Darsning ko’rgazmali qurollari: darslik, o’quv qo’llanma, plakatlar, tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism – salom-alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash;
2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik –o’quvchilarning yangi mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqlash, baholash va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;
3. Mavzuni yoritish:
Ikki son yig‘indisini ulaming ayirmasiga ko‘paytiramiz:
(a + b)(a-b) = a2 -ab + ab-b2 = a2 -b2,
ya’ni
(a + b)(a-b) = a2-b2. (1)
a2 -b2 =(a-b)(a + b).
(2)
Ikki son kvadratlarining ayirmasi shu sonlar ayirmasi bilan ular yig'indisining ko'paytmasiga teng.
(1) va (2) tenglikda a, b istalgan sonlar yoki algebraik ifodalardir, masalan:
1) (nm + 3k)(nm-3k) = n2m2 -9k2;
2) 4c2 b2 - 25a2b4 = (2a2b + 5ab2) (2a2b - 5ab2);
(a + b)2-16 = (a + b-4)(a + b + 4).
(1) formula ham qisqa ko’paytirish formulasi deyiladi. Uni hisoblashlarni soddalashtirish uchun qo’llaniladi.
63∙57=(60+3)∙(60-3)=602-32=3600-9=3591
98∙102=(100-2)∙(100+2)=10000-4=9996
a2-9=(a-3)(a+3)
4b4-0,64c2=(2b2-0,8c)(2b2+0,8c)
(a-b)2-1=(a-b+1)(a-b-1)
2) tenglik kvadratlar ayirmasi formulasi diyiladi. U ko’p hadlarni ko’paytuvchilarga ajratishda qo’llaniladi.
Masalan:
1) a2- 9 = (a-3) (a + 3);
2) 4b4 - 0,64c2 = (2b 2 )2 - (0,8c)2 = (2b2 - 0,8c) (2b2 + 0,8c);
3) (а – b )2 – 1 = (a – b –1 ) (а – b +1);
4) (a + b)2 – ( a – c)2 =(a + b-a + c)(a + b + a-c) =(b+c)(2a+b-c)
Mustahkamlash:
386-misol.
387-misol.
388-misol.
389-misol.
5. Darsga yakun yasash va baholash –O’quvchilarning mavzu bo’yicha savollariga javob berish, ularning o’zlashtirganlik darajasini aniqlash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni tilga olish va baholash;
6. Uyga vazifa: 389-390-misol.
Fan: algebra
Sinf : 7G,E,J Sinf : 7E
Sana: 20.02.2020 yil Sana: 21.02.2020 yil
Mavzu: Misollar yechish
Darsningmaqsadi:
a) Kvadratlar ayirmasi formulasi haqidagi bilimlarini mustahkamlash. Olgan bilimlarini amalda qo’llay olishlariga o’rgatish. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan habardor bo’lish kompetensiya elementlarini shakllantirish.
b) O’quvchilarni milliy vatanparvarlik va milliy intizom ruhida tarbiyalash. Ularga iqtisodiy va ekologik tarbiya berish. O’quvchilarda do’stona munosabatni tarbiyalash. O’quvchilarda milliy umummadaniy kompetensiya elementlarini shakllantirish.
c) O’quvchilarning matematik og’zaki nutqini o’stirish, formulalarni tiklash o’yinida faollikka chaqirish, diqqatni rivojlantirish, zukkolik, topqirlikka chaqirish. O’quvchilarni o’z-o’zini rivojlantirish kompetensiya elementlarini shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |