Moddiy-iqtisodiy asoslar. Eski, sobiq ittifoq davridagi iqtisodiyot yangi mazmundagi falsafani shakllantirish uchun asos bo’la olmas edi. Istiqlol yillarida bu sohada nihoyatda katta o’zgarish ro’y berdi, mulkchilikning xilma-xil shakllari vujudga keldi. Iqtisodiy plyuralizm va bozor munosabatlari bunda bosh yo’nalish qilib olingan bo’lsa-da, aholini ijtimoiy himoyalash ustuvor jihat sifatida belgilandi. Ana shularning barchasi mamlakatimizda ma’naviy, jumladan falsafiy yangilanish borasida ham tub o’zgarishlarning iqtisod bilan bog’liq asoslarini yaratish imkonini berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |