Fan : zoologiya



Download 370,84 Kb.
bet3/6
Sana20.01.2022
Hajmi370,84 Kb.
#392692
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12-mavzu halqali chuvalchanglar tipi

III. Yangi mavzu bayoni.

Yomg‘ir chuvalchangi tanasining uzunligi 8—10 sm, oldingi uchi ko-nussimon o‘tkirlashgan. Tanasi halqaga o‘xshash tortmalar bilan ko‘p sonli bo‘g‘imlarga bo‘lingan. Har bir tana bo‘g‘imining qorin tomonida to‘rt juftdan kalta va ingichka tuklar joylashgan. Tuklar harakatlanayotgan chuvalchang uchun tayanch vazifasinibajaradi. Oldingi tomondagi bir necha tana halqalari yo‘g‘onlashib, maxsus belbog‘ hosil qiladi.

Teri-muskul xaltasi. Chuvalchang tanasi bir qavat epiteliy hujayralardan iborat yupqa teri bilan qoplangan. Bu hujayralar ishlab chiqa-radigan shilimshiq modda terini doim namlab turadi. Teri ostida halqasimon va bo‘ylama muskullar joylashgan. Muskullar ostida ichki epiteliy qavati tana bo‘shlig‘ini o‘rab turadi. Tashqi va ichki epiteliy, halqasimon va bo‘ylama muskullar teri-muskul xaltasi deb ata-ladigan tana devorini hosil qiladi. Tana bo‘shlig‘ida ichki organlar joylashadi. Tana bo‘shlig‘i. Yomg‘ir chuvalchangining suyuqlik bilan to‘lgan tana bo‘shlig‘ida ichki organlar joylashgan. Bu bo‘shliq yupqa par-dadan iborat ko‘ndalang to‘siqlar bilan alohida bo‘lmalarga ajralgan. Tana bo‘shlig‘i bo‘lmalarining soni tashqi tana halqalari soniga teng. Tana bo‘shlig‘i devorining ichki yuzasi bir qavat bo‘lib joylashgan epiteliydan iborat.



Nerv sistemasi. Tanasining oldingi qismidagi nerv hujayralari to‘planib, halqum usti va halqum osti yirik nerv tugunlarini hosil qiladi. Ularni halqumni ikki tomondan aylanib o‘tadi-gan halqa nerv tolalari birlashtirib turadi. Halqum osti nerv tuguniqorin bo‘ylab ketadigan nerv zanjiri bilan tutashgan. Qorin nerv zanjirida har bir tana bo‘g‘ini to‘g‘risida bittadan kichikroq nerv tugunlari joylashgan. Hamma nerv tugunlaridan teriga va ichki or-ganlarga nervlar chiqadi.

Sezgi organlari va refleksi. Yomg‘ir chuvalchangining maxsus sezgi organlari bo‘lmaydi. Lekin chuvalchang terisida joylashgan nerv tolalari orqali yorug‘lik, harorat, kimyoviy va mexanik ta’sirlarni yaxshi sezadi.

Yomg‘ir chuvalchangi reflekslari ancha murakkab va xilma-xil bo‘ladi. Tanasining qaysi qismiga ta’sir qilinsa, o‘sha tomoni ta’sir-lanib har xil harakat qiladi. Reflekslar yordamida chuvalchang o‘z ozig‘ini topadi, dushmanlaridan saqlanadi, kuchli yorug‘lik va is-siqlikdan yashirinadi.

Ko‘payishi. Yomg‘ir chuvalchangi — germafrodit hayvon. Ko‘pa-yish davrida ikki chuvalchang bir-birini urug‘lantiradi. Chuvalchang tuxum qo‘yish davrida belbog‘chasidan shilimshiq modda ajratadi. Bu moddadan pilla hosil bo‘ladi. Har qaysi pillaga 2—3, ba’zan 6—20 tagacha tuxum qo‘yadi. Pilla chuvalchang tanasidan sirg‘alib tuproqqa tushadi. Pilladagi tuxumlardan bir oydan keyin yosh chuvalchanglar chiqadi. Chuvalchanglar bir necha yil yashaydi.

Regeneratsiyasi. Yomg‘ir chuvalchanglari ham gidra yoki oq planariya singari tanasining jarohatlangan qismini tiklash xususiyatiga ega. Chuvalchang tanasi uzilib qolganida undan yangi chuvalchanglar hosil bo‘ladi.


Download 370,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish