O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti BINO INSHOOTLAR QURILISHI FAKULTETI GIDROTEXNIKA INSHOOTLARI YO’NALISHI Fan : Xayot faoliyati xavfsizligi va mehnat muhofazasi Mavzu : Zararli moddalarning ta’sirining nazariy asoslari Bajardi : 110-19-guruh talabasi O’rinboyev Qodir Tekshirdi : B.Muxamedgaliyev
Reja: 1. Atrof muhitning ifloslanish sabablari 2. Zararli (toksik) moddalar va ularni odam organizmga ta’siri
3. ATPda zararli moddalar
4. Xulosa
5. Foydalanilingan adabiyotlar
ATKDA ATROF-MUHITNI IFLOSLANISH SABABLARI
Zararli (toksik) moddalar va ularni odam organizmga ta’siri
Zararli moddalar - bu inson tanasiga tushganda ishlab chi- qarish jarohatlari, kasbiy kasalliklar yoki ozgarishlarga olib kelishi mumkin boʻlgan ellementlardir. Zararli moddalar inson tanasiga nafas olish tizimi, oshqozon-ichak trakti, shuningdek, teri va shilliq pardalar orqali kirishi mumkin.
Ishlab chiqarishda zaharlanishi oʻtkir yoki surunkali
boʻlishi mumkin.
Oʻtkir zaharlanish gaz va bugʻlarning nisbatan yuqori kon- sentratsiyasi mavjud boʻlganda tez sodir boʻladi. Bu zaharla- nishlar hozir juda kam uchraydi, asosan favqulodda vaziyatlarda sodir boʻladi.
Surunkali zaharlanish organizmda zaharli moddalarning toʻplanishi (moddiy kumulyatsiya) yoki bunday moddalar taʼsiri- da yuzaga kelgan funksional oʻzgarishlarning yigʻindisi (funk- sional kumulyatsiya) natijasida sekin rivojlanadi.
Sanitar-gigiyenik amaliyotda zararli moddalarni kimyoviy moddalar va sanoat changlariga ajratish odatiy holdir.
Zararli kimyoviy moddalarning inson organizmiga ta’siri ularning fizik va kimyoviy xossalariga bogʻliq.
Inson organizmiga ta’sir qilish xususiyatiga koʻra kimyoviy xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari quyidagi kichik guruh- larga boʻlinadi: umumiy toksik, yalligʻlantiruvchi, sensibil- lashtiruvchi (sezgirlashtiruvchi), kanserogen, mutagen, rep- roduktiv funksiyaga ta’sir qiluvchi.
Koʻpgina xavfli moddalar umumiy toksik ta’sirga ega. Bularga aromatik uglevodorodlar va ularning amido-nitro hosilalari (benzol, toluol, ksilen, nitrobenzol, anilin va boshqa- lar) kiradi. Simoborganik birikmalar, tetraetil qoʻrgʻoshin, fos- fororganik moddalar, xlorli uglevodorodlar (toʻrt xlorid uglerod, bixleretan va boshqalar) juda zaharli hisoblanadi.
Kislotalar, ishqorlar, shuningdek, xlor, ftor, oltingugurt va azot oʻz ichiga olgan birikmalar (fosgen, ammiak, oltingugurt va azot oksidi, vodorod sulfidi va boshqalar) yalligʻlantiruvchi ta’- sirga ega. Kontaktda ular yalligʻlanish reaksiyasini keltirib chi- qaradi va nafas olish organlari, teri va koʻzning shilliq pardalari birinchi navbatda ta’sirlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |