Fan : Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish Mavzu 6 Kanaldagi tindirgichlardan foydalanish. Yavov Aziz O‘ktam o‘g‘li


Yuvish uchun suv sarfi va yuvish muddati



Download 0,67 Mb.
bet3/3
Sana28.10.2022
Hajmi0,67 Mb.
#857678
1   2   3
Bog'liq
6-taqdimot

Yuvish uchun suv sarfi va yuvish muddati har bir muayyan holatda analog yoki hisob-kitob bo‘yicha qabul qilinadi, so‘ng esa ishlatish davrida yuvish tajribalarini o‘tkazib ularga aniqlik kiritiladi. Yuvish davrida oqimning jo‘shqin holatini ta’minlash muhim hisoblanadi. Bunda oqim tezliklari yuqori bo‘lib qumli sayoz joylarni buzush va oqizindilarni transportlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Markaziy Osiyo sharoitida, SANIIRI ma’lumotlari (A.M. Muxamedov) bo‘yicha unchalik katta bo‘lmagan o‘rtacha yillik suv sarfi Qmj bor daryolar uchun yuvish sarfi taqriban 3…4 Qmj va o‘rtacha yillik katta suv sarfiga ega daryolar uchun 1…1,5 Qmj ga teng qabul qilinadi. Yuvish sarfi o‘rtacha yillik sarfdan 2…4 marta ko‘p qabul qilinishi kerak degan fikrlar ham mavjud. Agar yuvish uchun bunday sarflarni ta’min etishning iloji bo‘lmasa, unda yuvish kam suv sarflarida amalga oshiriladi.Bunda daryodan pastki befga tashlanayotgan har qanday sarfdan yuvish uchun foydalanish mumkin bo‘ladi. Toshqin tushishi paytida yuvish eng yaxshi samara beradi. Kam suvlilik paytida kam suv sarfi bilan yuvish, agar u suv olish sharoitini yomon ahvolga olib kelmasa, oqizindilarni unchalik katta bo‘lmagan kenglik va uzunlikga ega o‘yiq hosil qilib yuvish imkoniyatini beradi.
Suv olish uzelini normal ekspluatatsiya qilishda yuqori befni 4…6 m napor bilan yuvish vaqti 3…4 soat qabul qilinadi, napor 6…7 m bo‘lganda esa – 6…8 soat (A.M. Muxamedov ma’lumotlari). I.I. Kuxianidze esa bu vaqtni 8…10 soat qabul qilishni tavsiya qiladi. Bu fikrlardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, yuvish vaqtiga har bir gidrouzel uchun uni gidrologik va konstruktiv xususiyatlaridan kelib chiqib aniqlik kiritilib borilishi zarur. Gidrouzelni sezilarli darajada loyqa bosganda real sharoitdan kelib chiqib yuvish bir necha (ko‘p marta) marta o‘tkaziladi. Energetika gidrouzellarida yuvish vaqti GESni profilaktikaga to‘xtatilgan vaqtga to‘g‘rilanadi, bu vaqt 1 sutka va undan ko‘p bo‘lishi mumkin
Yuvish davriy ravishda yuqori befda suv sathi ko‘tarilib va agar pastki bef qurilmalari bunga yo‘l qo‘ysa, to‘g‘on oraliqlarini to‘liq ochib suv tashlab, bir necha marta qaytariladi. Farg‘ona turidagi suv olish uzelidagi GES uzoq muddatga to‘xtatilganda beflarni umumiy yuvish 2…3 sutka davomida uzluksiz o‘tkaziladi, bunda yuqori befni yuvish uchun ketgan vaqt 1 sutkadan ko‘pni tashkil qilmaydi. Qisman suv sathi pasaytirilgan holda (30% oraliqda) suv olish uzellarini yuvish vaqti 5…6 m napor bo‘lganda, taxminan 2 martaga ko‘paytiriladi.
Ushbu, yuqorida keltirilgan texnik tadbirlarni ekspluatatsiya xizmati, qoidasi, suv olishning quyidagi ekspluatatsion rejimlarida amalga oshiradi: toshqini o‘tkazish (2…3 variant muqobilida) davrida, normal sharoitda ekspluatatsiya qilinayotganda (1…2 variant), yuz foyizlik suv olishda (Kin=1), qishqi davrda ishlatishda (bu yerda, Kin = Qin / Qg , Qin – suv olish sarfi, Qr – daryo sarfi). Suv oluvchi uzel inshootlarini tarkibidagi grunt to‘g‘on, o‘rab turuvchi dambalar, suv tashlovchi beton to‘g‘onlar, suv olib keluvchi va olib ketuvchi kanallar, shuningdek ulardagi jihozlar texnik holatini kuzatish, ularga o‘z vaqtida texnik qarovni amalga oshirish, ularni ta’mirlash va mukammallashtirish ishlari darslikning yuqorida berilgan bo‘limlarida yetarli bayon qilingan. Shuning uchun quyida suv oluvchi uzelni o‘ziga xos masalalar ko‘rib chiqiladi. Ular orasida sathlarni tartibga solish va suv olgich inshoot suv qabul qilgichiga eng kam oqizindi tushirish shartidan kelib chiqib zatvorlarni manyovrlash, yuqori befni loyqa bosishi va uni yuvish, shuningdek pastki befni oqizindilar bilan ko‘milishi va yuvilishiga qarshi qurashish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish eng dolzarb masalalar hisoblanadi.
Bevosita tadqiqotlarni olib boruvchi guruh tarkibiga, odatda guruh rahbari (bevosita kuzatishlar bo‘yicha mutaxassis), o‘rinbosari, asbobshunoslar, ularni tuzatish bo‘yicha slesarlar, slesar-elektriklar, operatorlar, kuzatuvchilar, texnik-chizmakashlar kiradi. NO‘Alarini o‘rnatish yoki ko‘p sonli kuzatishlar olib borish bo‘yicha katta hajmdagi ishlarni bajarish davrida, guruh tarkibi ko‘paytirilishi, keyinchalik ish hajmi kamayganda esa kamaytirilishi mumkin. Bevosita kuzatishlarni olib borayotgan guruhning tarkibini, kuzatish ishlariga aloqasi bo‘lmagan, boshqa ishlarni bajrish uchun jalb qilishga ruxsat berilmaydi (qati man qilinadi). Vaqtincha bevosita tadqiqotlar olib borayotgan guruhga qurilish-montaj ishlarida band bo‘lgan mutaxassislar (geodeziyachilar, armaturachilar, kovsharlagichlar, yog‘och ustalari, burg‘ulovchilar va boshq) yuborilishi mumkin. Guruh rahbari bevosita texnika bo‘limi boshlig‘iga yoki bosh injenerga buysinadi.
Beton va temir-beton inshootlar, qurilish davrida ishlatilayotganda: to‘g‘on asosining deformatsiyalanishi, qoya tosh (skala) bilan beton kontakt qilgan joydagi choklarning holati, betonlash bloklarining harorat rejimi, bloklar yoki yaxlit betonlarning harorat-zo‘riqish holati, yaxlit betonlarda yoriqlar hosil bo‘lishi, vaqtinchalik qurilish, sementatsiya qilish lozim bo‘ladigan choklarini ochilishi, beton seksiyalarini gorizontal siljishi, to‘g‘on asosining filtratsiyaga qarshi bosimi, yuqori seysmik faol tumanlarda yirik, yuqori naporli gidrouzellarda injenerlik – seysmik kuzatuvlarni olib borishga imkoniyat beradigan seysmik o‘lchov appartlari tizimining ishchalik qobiliyati kabi kuzatuvlar olib boriladi. Bunda shuni e’tiborga olish lozimki, ko‘p holatlarda, tuman seysmikligi, suv ombori va grunt massivini katta hajmdagi suv bilan to‘ldirilganda oshib ketadi. Suv ombori DNS belgisigacha to‘ldirishi bilan, NO‘A ko‘rsatmalarga muvofiq to‘la hajmda ishlashi lozim.
Respublikamizda qurilishi tugallangan ob’ektlar, shu jumladan gidrotexnika inshootlarini foydalanishga qabul qilishiga tayyorgarlik va qabul qilish shaxarsozlik normalari va qoidalari ShAQ 3.01.04-04 «Qurilishi tugallangan ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish. Asosiy holatlar» bo‘yicha amalga oshirish tartibi o‘rnatilgan. Unga muvofiq qurilishi tugallangan gidrotexnika inshooti (gidrouzel, suv ombori, nasos stansiyasi, GES va sh.o‘.) ni ishga tushirishga tayyorlash uchun buyurtmachi (qurilish egasi) tomonidan ishchi xayatlar tuziladi, uning tarkibiga buyurmachining vakili - xay’at raisi, foydalanuvchi tashkilotlar, bosh pudratchi, sub pudrat tashkilotlari, bosh loyihachi va arxitektura tashkiloti, sanitariya nazorati, yong‘in nazorati organlari, Davlat arxitektura va qurilish nazorati, Davlat mexnat texnik inspeksiyasining vakillari, shuningdek manfaatdor tashkilotlar va nazorat organlari vakillari kiritiladi.
Qurilishi tugallangan gidrotexnika inshootlarini Davlat qabul xay’atiga taqdim etishga tayyorgarlik davrida, Bosh pudrati ishchi xay’atlarga quyidagi hujjatlarini taqdim qiladi:
- bajarilgan ish turlarini bajarishda bevosita ishtirok etgan muhandis-texnik xodimlarning familiyalari ko‘rsatilgan, qurilish-montaj tashkilotlarining ro‘yxati;
- loyiha tashkilotlari ishlab chiqqan, qabul qilinayotgan ob’ektning qurilishi davrida kiritilgan o‘zgartirishlari asoslangan yozuvlari bilan ish chizmalari komplekti, ya’ni ijro xujjatlari;
- qurilish-montaj ishlarida qo‘llanilgan materiallar, konstruksiyalar va detallarning sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi sertifikatlar, texnik pasportlar va boshqa hujjatlar;
- bekilib qoladigan ishlar, ayrim mas’ul konstruksiyalar (tayanchlar, oraliq qurilmalar, ravoqlar, tayanch devorlar, tutib turuvchi metall va temir-beton konstruksiyalar, choklar, kotlovanlar, asoslar, NO‘A)ni qabul qilish dalolatnomalari, shuningdek gruntlar, qurilish materiallari va konstruksiyalarini laboratoriya sinovlari natijalari (dalolatnomalari);
- montaj qilingan uskunalarning yakka sinovlari dalolatnomalari; texnologik quvur o‘tkazgichlar, suv ta’minoti, kanalizatsiya, isitish va havo almashtirish, kanalizatsiya, drenaj tizimlari, yog‘-bosimli qurilmalar, boshqa tarmoqlarining sinab qo‘rilganligi to‘g‘risidagi, inshootlarning yer osti qismi gidroizolyatsiyasi, choklar germetikligi to‘g‘risidagi dalolatnomalar;
- telefon, radio, telemetrik qurilmalar, signalizatsiya va avtomatizatsiya qurilmalarining sinovlari dalolatnomalari;
- ichki va tashqi elektr qurilmalari va elektr tarmoqlari sinovlari to‘g‘risidagi dalolatnomalari;
- portlash, yong‘in xavfsizligi va chaqmoqdan muhofaza qilish qurilmalarining sinovlari dalolatnomalari;
- seysmik xuddudlarda joylashgan (nasos stansiyalari, GESlar va boshqa) binolarni tutib turuvchi devorlari tutashuv mustahkamligi sinovlari dalolatnomalari;
- ishlarni bajarilishi ustidan loyiha tashkilotlari o‘tkazgan mualliflik nazorati jurnallari va davlat hamda nazorat organlari o‘tkazgan tekshirish va sinovlar materiallari;
- qurilish montaj ishlari sifatini tasdiqlovchi kafolat pasporti.
Gidrotexnika inshootlari pasportlarida: inshootning nomi, tayinlanishi, qurilishni boshlangan va ishlatishga topshirilgan yoki rekonstruksiya qilingan yili (sanasi), balans bahosi, xavfli shikastlanish yoki deformatsiyalari ko‘rsatilib, inshootlarning holati to‘risidagi ma’lumotlar, nazorat-inspektorlik tekshiruvlarining qisqacha natijalari, o‘tkazilgan kapital ta’mirlashlar va sh.o‘. ko‘rsatiladi. Suv omborining texnik pasportida: nomi, joylashgan o‘rni tayinlanishi, manbasi, suv yig‘uvchi havza maydoni, tartibga solinish turi, DNS hajmi, foydali hajmi, MDS, DNS va UHS (o‘lik hajm sathi) belgilari, to‘g‘onining o‘lchamlari, suvdan foydalanuvchilari ro‘yxati, balans bahosi va boshqalar belgilab qo‘yiladi. Pasportga gidrouzelning asosiy inshootlari bilan birga suv omborining bosh plani (genplan) ilova qilinadi.
Gidrotexnika inshootlarini foydalanishga qabul qilish Davlat qabul xay’ati tarkibiga: burtmachi (qurilish egasi), foydalanuvchi tashkilot, bosh pudratchi, xoqimiyat, bosh loyihachi, Davlat arxitektura va qurilish nazorati, sanitariya, yong‘in nazoratlari, tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Davlat mexnat bosh texnik inspektori, mablag‘ bilan ta’minlaydigan bank, «Davsuvxo‘jaliknazorat» inspeksiyasi, Davlat energetika nazorati, +ishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, texnologik uskunalar tayyorlangan zavodlar vakillari kiradi
Buyurtmachi yuqorida sanab o‘tilgan hujjatlarga qo‘shimcha, Davlat qabul xay’atiga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
  • - qabul qilish dalolatnomasi va ishchi xay’atlar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartarf etilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
  • - foydalanishga qabul qilinayotgan ob’ektni loyihalashda ishtirok etgan loyihalash va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari ro‘yxati;
  • - yer uchastkasi ajratish hujjatlari, qurilishni amalga oshirishga Davlat arxitektura va qurilish nazorati tomonidan berilgan ruxsatnoma;
  • - suvdan foydalanuvchilar ro‘yxati;
  • - qurilish uchun geodezik rejalash asosi, shuningdek qurilish davrida amalga oshirilgan geodezik ishlar hujjatlari;
  • - qurilish maydoni geologiya va gidrogeologiya tuzilishi, grunt va sizot suvlari taxlili natijalari bo‘yicha hujjatlar;
  • - ishchi xay’at tomonidan tuzilgan dalolatnomalar;
  • - ob’ektni ekspluatatsiya xizmati, sanitariya – maishiy ta’minlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
  • - elektr ta’minoti va aloqa komunikatsiyalari, nazorat yo‘llari bilan ta’minlanganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar;
  • - qurilishning haqiqiy narxi to‘g‘risidagi (buyurtmachi va pudratchi imzolagan) ma’lumotnoma;
  • - ishchi xay’at tayyorlagan jamlanma materiallar va hujjatlar.
  • Davlat qabul xay’ati ishchi xay’atlar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilganligini, ob’ektni foydalanishga tayyorligini tekshirib chiqadi. Ob’ektning umumiy texnologik va me’moriy-qurilish yechimlarini progressiv baholaydi, ob’ekt bahosini haqiqiy narxga mosligini tekshiradi, chetga chiqishlar bo‘lsa ularni vujudga kelish sabablarini taxlil qiladi hamda natijalarni takliflar bilan birga xay’atni tayinlagan organga taqdim etadi, lozim bo‘lsa sinovlar, tekshirishlar belgilaydi.

E’tiboringiz uchun
raxmat.
Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish