa to’qimalarni hosil qilishda ishtirok etadi?
A.Hosil qiluvchi to’qima B.Qoplovchi to’qima C.Asosiy to’qima D.Mexanik to’qima
6.O’simlikka tayanch va uning organlariga mustahkamlik beruvchi qalin qobiqli, cho’ziq, tirik va o’lik hujayralardan iborat to’qimani toping.
A.O’tkazuvchi to’qima B.Qoplovchi to’qima C.Asosiy to’qima D.Mexanik to’qima
7.Tarkibiga ko’ra sitoplazmaga yaqin turadigan hujayra qismi nima?
A.Sitoplazma B.Vakuola C.Plastida D.Mag’iz
8.Poya hamda ildizning po’stloq hamda yog’ochlik tolalari qaysi to’qimaga kiradi?
A.O’tkazuvchi to’qima B.Qoplovchi to’qima C.Asosiy to’qima D.Mexanik to’qima
9.Po’kak hujayralari qobig’i qanday modda bilan shimilgan?
A.Suberin B.Shakar C.Lignin D.Oqsil
10.Qaysi to’qima hujayralari o’lik (a) va qaysi to’qima hujayralari tirik (b) bo’ladi?
1)hosil qiluvchi; 2)assimilyatsion; 3)jamg’aruvchi; 4)epiderma; 5)po’kak; 6)po’stloq; 7)kollenxima; 8)sklerenxima; 9)o’tkazuvchi nay; 10)elaksimon nay.
A.a-1,2,3,4,5; b-6,7,8,9,10 B.a-1,2,3,4,7,10: b-5,6,8,9.
C.a-6,7,8,9,10: b-1,2,3,4,5. D.a-2,4,5,6,8; b-1,3,7,8,9,10.
Do'stlaringiz bilan baham: |