ko`rgazma
2- ko`rgazma
3-ko`rgazma
Falsafiy katеgoriyalar tavsifi:
1. Ob’yеktiv voqеliklikning in'ikosi.
2. Narsa va hodisalarning o`zaro bog’lanishi va aloqadorligini mantiqiy umumlashtiruvchi bilish usuli.
3. Narsa va hodisalarning rivojlanishi bilan o`zgarib turuvchi mantiqiy tushuncha.
4. Borliqning mavjudligidan kеlib chiqadigan tarixiy-mantiqiy bilish darajalaridan biri.
|
4-ko`rgazma
«Falsafa» atamasining kelib chiqishi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha phileo – sevaman va sophia – donolik so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, donolikka muhabbat manosini anglatadi. Falsafa so‘zini qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, ananalar orqali) avloddan avlodga o‘tuvchi bilimni inson o‘z aqliga tayanib, mushohada yuritish va tanqidiy fikrlash yo‘li orqali olishi mumkin bo‘lgan bilimdan farqlash maqsadida ishlatgan.
Pifagor va qadimgi davrning boshqa faylasuflari donolikka davo ham qilmaganlar, zero, o‘sha davrda keng tarqalgan tasavvurga ko‘ra, haqiqiy donishmandlik ajdodlardan meros qolgan, asrdan asrga o‘tib kelayotgan afsonalar, din va rivoyatlarda mujassamlashgan. Donishmandlar deb, asrlar sinovidan, eng so‘nggi haqiqat manbai sifatidagi bilimlarga ega bo‘lgan bashoratgo‘ylar, kohinlar va oqsoqollar etirof etilgan. Ularning so‘zlari birdan-bir to‘g‘ri deb qabul qilingan. Faylasuf esa, ularning fikriga ko‘ra donishmandlik muxlisi bo‘lishi, e’tiqod sifatida qabul qilingan tayyor haqiqatlarga emas, balki o‘z aqliga tayanib, ijodiy yo‘l bilan, shuningdek boshqa faylasuflar tomonidan olingan bilimlar va tajribadan foydalangan holda maqsadga intilishi lozim bo‘lgan.
Biroq, insonning dunyo va o‘ziga bunday munosabati darhol yuzaga kelgani yo‘q. Insonning tabiatga qarshilik ko‘rsatish, ishlab chiqarish vositalarini yaratish va ko‘paytirish qobiliyatlari rivojlangunga va o‘sgunga, buning natijasida etarli tajriba va bilimlar to‘plangunga, odamlar aqli ko‘p sonli savollarga javob izlash uchun etarli darajada yuksalgunga qadar insoniyat uzoq va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgan. SHu bois falsafaning mohiyatini, shuningdek uning paydo bo‘lish sabablari va sharoitlarini tushunish uchun gapni inson dunyoqarashidan boshlash lozim. Nima uchun? Shuning uchunki, falsafa dunyoqarashning asosiy tarixiy shakllaridan biri hisoblanadi. Falsafa haqida gapirish – inson dunyoqarashi, uning oqilona fikrlash qobiliyati haqida, binobarin, uning mohiyati va Erda hayot paydo bo‘lish tarixi haqida gapirish demakdir. Bu erda biz hali kam o‘rganilgan murakkab muammolarga duch kelamiz, zero insonning kelib chiqishi odamlar doim javobini topishga harakat qilgan buyuk jumboqlardan biri hisoblanadi. Ammo bilimning bu sohasida echilmagan muammolar bugungi kunda ham bisyor. Xususan, inson nima uchun, qaerdan, qaysi sabablarga ko‘ra paydo bo‘lgan, degan savolga aniq, umumiy etirof etilgan javob hanuzgacha mavjud emas. Shuningdek, aql faqat insonga xosmi yoki uning inson borlig‘ida mavjudligi obektiv borliqning bir parchasi, ayrim hodisasimi?, degan savol ham hali o‘z javobini topganicha yo‘q.
Mutaxassislar fikricha, insonda ong paydo bo‘lib, ijtimoiy mavjudot sifatida uzil-kesil shakllanganidan beri, uning asosiy xususiyatlarida jiddiy o‘zgarishlar yuz bergani yo‘q, yani u hozirgi odamlardan deyarli farq qilmaydi. Ong paydo bo‘lishi esa, ilmiy tasavvurlarga muvofiq, inson tarixiy rivojlanishining odam miyasi o‘sib borayotgan mehnat faolligi va verbal (nutq orqali) muloqot tasirida o‘ta rivojlanib, murakkab mavhumliklarni tushunadigan darajaga etgan davri bilan bog‘lanadi. SHunday qilib, inson tushunchalarga tarif berish, mulohazalar bildirish va mushohadalar yuritish yo‘li bilan sodda, lekin tom manoda aqliy ish olib bora boshladi.
Dunyoqarashning mohiyati, tuzilishi va funksiyalari. Hayot tajribasi va empirik bilimlar asosida shakllanadigan dunyoqarash oddiy dunyoqarash deb ataladi va insonning dunyo haqidagi tasavvurlarining tizimsiz majmui sifatida amal qiladi. U har qanday dunyoqarashning negizi hisoblanadi va odamlarga kundalik hayoti, faoliyatida yo‘l ko‘rsatib, ularning xulq-atvori, aksariyat qilmishlarini belgilab, muhim regulyativ funksiyani bajaradi.
Keng manoda, dunyoqarash – insonning o‘zini qurshagan borliqqa va o‘zo‘ziga nisbatan yondashuvlar tizimi, shuningdek uning mazkur yondashuvlar bilan belgilangan hayotiy ideallari, e’tiqodlari, bilish va faoliyat tamoyillari, qadriyat va mo‘ljallaridir.
Shu tariqa tariflanadigan dunyoqarash faqat insonga xos bo‘lib, bu unda shakllangan ong va oqilona faoliyat mavjudligi bilan bog‘liqdir. Bunda inson nafaqat tushunchalar yaratish va mulohaza yuritish, xulosalar chiqarish va qoidalarni tariflash qobiliyatini kasb etadi, balki tayyor bilimdan yangi bilim olish uchun foydalana boshlaydi.
Dunyoqarashning shakllanishiga ijtimoiy muhit tasir etadi. Aql paydo bo‘lishi bilan inson o‘zini fikrlovchi mavjudot sifatida anglay boshlaydi, unda o‘z «meni» va o‘zgalar haqida tasavvuri shakllanadi va rivojlanadi. Shu tariqa u o‘zini va o‘zini qurshagan borliqni anglaydi, o‘zi va boshqa odamlarni, o‘zi va tashqi muhitni farqlaydi, ilgari o‘ziga malum bo‘lmagan dunyoning yangi va yangi jihatlarini idrok etadi. Bunday qarashlar insonning o‘zi va o‘zini qurshagan borliq haqidagi tasavvurlari majmui sifatida shakllanadigan dunyoqarash negizini tashkil etadi. Bunda inson o‘ziga maqul va nomaqul narsalarni farqlaydi, baholar beradi, ustuvorliklar tizimini yaratadi va muayyan maqsadlarga erishishda tegishli tarzda ish ko‘radi.
Dunyoqarashning tuzilishi - dunyoni sezish, dunyoni idrok etish va dunyoni tushunish kabi eng muhim elementlardan iborat.
Dunyoni sezish – bu o‘zini qurshagan dunyoni sezgilar yordamida hissiy idrok etish bo‘lib, bunda tuyg‘ular, kayfiyat dunyoni go‘yoki ranglarga bo‘yaydi, uning obrazini subektiv, sof individual sezgilar orqali aks ettiradi. Masalan, bemor odamga haddan tashqari yorug‘ bo‘lib tuyulishi mumkin bo‘lgan nur, sog‘lom odam uchun normal bo‘ladi; daltonik ranglar gammasini, ko‘rish qobiliyati normal bo‘lgan odamga qaraganda butunlay boshqacha idrok etadi. Bundan dunyoni sezishning har xil, xususan optimistik, pessimistik, fojeaviy tiplari kelib chiqadi.
Dunyoni idrok etish – bu atrof borliqni ideal obrazlarda tasavvur qilishida namoyon bo‘ladi. Dunyoni idrok etish to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lishi, yani borliqqa mos kelmasligi mumkin. Bu holda borliq noto‘g‘ri tasavvur qilinadi yoki illyuziyalar, suv parilari, alvastilar, kentavrlar haqidagi tasavvurlarga o‘xshash fantaziyalar paydo bo‘ladi.
Dunyoni tushunish – insonning va uni qurshagan dunyoning mohiyatini aniqlash, shuningdek tabiatda yuz beruvchi voqea va jarayonlarning o‘zaro aloqalarini tushunishga qaratilgan aqliy-bilish faoliyatidir.
Dunyoni sezish va qisman (elementar shakllarda) dunyoni idrok etish barcha tirik mavjudodlarga xos bo‘lsa xos bo‘lsa, dunyoni tushunish esa faqat insongaga xos xususiyatdir.
Dunyoqarashda bilish, qadriyatlarga munosabat va xulq-atvorni belgilash funksiyalari mujassamlashadi.
Dunyoqarashning bilish funksiyasi insonda qiziqish uyg‘otuvchi barcha savollarni, shuningdek muayyan javoblarni o‘z ichiga oladi. Bilish odamlar dunyoqarashini boyitadi va kengaytiradi, u jamiyatning rivojlanishiga qarab yanada teranroq va mazmunan boyroq bo‘lib boradi.
Dunyoqarashning qadriyatlarga munosabat funksiyasi – insonnning hayotni va o‘zini oliy qadriyat deb hisoblagan holga shakllanadi. Zero, o‘z qadrini bilmagan inson o‘zgalar qadrini bilmaydi va hayotda o‘z o‘rnini topa olmaydi.
Dunyoqarashning xulq atvorni belgilash funksiyasi – insonda o‘z-o‘zini tarbiyalash, manaviy madaniyatini takomillashtirish va faqat o‘zining manaviy dunyosiga munosib muhit tanlash malakalarini shakllantiradi..
Shu bois, muammolarga nisbatan muayyan tarzda yondashadigan har bir odamning dunyoqarashi, savollari va javoblari doim shaxsiy o‘ziga xoslik bilan ajralib turadi va hech bo‘lmasa shu sababga ko‘ra boshqa odamlar dunyoqarashiga hech qachon o‘xshamaydi.
Dunyoqarashning intellektual, emotsional va ruhiy asoslari uzviy bog‘liq bo‘lib, ular har bir inson uchun mutlaqo muayyan, individual xususiyatlar sifatida amal qiladi.
Intellektual, emotsional va ruhiy asoslar iroda bilan uyg‘unlikda e’tiqodlar – odamlar faol qabul qiladigan, ularning ong darajasi va hayotdagi mo‘ljallariga mos keladigan qarashlarni yuzaga keltiradi.
Dunyoqarashga subektning yoshi, jismoniy va ruhiy holati, fel-atvori xususiyatlari, odatlari va e’tiqodlari, shuningdek milliy madaniyat tipi, etnos xususiyatlari va ijtimoiy-madaniy omillar o‘z tasirini ko‘rsatadi. Dunyo haqidagi tasavvurda obektiv va subektiv tomonlarni ajratish ham o‘rinli bo‘ladi.
Dunyoqarashning shakllanishi jarayonida subektning e’tiqodlari, qilmishlari va harakatlari majmui vujudga keladi. Dunyoqarashda inson va insoniyat o‘zligini namoyon etadi. Dunyoqarash inson xulq-atvori, uning barcha harakatlari va qilmishlari uchun fikrlash maydoni sifatida amal qiladi. Dunyoqarashning mental mezoni sifatida ongda ishonch va e’tiqod maydonga chiqadi. Dunyoqarash umumiy va shaxsiy ahamiyatga molik mo‘ljal tarzida namoyon bo‘lishi mumkin.
Dunyoqarashda hayotga oid, mifologik, diniy, badiiy, siyosiy, ilmiy qarashlar o‘rin oladi.
Dunyoqarash amaliy va nazariy darajalarda amal qiladi. Dunyoqarashning amaliy darajasi stixiyali tarzda shakllanadi va unda dunyoning manzarasi hayot haqidagi tipik tasavvurlar to‘plami namoyon bo‘ladi. Bu to‘plam kundalik hayotda ayniqsa ko‘p uchraydigan vaziyatlardan, mazkur muhitga xos bo‘lgan ko‘nikmalar, munosabatlar va odatlardan tarkib topadi. Bunday dunyoqarashga uning egasiga xos bo‘lgan kasbiy mo‘ljallar ayniqsa kuchli tasir ko‘rsatadi. Xulq-atvor reaksiyalari tipining shakllanishida subektning kasb-kori (amaldor, savdo xodimi, ofitser, uy bekasi, shifokor va h.k.) hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Oddiy dunyoqarash egasi dunyoga munosabatning o‘z muhitiga ayniqsa xos bo‘lgan andozalarini umumlashtirib, ularni harakatlar va qarashlarning o‘zgartirish oson bo‘lmagan muayyan mezoniga aylantiradi. “Oddiy dunyoqarash” kategoriyasining sinonimlari sifatida “kundalik dunyoqarash”, “amaliy dunyoqarash”, “noilmiy dunyoqarash” tushunchalari amal qiladi.
Dunyoqarashning nazariy darajasi voqelikning bevosita inikosi emas, balki dunyo haqidagi ideallar va konseptual modellar majmuidir. Aynan ideallar dunyoqarashni – kelajakni shakllantiruvchi va belgilovchi ideal kuch sifatida tavsiflaydi. Nazariy darajaning izchil rivojlanishi insonda amalda mavjud bo‘lgan dunyoqarashning boshqa qatlamlarini, xususan mifologik dunyoqarash qoldiqlari yoki kundalik dunyoqarash unsurlarini inkor qilmaydi. Nazariy dunyoqarash asrlar davomida individning ijtimoiylashuvi jarayonining mahsuli hisoblanadi. Bunda individ o‘zining voqelikka bo‘lgan munosabatida jamiyatdan olinadigan nematlarni bevosita o‘zlashtirishdan tarixiy bunyodkorlik va insoniy qadriyatlar mazmunini tushunishga qadar bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi.
Shunday qilib, dunyoqarashning har bir darajasi inson hayot faoliyatida o‘z vazifalarini hal qiladi. Ularning ahamiyati va o‘ziga xosligi ham shundadir. Tanqid faqat u yoki bu (diniy, oddiy, pragmatik yoki ssientistik) dunyoqarash universallikni asossiz ravishda davo qilgan holda o‘rinli bo‘ladi.
Shubha dunyoqarashning muhim elementi bo‘lib, u insonni dogmatizm, yani biryoqlama, notanqidiy fikrlash, u yoki bu qoidani shak-shubhasiz haqiqat deb qabul qilishdan asraydi. Dogmatizmning qarama-karshisi skeptitsizm bo‘lib, bunda shubha mutlaqlashadi, fikrlashning asosiy omiliga aylanadi, bilish va borliqni idrok etishning bosh tamoyili sifatida amal qiladi.
Dunyoqarashning tarixiy shakllari. Tarixan dunyoqarashning dastlabki shakllari mif va din, falsafa va fan bo‘lib, bu hol insoniyat tadrijiy rivojlanishining umumiy mantiqi bilan mushtarakdir.
Mifologik dunyoqarash -turli xalqlarning dunyoning kelib chiqishi, tabiat hodisalari, fantastik mavjudotlar, xudolar va qahramonlarning ishlari haqidagi tasavvurini ifodalovchi muayyan tarzda tizimga solingan dunyoqarashdir. («Mif» tushunchasi yunoncha mythos so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, afsona, rivoyat degan manoni anglatadi). Mifda bilimlar, diniy e’tiqodlar, manaviy madaniyatning turli elementlari, sanat, ijtimoiy hayot kurtaklari birlashgan bo‘lib, shu tariqa ibtidoiy odamlar dunyoqarashi muayyan darajada tartibga kelgan, ularning dunyo haqidagi qarashlari esa qisman tizimga solingan. Mazkur tizimga solishning muhim shakllari epos, ertaklar, afsonalar, rivoyatlar bo‘lib, miflar avvalo ular orqali ifodalanadi. Shu tariqa to‘plangan bilimlar va tajriba keyingi avlodlarga o‘tishi ham taminlanadi.
Mifologik dunyoqarashning o‘ziga xos xususiyati shundaki, bu oddiy rivoyat emas, balki og‘zaki «muqaddas» matnning arxaik ongdagi voqea-hodisalarga, insonga va u yashayotgan dunyoga tasir ko‘rsatuvchi muayyan borliq sifatidagi inikosidir. Mifologik dunyoqarashda hamma narsa bir, yaxlit, ajralmasdir; tabiat narsalari va hodisalari inson bilan ayni bir qonunlarga muvofiq yashaydi, inson bilan bir xil sezgilar, istaklar, mayllarga ega bo‘ladi.
Mifologik dunyoqarashda olam makon va vaqtda bir vaqtning o‘zida chekli va Cheksiz dir. Masalan, makon bu erda umumiy Cheksiz makondan va ayni vaqtda katta makonga o‘xshash ko‘p sonli chekli kichik makonlardan iborat. Umumiy
Cheksiz vaqt davriy bo‘lib, o‘zini katta vaqtga o‘xshash kichik vaqtlar sifatidagi o‘z sikllarida takrorlaydi. Umuman olganda, mifologik dunyoqarashda katta olam doirasida dunyolarning Cheksiz rang-barangligi yuzaga keladi va har bir dunyo o‘z makoni va vaqtiga ega bo‘ladi.
Mifologik dunyoqarashga ko‘ra odamlar yashaydigan dunyo «barcha tomondan» boshqa dunyolar bilan qurshalgan. Bu dunyolarning o‘z aholisi, o‘z qonun-qoidalari, o‘z maqsadlari bor. Bu dunyolarning hammasi odamlar dunyosi bilan u yoki bu darajada bog‘langan. Boshqa dunyolarning ko‘pgina kuchlari va mohiyatlari odamlar yashaydigan dunyoga kiradi va insonga faol tasir ko‘rsatishi, xususan unga yordam yoki xalaqit berishi mumkin. (bugungi kunda ushbu qarashlarni isbotlash uchun koinotni o‘rganmoqda). SHu sababli inson o‘zi yashaydigan dunyoda o‘z maqsadlariga erishish uchun boshqa dunyolar haqida mumkin qadar ko‘proq bilishi va shu dunyolardan kelgan kuchlarga tasir ko‘rsatish, ular bilan til topishni bilishi kerak. Bir vaqtning o‘zida ham odamlar dunyosida, ham undan tashqarida – bir dunyodan boshqa dunyoga o‘tish va har bir dunyoga chetdan nazar tashlash imkonini beruvchi umumiy dunyoda yashashi lozim. SHu sababli inson, dunyoning mifologik manzarasidagi har qanday obekt kabi, ikki tomonga ega bo‘lgan asosdir.
O‘zining bir tomoni («tanasi») bilan inson o‘zining kichik dunyosida, boshqa tomoni («joni») bilan u barcha dunyolar o‘rtasida yashaydi. Mifologik dunyoqarashda barcha obektlar jonli bo‘ladi, shu bois bu erda hatto toshlar bilan ham ehtiyot bo‘lib muomala qilish talab etiladi, aks holda ularning g‘azabiga duchor bo‘lish mumkin. Barcha dunyolar va ularda mavjud mohiyatlar turli dunyolarda amalda bo‘lgan har xil qonun-qoidalarga bo‘ysunadi. Masalan, daryodan o‘tish uchun avval undan ruxsat so‘rash kerak, ovchi otgan tosh nishonga tegishi uchun avval tosh bilan kelishish yoki uni o‘z xohish-irodasiga bo‘ysundirish lozim, aks holda tosh hech qachon nishonga tegmaydi. Daryo, tosh, tog‘, bulut – bularning hammasi jonli mavjudotlar yoki ularning ko‘rinishlari va ularning barchasiga jonli mavjudotlar sifatida yondashish: so‘rash, tahdid qilish, jalb etish, xizmat qilish kerak. Insonga tasir o‘tkazish uchun bu odam nimadan qo‘rqishi va nimani yaxshi ko‘rishini, u nimaga sajda qilishi va nimani yomon ko‘rishini bilish lozim, shunda unga yaxshi ko‘rgan narsasini taklif qilish yoki qo‘rqadigan narsasi bilan qo‘rqitish, bu odamga tasir o‘tkazishga harakat qilish mumkin. Ayni shu harakatlar har qanday dunyoda yashaydigan barcha tirik jonzotlarga nisbatan ham o‘rinlidir. Hatto odamlar va boshqa mohiyatlarni boshqaruvchi qonunlar ham tirik mavjudotlarning alohida turi bo‘lib, ular bilan ham yo til topish, yo ular ustidan g‘alaba qozonishga harakat qilish mumkin. Butun dunyo – rang-barang mavjudotlar o‘z maqsadlariga erishishga harakat qiladigan katta jang va kurash maydonidir. Ularning barchasi dunyoning buyuk Qonuni (Qismat)ga bo‘ysunadi, biroq bu Qonunning o‘zi ko‘p sonli kichik qonun-taqdirlarga bo‘linadi, yani har bir mavjudotning o‘z qonuni - taqdiri bo‘ladi. Qonun-taqdir har kimni muayyan yo‘lga boshlaydi va har kim o‘z Qismatiga bo‘ysunadi. Bu hol toki mavjudot o‘z taqdiridan yuksalgunga yoki uni enggunga qadar davom etadi.
Mifologiyada dunyoning mazmuni o‘z Qismatini engishdan iborat bo‘lib, bu erda ikki yo‘l bor. Bir yo‘l juda uzoq va ko‘pchilik uchun mo‘ljallangan bo‘lib bu o‘z taqdiriga to‘la bo‘ysunish va uning barcha talablarini bajarish orqali uni engish yo‘lidir. Boshqa yo‘l qisqa bo‘lib, undan kamdan-kam odam borishi mumkin – bu o‘z taqdirini engib, yangi, oliyroq taqdirga sazovor bo‘ladigan va shu zahoti u bilan ham jangga kirishadigan qahramon yo‘lidir.
Mifologiyada aql-idrok va tasavvur ayniydir, deb aytish mumkin. Tushunchalardan xoli aql-zakovat emotsiyalar hukmi ostiga tushib qoladi. SHu sababli dunyoning mifologik manzarasida biron-bir fikrni empirik darajada tekshirish mumkin emas, tabiat hodisalari esa tirik mavjudotning xatti-harakatlariga qiyosan idrok etiladi. Mifda ota, oqsoqol hukmi va qaror topgan ananalar muhim rol o‘ynaydi. Rivoyat va uning mazmuniga nisbatan bunday munosabat zamirida e’tiqod, borliqni bevosita, emotsional idrok etish yotadi. Mifologik dunyoqarash dunyoni yaxlit tushunish bo‘lib, unda shubhaga o‘rin yo‘qdir. Masalan, Zaroastrizm mifologiyasida dunyo yaxshilik xudosi Axuramazda va yomonlik xudosi Axrimanning doimiy ziddiyatida rivojlanadi, Maya qabilalari miflarida Ketsalkoatl Xudosi dunyoning yaratuvchisi. Vikinglar mifologiyasida dunyoning paydo bo‘lishi asosida olov va muzlikning to‘qnashishi g‘oyasi yotadi. To‘qnashuv oqibatida Ivir xudosi paydo bo‘lib, uning sochlaridan o‘simlik dunyosi, tomiridagi qondan daryo va dengiz suvlari, qovirg‘asidan ayol, mushaklaridan erkak paydo bo‘lgan. (Bu hozirgi davrdagi olamnnig yaralishiga oid katta portlash g‘oyasi bilan ayniy). Vikinglar mifologiyasi ham ko‘p xudolilikka asoslangan.
Qadimgi Misrning borliq suvli xaosdan bino bo‘lgani haqida hikoya qiluvchi kosmogonik miflarida ham zoomorfizm izlariga duch kelish mumkin. Unda Xudo u yoki bu hayvon shakl-shamoyilida gavdalantirilgan. Donishmandlik Xudosi – Tot ibis obrazi (issiq mamlakatlarda yashaydigan, laylakka o‘xshash uzun oyoq qush) bilan bog‘langan, boshi va tumshug‘i qushnikiga o‘xshash odam qiyofasida tasvirlangan. Bu erda xudoning zoomorf alomatlari antropomorf belgilar bilan birikkan.
Do'stlaringiz bilan baham: |