Olam haqidagi diniy tasavvurlar uning kelajagi, yaratilishi yoki utmishiga oid murakkab masalalarni, asosan, iloxiy qudratning xosilasi sifatida talqin etadi. Dinda olamni «bu dunyo» — utkinchi olam va «narigi dunyo» — abadiy olamga ajratib tushuntirishadi. Bu dunyodagi mashakqatlari evaziga odam narigi dunyoda Rohat-farog`atga muyassar bo`ladi, degan G`oyaga asoslaniladi.
Fan olam to`g`risida o`ziga xos fikr yuritadi. Unda olamga oid murakkab masalalarni amaliy tajribalardan kelib chiquvchi mantiqiy dalillar asosida isbotlashga o`riniladi. Mavjud ilmiy mantiq doirasidan chetga chiquvchi hodisalar esa izohlanmaydi. Ayrim ajoyibot hodisalarining fan tadqiqot ob’ektiga kiritilmaganining sababi ana shunda.
Falsafa olamni izohlashda fanning, dinning, san’at va adabiyotning, xullas, fan bilan birgalikda boshqa xilma-xil bilimlarga tayanib, umumlashgan xulosalar chiqaradi. Demak, falsafadagi olam tushunchasi kosmologiyadagi, dindagi va boshqa bilim soxalaridagi olam tushunchalariga nisbatan boyrok, sermazmunrok va kengrokdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |