Sinf:3
FAN: ATROFIMIZDAGI OLAM
Mavzu: Poliz ekinlari
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o’quvchilarga polia ekinlari haqida ma’lumot berish,mavzu yuzasidan batafsil ma’lumot berish.
Tarbiyaviy: o’quvchilarni tabiatni sevishga,asrab-avaylashga o’rgatish,tabiat ne’matlaridan unumli foydalanish,tejamkorlik yaxshi odat ekanligini tushuntirish.
Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning dunyoqarashlarini boyitish,mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilim beruvchi
Dars usuli: tushuntirish,suhbat,savol-javob,guruhlarda ishlash, “Tarmoqlash”
Dars jihozi: darslik,poliz ekinlari rasmi,tarqatmalar
DARS BOSQICHLARI
1 Tashkiliy qism 5 daqiqa
2 O’tilgan mavzuni mustahkamlash 10 daqiqa
3 Yangi mavzuni tushuntirish 10 daqiqa
4 Yangi mavzuni mustahkamlash 10 daqiqa
5 O’quvchilarni baholash 3 daqiqa
6 Uyga vazifa 2 daqiqa
I. Tashkiliy qism.
–salomlashish;
–navbatchini aniqlash;
-davomatni aniqlash;
-o’quv qurollarini nazorat qilish;
-sinf tozaligini nazorat qilish;
-hafta yangiliklari;
-Vatan haqida she’rlar so’rayman.
II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash va uyga vazifani so’rash.
Uyga vazifa “Kartoshka. Sabzavotlar. Qulupnay” mavzusini o’qib kelish edi.
O’quvchilardan o’qib kelganlari so’zlab beradilar. Boshqa o’quvchilar savol beradilar. Iqtidorli o’quvchilar uchun kartoshka va qulupnay rasmini chizib kelish topshirig’i berilgan edi.
Bu rasmlar ko’rib baholanadi va 1-2-3-o’rinlar bilan taqdirlanadi.
III.Yangi mavzuning bayoni.
Dastlab bolalarga quyidagi savol bilan murojaat qilinadi?
-Poliz ekinlari deganda nimani tushunasiz? Nimalar poliz ekinlari sarasiga kiradi?
Suhbat asosida fikrlar jamlanadi.O’quvchilarga darslikdagi mavzu tushuntiriladi. O’quvchilar navbatma-navbat o’qib chiqadilar.
Poliz ekinlariga tarvuz,qovun,oshqovoq,bodring kabilar kiradi. Tarvuz va qovun urug’lari dalaga mart oyida ekiladi. Unib chiqqach taglari yumshatiladi. Vaqti-vaqti bilan sug’orib turiladi,o’g’it solinadi,ishlov beriladi. Poliz ekinlarining palaklari yer bag’irlab o’sadi. Ularning hammasi bir yillik o’simlik hisoblanadi.
Qovun va tarvuz iyun oyidan boshlab pishib yetiladi.
Tarvuzning urug’lari etining ichida bo’ladi. Qovun va handalakning urug’i o’rtasidagi bo’shliqda joylashadi. Yurtimizda qovunning bosvoldi,obinovvot,bo’rikalla,ko’kturna kabi navlari bor.
Shundan so’ng o’quvchilarga tarvuz va qovunning rasmlari ko’rsatiladi.
Respublikamizda bodringni yilning 4 faslida ham toppish mumkin. Kech kuzdan to bahor ohirigacha issiqxonalarda yetishtiriladi. Ochiq daladagi bodringning ertangi navi iyun oyida pishadi. Uning urug’i o’rtasida bo’ladi. Sarg’ayganindan urug’ olinadi. Uning navlari ham ko’p.
Qovoq urug’i mart oyida ekiladi. Uning poyasi juda uzun bo’ladi. U avgust-sentabr oylarida pishadi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
O’quvchilar 3 guruhga bo’linadilar.
1-guruh “Tabiat”
2-guruh “Nature”
3-guruh “Priroda”
Guruhlarga A-4 formatdago oq qog’oz beriladi. Ular “Poliz ekinlari”dan yozishadi. Qaysi guruh ko’p yozsa o’sha guruh g’olib bo’ladi.
V. Darsga yakun yasash va baholash.
Faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantirilib,baholanadi.
G’olib guruh olqishlanadi.
VI. Uyga vazifa: Quyidagi jadvalni to’ldirish.
Poliz ekini nomi Qachon ekilishi Urug’ining joylashishi Qachon pishishi
Tarvuz
Qovun
Bodring
Oshqovoq
Do'stlaringiz bilan baham: |