O`tilgan mavzuni mustahkamlash:Avvalgi darsda “O`tkir Hoshimovning hayoti va ijodi” mavzusi o`tilgan
bo`lib ,o‘quvchilarga yozuvchi faoliyatini o`rganish,”Dunyoning ishlari “asaridan berilgan parchani o`qib kelish vazifa sifatida berilgan edi.
O‘quvchilarga quyidagi savolni beriladi:
O‘tkir Hoshimov haqida nimalarni bildingiz? O‘quvchilar “Zanjir“usulida adib hayotiga doir ma’lumotlar aytadilar:
–O‘tkir Hoshimov 1941-yilda Toshkentning Do`mbirobod mahallasida tug`ilgan.
Bolajak yozuvchi 5-sinfda o`qib yurgan paytlaridayoq she’rlar mashq qila boshlagan.
–Uning dastlabki kitobi talabalik yillarida chop etilgan.
Yozuvchi umri davomida xat tashuvchi, musahhih, muxbir, gazetada bo‘lim mudiri ,nashriyotda va jurnalda bosh muharrir bo`lib ishlagan. O‘quvchilar shu tarzda davom etadilar.
O‘tilgan mavzuni yaxshi o`zlashtirgan va uy vazifasini tayyorlagan o`quvchilarga ball qo`yiladi.
Adib hayotiga doir slayd ekranda ko`rsatiladi.
O‘qituvchi:-O‘tkir Hoshimovning vatanparvarligini , insonparvarligini , adabiyotga bo`lgan munosabatini uning mana shu fikrlaridan ham bilib olish mumkin.
Yangi mavzu bayoni
O`qituvchi mavzuni qisqacha bayon etadi: Bolalar, bugun biz sizlar bilan mashhur yozuvchining “Dunyoning ishlari “asari bilan tanishamiz. Bu asar eng ezgu,eng samimiy tuyg`ular haqida ,eng e’zozli zot –Ona to`g`risida hikoya qiladi.Onaning qanday inson ekanligini yaxshi bilamiz. U inson bolasini dunyoga keltiradi, yuvib- taraydi, tarbiyalaydi.Ona uchun dunyodagi eng aziz ne’mat – uning farzandi. Ona o`z farzandi uchun hamma narsaga ,hatto jonini ham berishga tayyor. Shuning uchun bo`lsa kerak, ona haqida behisob she’rlar to`qilgan,dostonlar, katta-katta asarlar yozilgan.Kichik maqollardan tortib,muborak hadislarimizda ham ona madh etiladi, e’zozlanadi.
O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari “ asari har biri mustaqil syujetli hikoyalardan tashkil topgan .Undagi “Gilam paypoq”,”Oq-oydin kechalar”,”Tush”,”Alla”,”Iltijo” kabi hikoyalar kishini befarq qoldirmaydi. Barcha hikoyalar mazmuni ona obrazi tufayli yaxlitlik kasb etadi. Asar ortiqcha jimjimadorliklardan xoli. Shu tufayli ham u katta qiziqish va hayajon bilan o`qiladi.
“Gilam paypoq” hikoyasiga e’tibor beraylik.Unda ona o`z jigarbandini kasallik xavfidan tezroq xalos qilish uchun har narsaga ,hatto jonini ham berishga tayyor.
Asardagi “Alla” deb nomlangan bob ham nihoyatda ta’sirchanligi bilan kishi yodida qoladi. Alla –inson bolasi hayotda tinglaydigan ilk qo`shiq.U vujudimizga ona suti bilan singgan va umrbod unutilmasdir.Yozuvchi bu ezgu qo`shiqni ilohiy kuchga ega bo`lgan, ko`ngilni eritadigan ohang sifatida ta’riflaydi.
Qissaning “Iltijo” deb nomlangan bobida esa insonning ona oldidagi farzandlik burchi hech qachon to`lab bo`lmas qarz ekani nihoyatda ta’sirchan ifodalanadi.Chunki onalarimizning hayotimizdagi o`rni beqiyos.Ular bizni dunyoga keltiradi,oq sut berib boqadi,uzoq tunlar beshigimizni tebratib ,atrofimizda parvona bo`ladi,bparvarishlab voyaga yetkazadi.Buni teran idrok etgan yozuvchi onaning beqiyos mehri oldidagi qarzdorlik tuyg`ularini g`oyat ta’sirli tasvirlay olgan.O`quvchilar sahna ko`rinishlarini ijro etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |