Polimerlarning tuzilishi. Ma'lumki, polimer makromolekulasining geometrik shakli chiziqli, tarmoqlangan, fazoviy bo'lishi mumkin. Shuni esdan chiqarmaslik lozimki, chiziqli tuzilish uglerod atomlari bir chiziqda yotgandagina emas, balki zigzagsimon joylashgan uglerod zanjirida kuzatilishi mumkin.
Termoplastik plastmassalar - chiziqli polimerlar (polietilen, polipropilen, polivinilxlorid, polistirol va b.) asosida olinadi, ular yuqori harorat va bosimda plastiklik va oquvchanlik xususiyatiga, sovuganda yana qattiq holatga ega bo'lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |