II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash. Xalq qo‘shiqlari
“ Kim topqir ” usuli yordamida o‘tilgan mavzuni mustahkamlab olamiz.
1. Qo‘shiq deb nimaga aytiladi?
2. Qo‘shiqlar necha xil bo‘ladi?
3.Mumtoz adabiyotimiz vakillaridan kimlarning she’rlari qo‘shiq qilib aytilgan?
4. Zamonaviy shoirlarimizdan kimlarning she’rlari qo‘shiq qilib aytilgan?
5.Qanday xalq qo‘shiqlarini bilasiz ?
O‘quvchilar endi aytingchi uyga vazifa nima edi?
Uyga vazifa: “Boychechak ” , “ Chittigul” , “Boshginam og‘riydi” nomli xalq qo‘shiqlarini yodlab kelish. O‘quvchilardan 5 nafari doskaga chiqib qo‘shiqlarni aytadilar. Qolgan o‘quvchilardan hammalari qo‘shiqlarning naqarotlarini xor bo’lib aytadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |