Fan : Kimyo. Sana


Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar



Download 1,22 Mb.
bet6/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,22 Mb.
#432940
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   226
Bog'liq
9-sinf oquv qo\'llanma

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.


Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 9.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.


Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2. Davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.


Yangi mavzuni bayoni: Nima sababdan qutbli va qutbsiz kovalent bog‘lar hosil bo‘ladi?
Kimyoviy elementlarning nisbiy elektromanfiylik qiymatlariga e’tibor bergan holda kimyoviy birikmalarni quyidagi 3 guruhga bo‘lib olishimiz mumkin. 1. Elektrmanfiyliklari bir xil bo‘lgan elementlardan, ya’ni ayni bir xil element atomlaridan hosil bo‘lgan moddalar: a) N2, F2, Cl2, Br2, J2, O2, N2 - oddiy moddalar; b) Li, Na, K, Al, Fe, Cu, Zn - metallar. 2. Elektrmanfiyligi bir-biridan bir oz farq qiladigan element atomlaridan hosil
bo‘lgan moddalar: HCl, HB2, HJ, H2O, H2S, NH3, CH4, PCl3, PCl5... 3. Elektrmanfiyligi bir-biridan keskin farq qiladigan element atomlaridan hosil bo‘lgan moddalar: NaCl, K2S, BaCl2, CaF2, Li2O, MgO ... . Kimyoviy birikmalarni hosil qiluvchi atomlar orasidagi elektronlarning taqsimlanishiga qarab kimyoviy bog‘lanishlarni quyidagi uch turga bo‘lish mumkin. Kovalent bog‘lanishlar elektrmanfiyligi bir xil yoki bir biridan juda oz miqdorda farq qiladigan atomlar orasida hosil bo‘ladi.Masalan, vodorod atomlarining o‘zaro birikishi natijasida H2 — vodorod molekulasining hosil bo‘lishini ko‘rib chiqamiz. Vodorodning ikkita atomi orasida hosil bo‘lgan bir juft elektron hisobiga atomlar birikib H2 ni hosil qiladi. Natijada vodorod atomlari barqaror elektron konfiguratsiyaga ega bo‘ladi, ya’ni vodorod atomi tashqi energetik qavati tugallangan holatga o‘tadi.
— Atomlarning umumiy elektron juftlari vositasida bog‘lanishi kovalent bog‘lanish deyiladi. Atomlar uchun umumiy bo‘lgan har bir juft elektronni 1 ta chiziqcha bilan almashtirib yozish ham mumkin: O = O, N ≡ N.
Kimyoviy bog‘lanishda ishtirok etayotgan juft elektronlar shu elementning valentligini ham bildiradi: H : H — bir valentli atomlar; O :: O — ikki valentli atomlar; N N — uch valentli atomlar. vodorod xlorid — HCl molekulasi hosil bo‘lishini ko‘rib chiqaylik Bunda, atomlar orasidagi umumiy juft elektronlar elektrmanfiyligi kattaroq bo‘lgan xlor atomi tomon siljigan bo‘ladi, natijada xlor atomi qisman manfiy, elektrmanfiyligi kichikroq vodorod atomi esa qisman musbat zaryadlangan bo‘ladi. — Elektrmanfiyliklari bir-biridan biroz farq qiladigan atomlardan orasida ho sil bo‘lgan kimyoviy bog‘lanish kovalent qutbli bog‘lanish deyiladi.
Metallar o‘z tashqi energetik qavatlaridagi elektronlarini berib, musbat zaryadlangan ionlarga oson aylanadi. Metallmaslar esa aksincha, tashqi energetik qavatiga elektronni oson qabul qiladi va manfiy zaryadlangan ionlarga aylanadi. — Ionlar zaryadlangan zarrachalardir. — Atomlar elektron berganda yoki elektron biriktirib olganda zaryadlangan zarrachalar, ya’ni, ionlarga aylanadi. — Atomning yo‘qotgan va qabul qilib olgan elektronlar soni ionning zaryad miqdorini belgilaydi. — Qarama-qarshi zaryadlangan ionlar bir-biriga tortiladi. — Ionlar orasida hosil bo‘lgan kimyoviy bog‘lanish ion bog‘lanish deb ataladi. — Ionlarning o‘zaro birikishidan hosil bo‘lgan moddalar ionli birikmalar deyiladi. Ionli birikmalarga metallarning galogenlar, kislorod, oltingugurt bilan hosil qilgan birikmalari kiradi. Masalan, NaCl, KBr, CaJ2, Li2O, Na2S va h.
Bir atomning kimyoviy bog‘lanishda ishtirok etmagan, ya’ni taqsimlanmagan lectron jufti va ikkinchi atomning bo‘sh orbitali o‘rtasida hosil bo‘lgan bog‘lanish donor-akseptor yoki kordinatsion bog‘lanish deyiladi.

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish