Fan : Dasturlash tillarini o’qitish metodikasi



Download 65,7 Kb.
Sana04.12.2022
Hajmi65,7 Kb.
#878661
Bog'liq
1-Mustaqil ish.


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali




1-Mustaqil ish



Fan : Dasturlash tillarini o’qitish metodikasi.


Tayyorladi : Mardiyev B. (401-AKTKT g.)
Tekshirdi : Yuldoshov A.

Samarqand-2022



Ko’rsatkich va havolalar orqali funksiya parametrlarini uzatish texnologiyasini o’rganish.
Ko‘rsatkichlar. Ko‘rsatkich - xotira uyasining unikal adresini saqlaydigan o‘zgaruvchi. Ko‘rsatkich operativ xotiradagi biron-bir o‘zgaruvchi mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan biron-bir joyni belgilaydi. Ko‘rsatkichlarning qiymatlarini o‘zgartirish, turli variantlarda qo‘llash mumkinki, bu dasturning moslashuvchanligini oshiradi.
Havolalar bilan ishlashda yana bir qulay tarafi shunda-ki, u bilan biz resurslarimizni tejab qolishimiz mumkin. Tasavvur qiling, bizda shunday katta ma’lumotlar to’plangan class bor, uni funksiyaga parametr sifatida berishimiz kerak, funksiyamiz uni ichidagilarini ekranga chiqarib beradi. Agar oddiy tarzda bersak, xotirada yana bir xuddi shunday ma’lumotlarni o’zida jamlagan class uchun joy ajratiladi, bu esa protsessor vaqti va xotiradagi joy uvol bo’ladi degani. Biz uni havola qilib bersak, uni yangidan xotiraga joylash o’rniga tayyor manzilini olamiz, const kalit so’zi yordamida uni funksiya ichidagi o’zgarishlardan saqlab qolamiz.
Dastur matnida o‗zgaruvchi e‘lon qilinganda, kompilyator o‗zgaruvchiga xotiradan joy ajratadi (dastur kodi xotiraga yuklanganda berilganlar uchun segmentning boshiga nisbatan siljishini aniqlaydi) va ob‘ekt kod hosil qilishda shu o‗zgaruvchi uchragan joyga uning adresini joylashtiradi. Umuman olganda, dastur ob‘ektlarining (o‗zgaruvchilar, funksiyalarning) adreslarini xotiraning alohida joyida saqlash va ular ustidan amallar bajarish mumkin. Qiymatlari adres bo‗lgan o‗zgaruvchilarga ko‗rsatkich o‗zgaruvchilar deyiladi. Ko‗rsatkich uch xil turda bo‗lishi mumkin: a) birorta ob‘ektga, xususan o‗zgaruvchiga ko‗rsatkich; b) funksiyaga ko‗rsatkich; v) voidga ko‗rsatgich. Ko‗rsatgichning bu xususiyatlari uning qabul qilishi mumkin bo‗lgan qiymatlari bilan farqlanadi. Ko‗rsatkich albatta birorta turga bog‗langan bo‗lishi kerak, ya‘ni u ko‗rsatgan adresda qandaydir qiymat joylanishi mumkin va bu qiymatning xotirada qancha joy egallashi oldindan ma‘lum bo‗lishi shart. Funksiyaga ko‗rsatkich dastur joylashgan xotiradagi funksiya kodining boshlang‗ich adresi ko‗rsatadi, ya‘ni funksiyaga murojaat bo‗lganda (chaqirilganda) boshqarish shu adresga uzatiladi. Funksiyaga ko‗rsatkich orqali murojaat, funksiyaga vositali murojaat hisoblanadi. Chunki, funksiyaga uning nomi bo‗yicha emas, balki funksiyaga ko‗rsatuvchi o‗zgaruvchi orqali amalga oshiriladi. Funksiyani boshqa funksiyaga argument sifatida uzatish ham funksiya ko‗rsatkichi orqali bajariladi. Funksiyaga ko‗rsatkichning yozilish sintaksisi quyidagicha: (* ) (); bunda – funksiya qaytaruvchi qiymat turi; * - ko‗rsatkich o‗zgaruvchining nomi; - funksiya parametrlarining (yoki ularning turlarining) ro‗yxati. Masalan: int (*fun)(float,float); Bu yerda fun nomidagi funksiyaga ko‗rsatkich e‘lon qilingan - funksiya butun son turida qiymat qaytaradi va u ikkita haqiqiy turdagi parametrlardan iborat. Biror ob‘ektga (shu jumladan o‗zgaruvchiga) ko‗rsatkich. Bunday ko‗rsatkichda ma‘lum turdagi (tayanch yoki hosilaviy) berilganlarning xotiradagi adresi joylashadi. Ob‘ektga ko‗rsatkich quyidagicha e‘lon qilinadi: *nom; 40 Bu yerda - ko‗rsatkich aniqlaydigan adresdagi qiymat turi bo‗lib, u maydon turidan tashqari xar qanday tur bo‗lishi mumkin. Agar bir turda bir nechta ko‗rsatkichlar e‘lon qilinadigan bo‗lsa, har bir ko‗rsatkich uchun ‗*‘ belgisi qo‗yilishi shart: int *i, j,* k; float x,*y,*z; Bu misolda i va k - butun turdagi ko‗rsatkichlar va j - butun turdagi o‗zgaruvchi, ikkinchi operatorda x- haqiqiy o‗zgaruvchi va y,z haqiqiy turdagi ko‗rsatkichlar e‘lon qilingan . void ko‗rsatkich. Bu ko‗rsatkich ob‘ekt turi oldindan ma‘lum bo‗lmaganda ishlatiladi, ya‘ni bir ko‗rsatkichda turli vaqtda har xil turdagi ob‘ektlar adresi saqlanishi mumkin. Faqat void ko‗rsatkichga har qanday turdagi ko‗rsatkichning qiymatini yuklash mumkin. Lekin, ko‗rsatilgan adresdagi qiymatni ishlatishdan oldin, uni turi aniq bir turga oshkor ravishda keltirilishi kerak. void ko‗rsatkichni e‘lon qilish kuyidagicha bo‗ladi: void *; Ko‗rsatrichni o‗zi o‗zgarmas yoki o‗zgaruvchan bo‗lishi va o‗zgarmas yoki o‗zgaruvchiga ko‗rsatiishi mumkin, masalan: int i; // butun o‗zgaruvchi const int ci=1; // butun o‗zgarmas int *pi; // butun o‗zgaruvchiga ko‗rsatkich const int *pci; // butun o‗zgarmasga ko‗rsatkich int *const cp=&i; // butun o‗zgaruvchiga o‗zgarmas-ko‗rsatkich const int * const cpc=&ci; // butun o‗zgarmasga o‗zgarmas-ko‗rsatkich Misollardan ko‗rinib turibdiki, ‗*‘ va ko‗rsatkich nomi orasida turgan const modifikatori faqat ko‗rsatkichning o‗ziga tegishli hisoblanadi va uni o‗zgartish mumkin emasligini bildiradi, ‗*‘ belgisidan chapda turgan const esa ko‗rsatgan adresdagi qiymatni o‗zgarmas ekanligini bildiradi. Ko‗rsatkichga boshlang‗ich qiymatni berish uchun ‗&‘ - adresni olish amali ishlatiladi. Ko‗rsatkich o‗zgaruvchilarning amal qilish sohasi, yashash davri va ko‗rinish sohasi umumiy qoyidalarga bo‗ysunadi. Ko‗rsatkichga boshlang‗ich qiymatlar berish (initsializatsiyalash) Ko‗rsatkichlar ko‗pincha dinamik xotira (boshqa nomi ―uyum‖ yoki ―heap‖) bilan bog‗liq holda ishlatiladi. Xotiraning deyilishiga sabab, bu sohadagi bo‗sh xotira dastur ishlash jarayonida, kerakli paytida ajratib olinadi va bu xotiraga zarurat qolmaganida qaytariladi (bo‗shatiladi) va u keyinchalik dastur tomonidan yana ishlatilishi mumkin. Bunday xotiraga faqat ko‗rsatkichlar yordamida murojaat qilish mumkin. Bunday o‗zgaruvchilar dinamik o‗zgaruvchilar deyiladi va ularni yashash vaqti yaratilgan nuqtadan boshlab dastur oxirigacha yoki oshkor ravishda bo‗shatilish joyigacha. Ko‗rsatkichlarni e‘lon qilishda unga boshlang‗ich qiymatlar berish mumkin. Boshlang‗ich qiymat (initsializator) ko‗rsatkich nomidan so‗ng yoki qavs ichida yoki ‗=‘ belgidan keyin beriladi. Boshlang‗ich qiymatlar quyidagi usullar bilan berilishi mumkin: 1. Ko‗rsatkichga mavjud bo‗lgan ob‘ektning adresini berish: adresni olish amal orqali: int i=5,k=4; // butun o‗zgaruvchilar int *p = &i; // p ko‗rsatkichga i o‗zgaruvchini adresi yoziladi int *p1(&k); // p1 ko‗rsatkichga k o‗zgaruvchini adresi yoziladi boshqa initsializatsiyalangan ko‗rsatkichni qiymatini berish: int * r=p; // p oldin e‘lon qilingan va qiymatga ega bo‗lgan ko‗rsatkich massiv yoki funksiya nomini berish: int b[10]; //massivni e‘lon qilish int * t=b; //massivning boshlang‗ich adresini berish 41 … void f(int a) { /* … */} // funksiyani aniqlash void (*pf)(int); // funksiyaga ko‗rsatkichni e‘lon qilish pf=f; // funksiyani adresini ko‗rsatkichga berish 2. Oshkor ravishda xotirani absolyut adresini berish: char *vp = (char *)0xB8000000; bunda 0xB8000000 – o‗n oltilik o‗zgarmas son va (char *) – turga keltirish amali bo‗lib, u vp o‗zgaruvchini xotirani absolyut adresidagi baytlarni char sifatida qayta ishlovchi ko‗rsatkich turiga aylantiriladi. 3. Bo‗sh qiymat berish: int *suxx = NULL; int *r=0; Birinchi satrda maxsus NULL o‗zgarmasi ishlatilgan, ikkinchi satrda 0 qiymat ishlatilgan. Ikkala holda ham ko‗rsatkich hech qanday ob‘ektga murojaat qilmaydi. Bo‗sh ko‗rsatkich asosan ko‗rsatkichni aniq ob‘ektga ko‗rsatyotganligi yoki yo‗qligini aniqlash uchun ishlatiladi. 4. Dinamik xotirada new amali bilan joy ajratish va uni adresini ko‗rsatkichga berish: int * n =new int; // birinchi operator int * m =new int(10); // ikkinchi operator int * q=new int [10]; // uchinchi operator Birinchi operatorda new amali yordamida dinamik xotirada int uchun yetarli joy ajratib olinib va uning adresi n ko‗rsatkichga yuklangan. Ko‗rsatkichning o‗zi uchun joy kompilyatsiya vaqtida ajratiladi. Ikkinchi operatorda joy ajratishdan tashqari m adresiga boshlang‗ich qiymat - 10 sonini joylashtiradi. Uchinchi operatorda int turidagi 10 element uchun joy ajratigan va uni boshlang‗ich adresi q ko‗rsatkichga berilayapti. Bu misolda, aniqrog‗i massivga joy ajratilib, unga q nomi berilgan bo‗lib, keyinchalik shu nom orqali massiv elementlariga murojaat qilish mumkin. Xotira new amali bilan ajratilgan bo‗lsa, u delete amali bilan bo‗shatilishi kerak : delete n; delete m; delete [ ] q; Agarda xotira new[] amali bilan ajratilgan bo‗lsa, uni bo‗shatish uchun delete [] amalini o‗lchovi ko‗rsatilmagan holda qo‗llash kerak. Xotira bo‗shatilganligiga qaramasdan ko‗rsatkichni o‗zini qayta ishlatish mumkin. Ko‗rsatkich ustidan amallar Ko‗rsatkich ustidan quyidagi amallar bajarilishi mumkin: 1) ob‘ektga vositali murojaat qilish amali; 2) qiymat berish amali; 3) ko‗rsatkichga konstanta qiymatni qo‗shish; 4) ayirish amali; 5) inkrement va dekrement amallari; 6) solishtirish amali; 7) turga keltirish amali. Vositali murojaat qilish amali: Bu amal ko‗rsatkichdagi adres bo‗yicha joylashgan qiymatni olish yoki qiymat berish uchun ishlatiladi: shar a; // char turidagi o‗zgaruvchi e‘loni shar *p =new char; // ko‗rsatkichni e‘lon qilinib, unga dinamik // xotiradan ajratilgan xotiraning adresi berish *p=‘b‘; // p adresiga qiymat joylashtirish 42 a =*p; // a o‗zgaruvchiga p adresiga qiymatni berish Shuni qayd qilib o‗tish kerakki, xotirani bitta joyining adresini bir paytni o‗zida bir nechta va turli turdagi ko‗rsatkichlarga berish mumkin va murojaat qilganda har xil qiymatlar olish mumkin: unsigned long int A=0Xcc77ffaa; unsigned short int* pint = (unsigned short int*) &A; unsigned char* pshar=(unsigned char *) &A; cout<<<*pint<<) qiymatiga o‗zgaradi. Agar ko‗rsatkichning qiymati k o‗zgarmas qiymatga oshirilsa yoki kamaytirilsa, u k* sizeof() qiymatiga o‗zgaradi. Masalan short int *p=new short [5]; long * q = new long [5]; p++; // p qiymati 2 oshadi q++; // q qiymati 4 ga oshadi q+=3; // q qiymati 3*4=12 oshadi Ko‗rsatkichlarning ayirmasi deb, ular ayirmasining tur o‗lchamiga bo‗linishiga aytiladi. Ko‗rsatkichlarni o‗zaro qo‗shish mumkin emas. Murojaatlar Murojaatlar e‘londa ko‗rsatilgan nomning sinonimi sifatida ishlatiladi, yani bitta o‗zgaruvchiga xar xil nom bilan murojaat qilish mumkin. Murojaatni doimiy qiymatga ega bo‗lgan ko‗rsatkich deb qarash mumkin xam bo‗ladi. Murojaat quyidagicha e‘lon qilinadi: & ; Bu yerda – murojaat ko‗rsatuvchi qiymatning turi, ‗&‘ belgisi, undan keyin yozilgan - murojaat turidagi nom ekanligini bildiruvchi operator. Boshqacha aytganda ‗&‘ belgisiga adresni olish amali deyiladi. 43 Misol: int kol; int & pal=kol; // pal murojaati - kol o‗zgaruvchisining alternativ nomi const char & cr=‘\n‘; // cr – konstantaga murojaat Murojaatni ishlatishda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak: murojaat, funksiya parametri sifatida ishlatilgan, extern bilan tavsiflangan va sinf maydoniga murojaat qilgan hollardan tashqarida barcha holatlarda boshlang‗ich qiymatga ega bo‗lishi kerak. Murojaat asosan funksiyalarda adres orqali uzatiluvchi parametrlar sifatida ishlatiladi. Murojaatni ko‗rsatkichdan farqi shundaki, u alohida xotira egallamaydi u faqat o‗zgaruvchining boshqa nomi sifatida ishlatiladi. S
Download 65,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish