4. O’rganilgan nazariy bilimlarni sinovdan o’tkazish (“Tushunchalar tahlili” texnologiyasi asosida). Namuna:
TUSHUNCHA
|
TUSHUNCHALAR TAHLILI
|
Ko’chirma gap
|
Birovning aynan keltirilgan gapi ko’chirma gap deyiladi. Ko‘chirma gaplarning uslubiy-tasviriy imkoniyatlari juda katta. O‘zganing hech bir o‘zgarishsiz, aynan beriladigan gapi, ayniqsa, badiiy asarda qahramon qiyofasini chizishda, to‘laqonli obraz yaratishda, turli ruhiy holatlarni tasvirlashda alohida o‘rin tutadi. Ko‘chirma gapning muallif gapi bilan xilma-xil munosabatlarida aniq va ifodali tasvir yuzaga keladi. Ko‘chirma gap muallif gapi bilan birgalikda o‘ziga xos qo‘shma gap turini tashkil etadi. Badiiy uslubdagi tasvir maqsadiga uyg‘un avishda bu qo‘shma gap sodda gapga aylantirilishi ham mumkin. Masalan: Men O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga a’zo bo‘ldim, – dedi mamnunlik bilan do‘stim.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |