Fan : Kimyo. Sana


Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar



Download 1,22 Mb.
bet84/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,22 Mb.
#432940
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   226
Bog'liq
9-sinf oquv qo\'llanma

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.


Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 9.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.


Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2.Davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.


Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.


Yangi mavzuni bayoni: 
Elementlar davriy sistemasida joylashgan o'rni. Mg (magniy) va Ca (kalsiy) II guruhning bosh guruhchasi elementlari bo'lib, ishqoriy-yer metallar qatoriga kiradi. II guruh bosh guruhi elementlari ishqoriy-yer metallar deb ataladi. Ishqoriy-yer metall atamasi ular gidroksidlarining o'yuvchi xossasi va oldingi vaqtlarda qiyin eruvchi oksidlarni yerlar deb atalganligi bilan bog'liq. Atom tuzilishi. Magniy va kalsiyning tashqi elektron qavatlarida ikkita s- elektron bor va shuning uchun ular s-elementlar oilasiga kiradi. Kimyoviy reaksiyalarda bu metallar qaytaruvchi sifatida ikkita elektronini berib, +2 zaryadli ionga aylanadi. Barcha birikmalarida +2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Tabiatda tarqalishi. Kalsiy va magniy tabiatda juda keng tarqalgan elementlardandir. Yer qobig'ida magniy 3,35 % ni, kalsiy 3,5 % ni tashkil etadi. Ko'p minerallar: magnezit MgC03, kalsit CaC03, dolomit CaCO} MgCO3, gips CaS04-2H20, taxir tuz MgS04-7H20, silikatlar-talk 3Mg-4Si02H20, asbest CaO-3MgO-4SiO, kabilar kalsiy va magniyning tabiiy manbalari hisoblanadi. O'zbekistonda 20 ga yaqin marmar konlari mavjud bo'lib, hozirgi kunda G'ozg'on, Nurota va Zirband konlaridan qazib olinmoqda. Fosforit zaxiralari esa Markaziy Qizilqumdagi Qoraqat konida va Shimoliy Jetitov konlarida jamlangan. Olinishi. Kalsiy va magniy sanoatda tuzlari suyuqlanmasini elektroliz qilib olinadi. Xossalari. Magniy va kalsiy - kumushsimon-oq rangli, yengil metallar. Ular havoda tezda oksid parda bilan qoplanib qoladi, bu parda metallning ichki qismini saqlaydi. Kalsiy magniyga nisbatan faol va ishqoriy tabiati kuchli bo'lganligi uchun kerosin ostida saqlanadi. Kalsiy va magniyda metallik xossalari ishqoriy metallardan ko'ra kuchsiz namoyon bo'ladi. Chunki ularning tashqi elektron qavatlarida ishqoriy metal- lamikidan bitta ortiq elektron bor. Ishlatilishi. Magniy va kalsiy hamda ularning birikmalari amaliyotda ko'p sohalarda qo 'llanadi. Metall holida magniy va kalsiylar yengil, pishiq qotishmalar tayyorlashda ishlatiladi. Yorituvchi raketalar, olov signallari, mayoqlari, fotografiyada magniy keng qo'llanadi. Ular asosiy qurilish materiallari: asbest, alebastr, gips, ohak, marmar, oddiy va silikat g'isht, sementlaming asosini tashkil qiladi. Magniy va kalsiy tuzlari tibbiyotda juda keng qo'llanadi: magnezit, kuydirilgan magneziya, kalsiy xlorid, kalsiy glukonat, talk kabilar shular Biologik ahamiyati. Magniy va kalsiy biologik jihatdan muhim elementlar qatoriga kiradi: Magniy va kalsiy hayotning barcha shakllari uchun muhim ahamiyatga ega kimyoviy elementlardir. O'simliklardagi muhim hayotiy funksiyani bajaruvchi xlorofill asosida magniy joylashgan.
Hayvonlar suyaklari tarkibining 80 % kalsiy fosfatdan iborat. Magniy muskul to'qimasida 0,09 %, ilikda 0,07-0,18 %, qonda 37,8 mg/l miqdorda bo'ladi. Har kuni ovqat bilan 250-380 mg iste'mol qilinishi kerak. Inson organizmida (70 kg) o'rtacha 19 g miqdorda bo'ladi. Kalsiy muskul to'qimasida 0,14-0,7 %, ilikda 17 %, qonda 60,5 mg/l miqdorda bo'ladi. Har kuni ovqat bilan 0,6-1,4 g iste'mol qilinishi kerak. Inson organizmida (70 kg) o'rtacha 1 kg miqdorda bo'ladi. Odam organizmidagi barcha kalsiyning taxminan 99% suyakda, 1% esa qon va limfada bo'ladi. Gips. !) Tabiiy gips - CaS04-2H20
Kuydirilgan gips - (CaS04)2H20
Suvsiz gips - CaS04



Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish