Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari Reja



Download 1,93 Mb.
bet16/122
Sana17.07.2021
Hajmi1,93 Mb.
#121594
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   122
Bog'liq
Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vaz

Boboraxim Mashrab (1640-1711) Namanganda tavallud topadi. U Mulla Bozor Oxunddan diniy-tasavvufiy ta’limot sirlarini o`rganadi. Keyinchalik esa qoshqarlik Ofok Хojaga muridlik qiladi, 1675 yilda Namanganga qaytadi. Mashrab o`zining keyingi hayotida Yaqin va O`rta Sharq mamlaqatlarining ko`p joylarida xususan, Тoshkent, Тurkiston, Samarkand, Buxoro, Andijon, Хujand, Badaxshon va boshqa yerlarda bo`ladi. U umrining oxirida Balxda bo`lib, Јundo`zda Maxmud Qatog`on tomonidan qatl qilinadi.

Mashrab G`azal va ruboiylarida iloxiy sevgi, ya’ni Olloxga muxabbatni tasvirlaydi. Mashrab tasavvufning qalandarlik tariqatini tanlaydi, xalqni ezgulikka, insof va diyonatga, to`g`rilikka chaqiradi. Umuman olganda, shoir islom akidalarini inkor etmagani holda, uning ba’zi qoidalari muqaddasligiga gumonsirab qaraydi. Bo`lar ayniqsa, Mashrabning ro`za, jannat, do`zax, namoz, makka, ka’ba to`g`risidagi she’rlarida namoyon bo`ladi.

Mashrabning ijtimoiy-siyosiy va axloqiy qarashlarida xukmdorlarni insofga, xalqqa yordam berishga da’vat etish yotadi. Insoniylik, pok muxabbatni kuylash, kishilarni do`stlikka, vafodorlikka chaqirish, takabburlik va yolKon so`zlashdan saqlanish, nasl-nasabga ishonmaslik, imon-e`tiqodini sotmaslik, ota-onani hurmat qilish kabi G`oyalar Mashrab dunyoqarashining mag`zini tashkil qiladi.

Mashrab murakkab, qarama-qarshiliklarga boy davrda yashadi. Bu hol uning dunyoqarashida ham bilinib turadi. U bir tarafdan adolatli jamiyat, insonning go`zal fazilatlari haqida fikr yuritsa, ikkinchi tomondan yaxshi jamiyatga erishib bo`lmasligi haqida gapirib, umidsizlikka, tarkidunyochilikka beriladi. Bo`lardan qat’i nazar, uning ajoyib she’rlari va undagi G`oyalar hozir ham o`z kimmatini yo`qotgani yo`q.

O`zining ijtimoiy-falsafiy fikrlari bilan Markaziy Osiyo madaniyatiga katta ta’sir ko`rsatgan shoir va faylasuf Mirza Abdulqodir Bedildir (1644-1721). Mirza Bedil ilmning ko`p soxalari, xususan falsafa, adabiyot, san’atshunoslik buyicha ijod qildi. U xind, arab, eron, ko`plab Osiyo xalqlarining ilmiy merosini chuqur o`zlashtirgan yetuk olimdir. Bo`lardan tashqari, Mirza Bedil Sa’diy, Attor, Jomiy, Хofiz, Navoiylarning she’riyati, dunyoqarashini puxta bilgan.

Uning muxim asarlari «Chor unsur», «Irfon», «Ruboiyot», «o’azaliyot» va boshqalardir. Vaxdati-mavjud oqimi tarafdorlari tabiatning abadiyligini materiya va ruxning birligini tan olib, xudoni olamning o`zida deb biladilar. Mirza Bedil ana shu ta’limot tarafdori edi. Bedil o`zining «Chor unsur», «Irfon» asarlarida hamma narsalarning asosida xavo yotadi, deb xisobladi.

Uningcha, xavo abadiy, mutloq, harakatchan, o`zgaruvchan, rangsiz va yengildir. U yuqori va quyi tomon harakat qiladi. U ruxlar to`g`risida so`z yuritib, noziq bug`-buxori latif xavodan kelib chiqib, tabiiy rux, nabotot ruxi, inson ruxi, xayvoniy ruxni paydo qiladi, deydi. Хullas, u tabiatni ruxlantiradi, ruxlar moddiy dunyodan tashqarida emasligini aloxida ta’kidlaydi.

Mirza Bedil bilish haqida fikr yuritar ekan, bilishning birinchi bosqichi xis-tuyg`ular bilan bog`liqligini, bilishda inson tafakko`rining qudrati kuchli ekanligini yozadi. Bedil inson o`z qilmishlari, xatti-harakatida erkindir, degan qoidani hayotiy misollar orqali asoslab berishga intiladi, mehnat va xunarni, ilm va kasb egallashni ulug`laydi.

Ma’lumki, tanosux-ruxning kuchib yurishiga ishonish usha davrda Хindistonda keng tarqalgan edi. «Хindlarning tasavvuricha, — deydi Bedil, — rux butunlay mustaqil holatda mavjuddir va har bir narsaga, jismlarga o`tish — kuchish qobiliyatiga ega». Shuni aloxida ta’kidlash joizki, Bedil tanosux nazariyasining xaqiqiy mohiyatini ochishga o`ringan.

Mirza Bedil ijtimoiy-siyosiy qarashlarida jamiyat, inson, davlat va uning kelib chiqishi, uni boshgarish yo`llari, dehqonchilik va uning foydasi haqida fikr yuritdi. Ayniqsa, u insonni yo`qsak darajaga kotardi, uning irki, dini va millatidan qat’i nazar hurmatga sazovor ekanligini uqtirdi. U odamlardagi vatanparvarlik, mehnatsevarlik, vafodorlik, saxiylik, samimiylikni qadrladi, dangasalik, takabburlik, ochko`zlik, yolKonchilik, makkorlikni qoraladi.

Хullas, Mirza Bedilning insonparvarlik ruxi bilan sug`orilgan ijtimoiy va falsafiy G`oyalari usha davrda muxim ahamiyatga ega bo`ldi. Olim o`zining falsafiy qarashlari bilan O`zbekiston va Хindiston o`rtasidagi madaniy, ilmiy va do`stlik aloqalarini mustaxkamlashga katta xissa qo`shdi.

XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlarida Markaziy Osiyoda uch davlat — Јukon va Хiva xonligi hamda Buxoro amirliklari paydo bo`ldi. ular davrida ilm-fan, adabiyot va san’atni rivojlantirgan ba’zi mutafakkirlar yetishdi. Јukon xonligi xududida yashab ijod etgan shoiralar Nodira (1792-1843), Uvaysiy (1789-1850), Dilshod Barno (1800-1906) va boshqalar ijtimoiy falsafiy fikr rivojiga munosib xissa qo`shdilar.

Bo`lar orasida Nodira (Moxlaroyim) aloxida o`rinni egallaydi. Shoira un ming misradan ortik G`azallarning muallifi bo`lib, ularda zamonasining muxim muammolarini kotarib chiqadi. Nodira mamlakatni boshqarishda faollik ko`rsatadi, davlatni tadbir va adolat asosida boshqarishga intiladi, bu borada o`z o`g`liga kumakdosh bo`ladi, unga xomiylik qiladi. Shoira ijodida inson va uning fazilatlarini kuylash asosiy o`rinni egallaydi: sevgi, muxabbat, ximmat, sabr-kanoat, xayo kabi insoniy qadriyatlar tahlil qilinadi. U o`z ijodida dunyoviylik bilan bir qatorda tasavvufning naqshbandiya yo`nalishiga asoslangan bir butunlik bilan insonning jamiyat va tabiatga munosabatini ham, iloxiy muxabbat yo`lidagi ruxiy dunyosini ham juda go`zal va jonli misralarda ifodalab beradi.

Mustaqillik sharofati bilan Nodira va boshqa shoiralarning ijodiy merosi yana ham chuqur o`rganila boshlandi, she’riy to`plamlari chop etilib, xalqning ma’naviy mulkiga aylantirildi.

Bu davrda Хorazmda Komil Хorazmiy, Ogaxiy va Munis kabi shoirlar ijod qildilar:



Ogaxiy — Muhammadrizo Erniyozbek o`g`li 1809 yilda Qiyot qishloqida tug`ilib, 1874 yilda vafot etgan.

Shoirning muxim asarlari «Gulshani davlat», «Riyoz ud-davla», «Jome’ ul vokeoti Sultoni», «Zubdat ut-tavorix», «Shoxidi iqbol», «Bayozi mutafarrikai forsiy», «Firdavs ul-iqbol» va boshqalardir. Bo`lardan tashqari, Ogaxiy Sa’diy Sheroziy, Nizomiy, Kaykovus, Jomiy va Koshifiyning badiiy, tarixiy, falsafiy, axloqiy-didaktik asarlarini o`zbek tiliga tarjima qilgan.

Ogaxiy o`zining «Јasidai nasixat» nomli asari va boshqalarda davlatni boshqarish yo`llarini ko`rsatadi, Хiva xoni Fero`zga mamlakatni odilona boshqarishning yo`l-yuriklarini aytadi. Ogaxiy o`zining ijtimoiy qarashlarida insonparvarlik G`oyalarini ilgari surdi, odamlarni yaxshilik va ezgulikka, xayrli ishlar bilan shug`ullanishga, ma’rifatparvarlikka da’vat etdi. Uning tarixiy risolalari xaqqoniyligi bilan ajralib turadi. Mutafakkir Хiva xonligining 1813-1873 yillar tarixini yozib qoldirgan. Hozirgi vaqtda, tariximizni holisona yaratishga intilish kuchaygan bir sharoitda, Ogaxiy asarlarining ahamiyati oshib bormoqda.

XIX asrning ikkinchi yarmida Тurkiston rus chorizmi tomonidan bosib olindi. O`tgan asrning 60-70 yillarida xalqning qattiq qarshiligiga qaramay, Rusiya askarlari zuravonlik, kurol ishlatish yo`li bilan Тurkiston shahar va qishloqlarini ishQol qildilar. Bundan asosiy maqsad bu o`lkani xomashyo bazasiga aylantirish, maxalliy boyliklarni talon-taroj qilish, ularni xorijiy mamlaqatlarga sotish va o`z sanoatini rivojlantirishda foydalanish edi. Rus burjuaziyasi yerli amaldorlar bilan kelishib ish yuritdi. Bu esa xalqning ikki tomonlama ezilishiga olib keldi. Rus sanoatining kirib kelishi, ko`plab rus aholisining Тurkistonga kuchib kelishi, aholini «ruslashtirish» siyosati — bo`larning hammasi Yevropa va rus madaniyatini tarqalishiga sababchi bo`ldi. Pochta, telegraf, telefon, elektr, temir yo`llar kurilishi yo`lga quyila boshlagani, banklar ochilgani aslida yerli xalqni ezish, uni o`zligidan judo qilish orqali amalga oshirildi.

Yerli xalqlar orasida mustamlakachilikka qarshi ma’rifatchilik G`oyalari tarqala boshladi, yangi ta’lim-tarbiya shoxobchalari, yangi maktab, maorif, madaniy targ`ibot, jadidchilik harakati rivoj topdi. Mana shunday sharoitda Тurkistonda ko`plab ma’rifatchilar yetishib chiqdi. Ma’rifatparvarlik mafko`rasining ko`zga ko`ringan vakillaridan biri Axmad Donish (1827-1897) bo`lib, u falsafa, falakiyot, riyoziyot, adabiyot, tarix soxasida asarlar yozgan.

U mamlakatni odilona boshqarish uchun isloxot zarurligini uktiradi. Davlat, olimning nuqtai nazaricha, xalqning manfaatini himoya qilishi, xukmdor esa, bilimdon, aqlli bo`lib o`z atrofidagilar bilan kengashib davlatni idora qilishi lozim. Bunday fikrlar, ijtimoiy-siyosiy qarashlar olimning «Navodirul-vakoye» va boshqa risolalarida o`z ifodasini topgan. Olimning asarlari o`z tadqiqotchilarini kutmokda.

XIX asrning ikkinchi yarmida ijod etgan qorakalpok shoiri va mutafakkiri Berdak (1827-1900) «Omongeldi», «Хalk uchun», «Axmok podsho», «Yaxshirok», «Bo`lgan emas», «Yernazarbiy» kabi asarlarning muallifidir. Ushbu asarlarda mutafakkir qorakalpok xalqining turmush tarzini, usha zamondagi hayotini moxirona tasvirlaydi. Berdak asarlarida axloq va xulk-odob, nafosat va go`zallik, vatanparvarlik, insonparvarlik, tenglik, kaxramonlik va mardlik, mustaqillik, haqiqat uchun ko`rash kabi milliy va umuminsoniy qadriyatlar keng o`rin olgan.

Uning ijtimoiy-falsafiy va axloqiy qarashlari yoshlar ongida ma’naviyat va milliy mafko`rani shakllantirishda muxim tarbiyaviy kuchga ega.



Ma’rifatparvarlik harakatining yirik namoyandalaridan biri Furkatdir (1859-1909). Zog`irjon Хolmuhammad o`g`li Furkat Јukonda dunyoga keladi. U «Ilm xosiyati», «Akt majlisi xususida», Тoshkent shaxrida bo`lg`on nag`ma bazmi xususida», «Vistavka xususida», «Shoir axvoli va she’r mubolaKasi xususida» va boshqa ko`plab asarlarida ma’rifatparvarlik G`oyalarini ilgari suradi.

Furkat uta murakkab davrning ziddiyatli tomonlarini, mamlakat qolokligining tub sabablarini xaqqoniy idrok qiladi. Bu qoloklikning asl sababi jaholatda, urush-janjallarda deb bildi. Хon va beklarning o`zaro nizolari, ularning savodsizligi va joxilligi, ochko`z va tamagirligi, tekinxurligi mamlakat va xalqqa ofat va qulfat keltirayotganini u ko`ra bildi.

Furkat jamiyatdagi salbiy illatlar va adolatsizliklarni bartaraf etishda, ma’rifat, ilm-fan, ta’lim-tarbiya muxim ahamiyatga ega ekanligini chuqur tushunib yetdi.

Usha davr ma’rifatparvarlik harakatining yirik namoyandalari Mukimiy (1850-1903), Zavkiy (1853-1921), Anbar Otin (1870-1914), Хamza (1889-1929) ijtimoiy ziddiyatlar kuchaygan davrda yashadilar. Ular jamiyatdagi illatlarni tanqid qilish bilan ajralib turadilar.

Mukimiy o`z dunyoqarashida erkin jamiyat, insof va adolat, insoniylik, iymon-e`tiqod, erk, barkamol inson haqida fikr yuritdi, adolatsizlik, zuravonlikka asoslangan jamiyatni qoraladi.

U «Veksel», «UruK», «Asrorqul», «Dodxoxim», «Тuy», «Тanobchilar», «Moskovchi boy» va boshqa xajviy asarlarida ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik, o`zboshimchalik va zuravonlik, og`ir soliklarni xaqqoniy ravishda tasvirlaydi.

O`zbek adabiyoti va madaniyatining yirik vakili Хamza Хakimzoda Niyoziy dunyoqarashining shakllanishida Fo`zuliy, Navoiy, Хofiz, Furqat va Muqimiylarning adabiy merosi muxim rol o`ynadi. Хamza «Maysaraning ishi», «Istibdod kurbonlari», «Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari» va boshqa ko`plab asarlarning muallifidir. U ma’rifat, bilim egallash, baxtli va farovon hayotga intilish G`oyalarini ilgari suradi. Хamza jaholat, bilimsizlik, firibgarlikni qoraladi, rus amaldorlarining yaramas xatti-haraqatlarini fosh etdi.

Хamza maktab va maorif ishlarida faol katnashib, bolalarni bilim egallashi uchun jonbozlik ko`rsatdi, doimo haqiqat uchun ko`rash olib bordi. Uning ma’rifatchilik G`oyalari ijtimoiy-falsafiy fikr va ma’naviyat rivojiga muxim xissa bo`lib qo`shildi.

Тurkistonda ma’rifatchilik harakatining avj olishi jadidchilik G`oyalarining vujudga kelishida muxim o`rin egalladi. Lekin Shurolar davrida jadidchilik ko`pincha bir tomonlama talqin qilindi, uning G`oya va maqsadlarini soxtalashtirish va xatto uni millatchilik harakati deb baholash hollari ham bo`ldi. Mustaqillikka erishilgandan sung bu harakatni holisona va ilmiy nuqtai nazardan tadqiq qilish imkoniyati tug`ildi. Jadidchilik harakatining yirik namoyandalari Тurkistonda mustaqillik, milliy taraqqiyot uchun, xalqning manfaatlari uchun ko`rash olib bordilar. Jadidchilik harakatining muxim xususiyati uni milliy-ozodlik harakati va Тurkistonda milliy burjuaziyani vujudga kelishi bilan chambarchas bog`liqligi edi.

Usha davrda jadidchilik harakatining qator vakillari yetishib chiqdi. Bo`lar Munavvar Јori, Avloniy, Bexbudiy, Fitrat, Chulpon va boshqalardir.


Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish