Kimyoviy xossalari. Saxaroza va maltoza vodorod ionlari ishtirokida qizdirilganda gidrolizga uchraydi. Saxaroza ikkita monosaxarid - glukoza va fruktozani, maltoza esa ikki molekula glukozani hosil qiladi:
C12H22On + H2O - C6H12O6 + C6H12O6
saxaroza glukoza fruktoza
Shuning uchun ular disaxaridlar deb ataladi.
Disaxaridlar metallar gidroksidlari bilan oson ta'sirlashadi. Masalan, saxaroza eritmasini mis (Il)-gidroksid ustiga quyilganda, yorqin havorang mis saxarati hosil bo'ladi:
C12H22On + Cu(OH), - C12H20O9<°>cu + 2H2O
o
Saxaroza eritmasini kalsiy gidroksid suspenziyasi bilan ta'shiashuvidan suvda eruvchan kalsiy saxarat olinadi.
Disaxaridlar monosaxaridlardan «kumush ko'zgu» reaksiyasini bermasligi va boshqa qaytaruvchilar ta'sirida qaytarilmasligi bilan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |