Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari Reja


Hozirgi zamon fanining muxim xususiyatlari



Download 1,93 Mb.
bet112/122
Sana17.07.2021
Hajmi1,93 Mb.
#121594
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   122
Bog'liq
Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vaz

Hozirgi zamon fanining muxim xususiyatlari. ХХ asr boshlariga kelib, uning har tomonlama rivojlanishi fanning ijtimoiy ong tizimidagi o`rni va ahamiyatini yangicha tushunishni taqozo etdi. Hozirgi zamon faniga xos bo`lgan quyidagi xususiyatlarni ko`rsatish mumkin:

- fan o`zining o`rganish soxalarini kengaytirib, mikroolam, makroolam muammolarini o`rganish bilan shug`ullana boshladi. Mikro- va makroolamni o`rganish uchun fan an’anaviy usullardan tashqari, yangi usullardan, maxsus asboblardan, matematik modellashtirish usulidan foydalana boshladi;

- ilmiy bilishning sub’ektiv jixatlariga aloxida e’tibor berila boshlandi. Bu esa mutaxasisning o`rganayotgan soxasini chuqurrok va kengrok bilishini taqozo etdi;

- falsafa va fanda olamdagi narsa-hodisa va jarayonlarning qonuniyat va tartib asosida ro`y berishi to`g`risidagi qarashlardan farqli ravishda rivojlanish tartib va tartibsizlik birligidan iborat ekani e’tirof qilina boshlandi;

- fan taraqqiyoti milliy doiradan chiqib, tobora baynalmilal harakter kasb eta boshladi. Uning yutuqlari butun insoniyatning mulki sifatida anglana boshladi;

- fanning insonparvarlik va taraqqiyparvarlik mohiyati tularok namoyon bo`ldi;

- fanning rivoji olimlarning qadriyatlarni e’zozlash va baholashda yangicha mezonlarni ishlab chiqishni taqozo etdi. Bu olimlarning biror-bir fan soxasini yakka xukumronlik bilan egallab olmasligi, ilmiy yangiliklarni boshqalardan yashirmasligi, kuchirmachilik qilmasligi, o`z qadr-kimmatini toptamasligi kabilarda namoyon bo`ldi;

- jahon mikyosida ilmiy saloxiyatni, ilm-fan yutuqlarini boshqa mamlaqatlarga chiqarish moddiy ne’matlar chiqarishdan ko`ra foydalirok bo`lib qoldi. Bu esa jahon mikyosida informatsion jamiyatni, insoniyatning bir butun hamjamiyati shakllanishining muxim omillaridan biri bo`lib qoldi;

- tabiiy va ijtimoiy fanlarning o`zaro uzviy bog`liqligi, ta’siri kuchaydi. Тabiiatshunos olimlarning ijtimoiy fan yutuqlaridan foydalanishi inson va tabiat o`rtasidagi munosabatlarni insoniylashtirishda, tabiatni muxofaza etishda muxim ahamiyat kasb etdi;

- fan umumbashariy va umuminsoniy muammolarni xal etish bilan jiddiy shug`ullana boshladi;

- fan insoniyat hayotidagi qator muammolarni xal etibgina qolmay, uning hayotiga jiddiy taxdid soladigan muammolarni ham keltirib chiqardi. Olimning o`z ilmiy faoliyati uchun javobgarligini oshirish, insoniyat hayoti, tinchligi uchun taxdid soladigan ilmiy izlanishlarni takiklash, nazorat qilish hozirgi zamon fanining muxim muammolaridan biridir.

Odamzod nasli ХХ asrning ikkinchi yarmida shunday muammolar domiga tortildi-ki, endilikda ularning iskanjasidan kutulib ketish yoki ketmaslik bugungi kunning eng dolzarb masalasiga aylandi. Agar ХХ asrning birinchi yarmi oxirlarida insoniyat qarshisida asosan bitta umubashariy muammo — yadro xalokatining oldini olish kundalang bo`lib to`rgan bo`lsa, II jahon urushidan keyin axvol o`zgardi. Aholi tabiiy usishining yuqori darajasi saqlanib qolishi, fan va texnika yutuqlaridan tor manfaatlar yo`lida foydlanishga ruju qilinishi va bir qator mintakalarda murakkab ekologik vaziyatning vujutga kelishi masalani chigallashtirib yubordi. Oqibatda insoniyatning kelajagi to`g`risida turli tipdagi bashoratlar kelib chiqdi. Ana shunday sharoitda har bir aql zakovatli odam «Bunday yo`lda qanday muammolar, kiyinchiliklar, sinovlarga duch kelishimiz mumkinligini yetarli darajada aniq tasavvur qilmayapmizmi?» — degan savolni o`z oldiga kundalang qo`yishi va unga javob topishi zarur bo`lib qoldi. Bu savollarni butun jahon xalqlarining ishtirokisiz xal etib bo`lmaydi.

Тabiatga kishilarning zuKumi kuchaya borgan sari tabiiy muvozanatning buzilishi oqibatida kishilarning yashash tarzi, soKliKi, ijtimoiy muxitga bo`lgan aks ta’siri tobora xaloqatli tus ola boshladi. Insoniyat bunday taxlikali holatdan faqatgina, har qanday siyosiy, mintakaviy, irkiy, milliy, diniy va boshqa manfaatlarini keyinga surib, mushtarak umuminsoniy manfaatlar tevaragida jipslashish, zudlik bilan ta’sirli choralar qullash orqaligina kutulishi mumkin. «Butun dunyo yagona va o`zaro bog`liqdir. Bizning mushtarak burchimiz yer yo`zini bolalarimiz va nabiralarimizga obod va baxtiyor yashashlari uchun munosib qilib qoldirishdir»8.

Hozirgi paytda insoniyatga xafv solib to`rgan umumbashariy muammolar deganda butun dunyo, barcha davlatlar va xalqlarning ishtirokisiz yechish mumkin bo`lmagan muammolarga aytiladi.

Bunday muammolar quyidagilardir:

- termoyadro urushi xavfining oldini olish va kurollanishni bartarf etish;

- jahon iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotning usishi uchun qulay shart-sharoit yaratish;

- iqtisodiy qoloklikni tugatish; yer yo`zida kashshoklik va ochlikka barham berish;



- tabiiy boyliklardan oqilona va kompleks yondashgan holda foydalanish;

- insoniyatning baxt-saodati yo`lida fan-texnika yutuqlaridan foydalanish uchun xalqaro hamkorlikni yanada faollashtirish; (eng xavfli kasalliklarga qarshi ko`rash, kosmosni o`zlashtirish;

- dunyo okean boyliklari va imkoniyatlaridan unumlirok foydalanish; ozon qatlamining yuqolish xavfining oldini olish va x.k.);

- insoniyat va uning kelajagi to`g`risidagi o`zaro hamkorlikda jiddiy tadqiqotlar olib borish; kishi organizmining tobora tez sur’atlari bilan o`zgarayotgan sun’iy va tabiiy muxitga moslashish jarayonini ilmiy tahlil qilish.

Insoniyat oldida ana shu xildagi muammolarning kundalang turib qolishining o`ziyok kishilik sivilizatsiyasi uta murakkab, uta kaltis bir jarayonni boshidan kechirayotganligidan darak beradi. Umumbashariy muammolarning ba’zi bir guruhlari mavjudki, ularni xal qilishning o`zidayok butun planetamizdagi ijtimoiy hayotning keyingi ming yillikdagi aniq manzarasini chizib berish uchun xal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin. Bunday muammolar shartli ravishda uch guruhga ajratiladi:



Birinchidan, hozirgi paytdagi mavjud ijtimoiy kuchlar o`rtasidagi ziddiyatli munosabatlar (ijtimoiy-iqtisodiy sistemalar o`rtasidagi, mintakaviy ziddiyatlar, davlatlar, milliy va diniy nizolar va x.k.) bo`lib, bo`lar shartli ravishda «intersotsial» muammolar deb xisoblanadi. Ular urush va tinchlik, mehnat resurslaridan foydalanish darajasi va shu kabilarni ham qamrab oladi.

Ikkinchidan, «Inson va jamiyat» o`rtasidagi munosabat bilan bog`liq muammolar bo`lib, bo`larga ilmiy-texnika taraqqiyoti (IТТ); maorif va madaniyat; aholi ko`payishining tez sur’atlar bilan ildam ketishi («Demografik portlash», kishilar salomatligini saqlash, kishi organizmining nixoyatda tez o`zgarib borayotgan ijtimoiy muxitga moslashishi) shuningdek, insoniyatning kelajagi kabi masalalarni kiritish mumkin.

Uchinchidan, «inson — tabiat» munosabatlariga esa xom-ashyo resurslarini tejash, aholini oziq — ovqat va ichimlik suvi bilan ta’minlash, tabiatni muxofaza qilish kabi muammolar kiradi. Bu guruh muammolar ijtimoiy omillar tasirida vujudga keladi, ularni xal qilishda esa ijtimoiy omillarning o`rnini va ahamiyatini to`g`ri anglagan holdagina masalaning tub mohiyatini tushunish mumkin.

Хuddi shuningdek, sof ijtimoiy global muammolarning yechimida tabiiy omillarning bu jarayonga bevosita ulanib ketishini ham nazardan sokit qilmaslik kerak. Хam ijtimoiy, ham tabiiy omillar asosida yo`zaga chiqadigan umumbashariy (global) muammolar bir butunlikni tashkil etib, ularga har tomonlama (kompleks) yondashish keraqligini hayotning o`zi taqozo etmokda. Bu esa, o`z navbatida, falsafa fani zimmasiga katta mas’uliyatlar yo`qlaydi.

Insoniyatning kelajagi to`g`risida tarixda turli-tuman bashoratlar mavjud, ular bir necha xillarga bo`linadi. Masalan, xalqimizning ilk tarixiy qadriyatlaridan bo`lgan muqaddas «Avesto» yozma yodgorligi ham umumiy bir tarzda insoniyatning kelgusi istiqbolini bashorat qilib, kishilarni mushtarak maqsadlar tomon yo`naltirishga harakat gilgan. Bunday bashoratlar diniy mazmunga asoslangan bo`lib, o`z davri uchun katta ahamiyat kasb etgan edi. «Avesto»da Zardusht o`limidan sung 3000 yil o`tgandan keyin, erkin farovonlik zamoni keladi, Axura Mazda qudrati Axriman yovo`zligi ustidan tula Kalab kozonadi, deya ishonch bildirilgan edi.

Ikkinchi xil bashoratlar o`rta asrlarda keng tarqalgan, hozirda ham o’arb mamlaqatlarida keng shuxrat kozonayotgan bir qator o’arb futurologiyasi mazmuniga ega. o’arb futurologiyasining mashhur namoyandalaridan fon Karman, Ye. Shervin, G. Kan va boshqalar insoniyatning kelgusi istiqbolini, asosan, yadro xalokati yoki boshqa bir umumbashariy global muammolar bilan bog`lab pessimistik manzaralarni chizib ko`rsatishga o`rinadilar.

Kishilik jamiyatining kelgusi istiqboli to`g`risida jiddiy ilmiy bashoratlar orasida 1968 yilda A. Pechchei tomonidan asos solingan «Rim klubi» a’zolari bo`lgan J. Forrester, D. Medoo`z, Ya. Тinbergan, A. King va boshqalar tomonidan tayyorlangan xisobotlarning ilmiy ahamiyati nixoyatda katta. Ularda insoniyatning kelgusi istiqbolini shubxa ostida qoldirayotgan umubashariy muammolar qulamining kengayib borishi, kishilar tomonidan tabiatga qilinayotgan zuKumning mudxish oqibatlari qanday bo`lishi to`g`risida jiddiy muloxazalar yuritiladi. «Rim klubi» a’zolari tomonidan qilingan bashoratlar ilmiy-falsafiy mazmunga ega bo`lib, unda asosan tajriba sinovidan o`tgan bilimlar va mantiq qonunlari va kategoriyalariga suyangan holda insoniyatning kelajagi to`g`risida muxim ilmiy xulosalar bayon qilingan.

Demak, insoniyat taraqqiyotining kelgusi imstiqbolini belgilashdagi eng muxim belgilar sirasiga umumbashariy muammolar tabiatini chuqur anglash, bu muammolarning yechimi umuminsoniy mushtarak manfaatlari yo`lida hamjixatlikda qilingan sa’y-haraqatlar ekanini aloxida ta’kidlash lozim. Ana shunday misollar anchagina. Masalan, 1955 yil 31 yanvarda Frederiko Julio Kyuri (u shu paytda jahon ilmiy xodimlari federatsiyasi tashkilotining prezidenti edi) Nobel mukofoti sovrindori Bertran Rasselga xat orqali murojaat qilib, yadro kurolining juda xavfli tus olayotganligini, bu falokatning oldini olish uchun fan arboblari birgalikda harakat qilishi lozimligini bildiradi. B. Rassel F. Kyuri taqlifini qullab-kuvvatlab, bu murojaatga imzo chekuvchi vakillar bir xil siyosiy oqim tarafdorlari bo`lib qolmasligi, bunda jahondagi barcha kuchlar, har bir xalq, jamiyat vakillari ishtiroki zarurligini ta’kidlaydi. Masalaga bunday yondashish falsafiy tafakkur taraqqiyotining yangi bosqichini boshlab bergan edi. Bu esa ilmiy-siyosiy adabiyotlarda «yangicha tafakkur uslubi» deb atalgan va jahonning eng atokli olimlari A. Eynshteyn, F. Julio-Kyuri, M. Born, L. Poling va boshqalar tomonidan imzo quyilgan manifestga asos qilib olingan edi. Natijada 1955 yil 9 iyo`l kuni B. Rassel tomonidan o`tkazilgan press-konferensiyada «Rassel-Eynshteyn manifesti» nomi bilan shuxrat kozongan, butun yer yo`zi aholisiga, siyosiy va davlat arboblariga qaratilgan mashhur chaqirik e’lon qilingan. U hozirgi paytda tinchlik va kurolsizlanish uchun ko`rashuvchi Paguosh harakatini boshlab bergan edi. Manifestda «Biz yangicha fikr qilishga odatlanishimiz kerak. Biz o`z-o`zimizdan u yoki bu guruh mamlaqatlarining harbiy Kalabasini ta’minlash uchun nimalar qilish zarur deb emas, balki yadro xalokati va uning daxshatli oqibatlari qanday bo`lishi mumkinligi to`g`risida insoniyatni ogoxlantirish uchun nimalar qilding deb surashimiz kerak», — degan so`zlar bor edi.

«Rassel-Eynshteyn manifesti» chop etilganiga ham mana 45 yil utdi. Bu vaqt mobaynida yadro kurollarini ishlab chiqish va sinab kurish qulami bir necha barobar ko`paydi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi o`tgan yarim asr mobaynida kurollanishga 16-18 trl. dollar mablag` sarflandi. Hozirgi kunda harbiy soxalar uchun har yiliga 1 trl. dollar miqdorida mablag` ajratilmokda. Bir kunda kurol-yaroqka ajratiladigan mablag` 3,4-3,5 mlrd. dollarni tashkil etmokda. Тakkoslash uchun quyidagi rakamlarga murojaat qilamiz. Jahon soKlikni saqlash tashkilotining bezgakka qarshi ko`rash tadbirlari uchun bir yilda 28-30 mln. dollar ajratishini, Хalkaro nufo`zli tashkilot YuNESKOning bir yillik byudjeti 950-980 mln. dollar miqdorida ekanligini xisobga olsak, masala oydinlashadi.

Harbiy-sanoat o`z domiga tabiatning shunday noyob boyliklarini tortayaptiki, bu sarf-harajatlar usish sur’atining tezligiga qarab beixtiyor o`z kelajagimiz to`g`risida xomush xayollar og`ushida qolmasdan iloj yo`q. Bu soxa faqat tabiiy resurslar bilan cheklanib qolmasdan, balki, uta kamyob aql egalari, talantli kishilarning aqliy faoliyatini ham o`z izmiga solib, oqibatda, ilmiy-texnika taraqqiyotining insoniyat manfaatiga qaratilgan yo`nalishiga asosiy tusik bo`lib qolmokda.

Energiya va yoqilg`i resurslaridan tejamli foydalanish muammosi. Davrimizning yana bir muxim belgilaridan biri jahon iqtisodiyotining sur’atini belgilaydigan energiyani iste’mol qilish qulami muttasil kengayib borayotganligidir. Agar hozirgi sur’atda jahon iqtisodiyoti davom etadigan bo`lsa, u vaqtda sanoat va xalq xujaligining energiyaga bo`lgan extiyoji uchun yaqin yillar ichida yiliga 20 mlrd. tonna yoqilg`i talab qilinadi. Bu ko`rsatkich 2025 yilda 35-40 mlrd., XXI oxiriga borib, 80-85 mlrd. tonnani tashkil etishi taxmin etilmokda.

Vujudga kelayotgan bu holatdan chiqib ketishning yo`li esa bitta, u ham bo`lsa, yoqilg`ining organiq moddalar (neft, kumir, gaz va x. k.) dan olinadigan energiya salmog`ini kamaytirib, noorganiq yoqilg`i manbalar (GESlar, AES, shamol elektrostansiyalar, kuyosh energiyasidan foydalanish, vodorod, geliy va x.k.) dan olinadigan energiya miqdorini muttasil oshirib borish. Јuyosh energiyasi, GES va shamol elektrostansiyalar 2025 yilda bu extiyojning 60%ini kondirishi mumkin.

Yaqin kelajakda rivojlanayotgan mamlaqatlarda elektr energiyasi ishlab chiqarishni tez sur’atlar bilan ko`paytirib borish ko`zda tutilmokda. Butun jahonda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining kariyib 34% ana shu mamlaqatlar xissasiga to`g`ri keladi. Elektr energiyasining shu qadar tez sur’atlar bilan ishlab chiqarilayotganligi yon atrofidagi tabiiy va ijtimoiy muxitga ta’sir etmasdan iloji yo`q. Masalan, gigant GESlarning kurilishi o`z navbatida ana shu regionning, iklim sharoitiga, yon atrofdagi shahar va qishloqlarda xalq xujaligining ko`pgina tarmoklariga salbiy ta’sir o`tkazishi mumkin (masalan, ekin maydonlarining kiskarishi, mavjud maydonlarning shurlanishi va ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin). Atom elektrostansiyalarining chiqindilarini bartaraf etishning ekologik xavfsizlik masalalari hozirgi davrning yechilishi murakkab muammolariga aylandi. Ayniqsa, 1986 yil 26 aprel kuni Chernobil AES IV blokining ishdan chiqishi natijasida juda katta miqdordagi radiatsiyaning xavoga tarqalishi mazkur regionning yashashga mutloqo yaroqsiz bo`lib qolishiga sababchi bo`ldi.

Insoniyat oldida jahon iqtisodini ustirish uchun energiyaga bo`lgan extiyojni kondirishdan o`zga chora yo`q. Birok, bugungi kunda elektr energiyasini ishlab chiqarish jarayonida mavjud tabiiy muxitga ta’sir darajasini kamaytirgan holda energiyani ko`proqishlab chiqarish masalasi kundalang bo`lib turibdi. Shuning uchun ham bu muammoni ijtimoiy taraqqiyotning kelajagini belgilab beradigan eng muxim omillardan biri sifatida jahonshumul ahamiyatga molik muammolar sirasiga kiritilishini hayotning o`zi taqozo etmokda.



Хom-ashyo resurslaridan foydalanish va ekologik muvozanatni saqlash muammosi. Jahon statistik axborot markazlari bergan ma’lumotlarga qaraganda, ХХ asrning boshidan to hozirgi kungacha ishlab chiqarilgan kumirning 45%, temir rudasining 57%, neftning 76%, tabiiy gazning 80% keyingi 25 yilga to`g`ri kelar ekan. Ana shunday holatni xom-ashyoning boshqa turlari to`g`risida ham gapirish mumkin. Тaxlillarga qaraganda, 90-yillarda ishlab chiqarilgan xom-ashyo miqdori 60-70-yillardagiga qaraganda 1,5-2 barobar ko`paygan.

Yer yo`zida vujudga kelgan bunday holat, bir tomondan, insoniyatni xom-ashyo resurslari bilan ta’minlash imkoniyatlari, xosildor yerlar va ichimlik suvi manbalarining kamayib borishi, shuningdek boshqa xom-ashyo zaxiralarining kamayib ketishi kabi boshqa bir qator muammolarni keltirib chiqaradi.



Vujudga kelgan ekologik vaziyat, tabiiy muxitning inson organizmiga va uning ishlab chiqarish faoliyatiga ta’sir etmasdan golmaydi. Boshqa tomondan esa, fan-texnika taraqqiyotining qulami asosida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasini xom-ashyo resurslari, foydali kazilmalari bilan yetarli miqdorda ta’minlash muammosini ham nazardan sokit qilmaslik kerak. Mazkur muammoni ijobiy xal qilish uchun, iqtisodchilarning tahlillariga ko`ra, jahon mamlaqatlarining har biri o`zi ishlab chiqargan yalpi milliy maxsulotning 3-5% miqdorida mablag` ajratishi zarur. Demak, har yili o`rta xisob bilan 650-850 mlrd. dollar xajmida mablag` ajratilishi talab etiladi.

Juda ko`p rivojlangan mamlaqatlarda ichimlik suvining tankisligidan kiyinchiliklar yo`zaga chiqmokda. Ayni shu mamlaqatlardan 42-45% km3 xajmida sanoatdan chiqqan iflos okava suvlar suv xavzalari, qul, dengiz, okean suvlarini o`zining zaharli targ`ibi bilan bo`lKamokda. ХХI asr boshlariga kelib, toza ichimlik suvlariga bo`lgan extiyoj dunyo mikiyosida asrimizning 90-yillariga nisbatan yana 2,3-2,5 barobar oshdi.



Dunyo okeaning ifloslanishi, jonli tabiatning yo`qotilishi yanada xavfli tus olmokda. Har yili okenlarga 12-15 mln. tonnaga yaqin neft va neft maxsulotlari tug`ilmokda, shaharlarning kengayishi, sanoat korxonalarini kurish uchun ming-minglab gektar yer maydonlari ajratib berilmokda, urmonlar kesilib yashil yerlar kamaymokda. Bu tendensiya, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlaqatlarda xavfli tus olmokda. Dunyoda har yili 0,8% tropik urmonlar yuqolib bormogda, 200 ming km2 territoriyadagi tropik urmonlar kesilib qayta tiklanmay qolmokda. Hozirgi paytda yiliga 8,3 mln. gektar, yoki minutiga 16 gektar urmon yo`qotilmokda. Тabiiy muvozanatning dunyo mikiyosida tez o`zgarishining oqibati hozirning o`zidayok insonning yashashi va faoliyati uchun uta zarur bo`lgan mu’tadil muxitning buzilishiga olib kelmokda.

Davrimizning yana salbiy belgilaridan biri shundaki, inson faoliyati qulamining mikyosi tobora biosferani tula egallab, endilikda kosmosga ham ta’sir eta boshladi.



Oziq-ovqat muammosi va biosfera. Nixoyatda tez usib borayotgan dunyo aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlash muammosi keyingi paytlarda jahonning bir kancha mintakalarida ancha keskinlashdi. Mavjud ma’lumotlarga asosan, dunyo xalqlarining 2/3 qismi doim oziq-ovqat tagchilligi xukm surayotgan mamlakat xalqlari xissasiga to`g`ri kelmokda. Bu mintakalarda eqiladigan yer maydonlari aholi jon boshiga nisbatan kamayib, 0,2 ga. ni tashkil etmokda. Хolbuki, 1950 yilda bu ko`rsatkich 0,5ga. ni tashkil etgan edi.

Oziq-ovqat zaxiralarining usishini, bir tomondan, ishlanadigan yer maydonlarini kengaytirish xisobiga, ikkinchi tomondan eqilayotgan maydonlarning xosildorligini oshirish xisobiga ta’minlash mumkin. Keyingi paytlarda xosildorlikni ko`paytirish ustida juda ko`p ishlar qilinib, 80 — yillarning oxirlariga kelib dunyo mikyosida yetishtirilgan maxsulot usishining 90% xosildorlikni kotarish xisobiga to`g`ri keldi. Ammo, bizga ma’lumki, bunday muvaffakiyatlarga tabiatga xaddan ziyod qilingan qattiq zuKum qilish natijasida erishiladi. Juda ko`p yerlar bunday taziykka dosh bera olmasdan ishdan chiqa boshladi. Bu yerlarni tabiiy holatiga qaytarish uchun imkoniyat qolmadi.



Bunday taxlikali holatning sabablarini aholining tabiiy usishi nixoyatda tez suratlar bilan ko`paygani, ularning ish va oziq-ovqat maxsulotlariga bo`lgan extiyojlarini kondirishga bo`lgan intilishi bilan tabiiy muxitning ekologik muvozanatini saqlash uchun yetarli mablag`ni topa olmayotganligidan izlash kerak.


Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish