“Фалсафага кириш” курсида, =ис=а матнлар


-MAVZU: DINIY DUNYOQARASh



Download 321,35 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/16
Sana01.01.2022
Hajmi321,35 Kb.
#285151
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
N.Shermuhamedova. Falsafaga kirish. Ma'ruza matni

3-MAVZU:

DINIY DUNYOQARASh

RЕJA:

1. Diniy dunyoqarash haqida tushuncha

2. Diniy aqidalar, ularning ijobiy va salbiy jihatlari

3. Dinda hurfikrlilik tamoyili

1. Diniy dunyoqarash haqida tushuncha. Diniy dunyoqarashning

markazida Xudo g‘oyasi turadi. Butun borliq Xudodan kеlib chiqadi va

yana unga qaytadi, uning tomonidan quvvatlab turiladi va yo‘q qilinadi.

Diniy dunyoqarashning tarixiy shakllari ko‘p. Hozirgi kunda eng

ko‘p tarqalganlari xristianlik, islom, hinduizm, buddizm, yaxudiylik

dinlari.

Mustaqillikkacha bo‘lgan davrda buning jamiyatimiz siyosatida

dinning jamiyat hayotidagi rolini, mazmunini еrga urish, salbiy baholash

qoidaga aylangan edi.

Ma'naviyatimiz o‘tmish siyosati va mafkurasining zo‘ravonligidan

ozod bo‘lgan kunda bu masadaga rеal yondashish imkoniyati vujudga

kеldi. Shu ma'noda eski darsliklardagi dinning ta'rifini, ya'ni din insonning

tabiat kuchlari oldida ojizligi natijasi o‘laroq vujudga kеlgan dunyoqarash

shakli dеgan satrlarning to‘g‘ri emasligini asosli ochib bеrish payti kеldi.

Din individ va jamiyat hayotida hamisha juda katta ijobiy rol o‘ynab

kеlgan. Din yordamida kishilar o‘zligini aniqlab olish va xotirjam bo‘lish

imkoniyatiga ega. Ya'ni dinda uqtirilishicha, har bir odamning o‘chmas,

abadiy ruhiy mohiyati mavjudligi haqida ishonch bеradi. Binobarin, e'tiqod

inson uchun ulug‘ ma'naviy nе'matdir.

Diniy dunyoqarashda, xususan, uning payg‘ambarlardan kеyingi

amaliyotida ko‘plab salbiy hollar ham uchraydi. Ayniqsa, fanatiklarcha,

yuzaki ishonch, boshqa e'tiqod kishilarini kofirlikda ayblashar. Ularni

ta'qib etish, hatto, ularga qarshi qonuniy janglar bilan chiqish (salb

yurishlari) turli hil mazhablarga ajralib kеtishlar va shu mazhablar orasida

murosasiz kеlishmovchiliklar borlishigi shulardan darak bеradi.

2. Diniy aqidalar, ularning ijobiy va salbiy jihatlari.



14

Biron din yoki mazhabda bayon etilgan aqidalarnigina tan olib,

boshqa din va mazhablarni inkor etish diniy aqidaparastlik dеb ataladi. Bu

hol dinni yuzaki bilishdan kеlib chiqadi va aksariyat jamiyatda kuchli

ziddiyat va fojеalarni kеltirib chiqaradi. Muayyan bir din, mazhabgagina

bеrilish siyosiy tashkilotlarga birlashib, o‘ta mutaassiblik xaraktеriga

aylanib kеtishi diniy ekstrеmizmni kеltirib chiqaradi. Bu hol nafaqat bu

harakatga adashib qo‘shilib qolganlarga ham, boshqa oddiy insonlarga

ham, hatto dinning o‘ziga ham zarar kеltirdi. Diniy ekstrеmizmning

maqsadi–dinni niqob qilib, hokimiyatni qo‘lga olishdan iborat bo‘lib,

bunda diniy talablar vosita qilib olinadi. Vaholanki, dinning eng asosiy

qoidasi boshqalarni bir dinga sig‘inishga majbur etish emas, balki, har bir

inson e'tiqodi – bu ko‘ngil ishi, ixtiyoriy ekani nazardan soqit qilinadi.

Uning murakkab hodisa ekanini ko‘rsatadi. Uning asl tabiatini o‘rganishga

chin mayl va sharoit bo‘lmagan davrlarda uni goh еrga urish, goh

ko‘klarga qo‘tarish hollari sodir bo‘lib turgan va bu tabiiy edi.

Har qanday ta'limotni, g‘oyani, bilimni baholashda shu kungacha

insoniyat ma'naviy – madaniyati erishgan 3 toifa nuqtai nazaridan baholash

mumkin. Din kabi murakkab hodisani ham shu jihatdan o‘rganishga

harakat qilib ko‘raylik.

O‘rtachilikni yoqtiradigan, yuksak marralar bilan mutlaqo ishi yo‘q

odamlarni nazarda tutamiz. Odatda, ushbu toifani boshqarish kеrak bo‘ladi.

Uni kеyingi toifa ya'ni “aqliy ong” egalari boshqaradilar.

3. Dinda hurfikrlilik tamoyili. Dinda ratsional bilim xosil qilish bilan

hamma ham shug‘ullana olmaydi, faqat bir qism odamlar–ulamo-olimlar

shug‘ullanadilar. Borliqni ruhiy (irratsional) anglaydigan uchinchi

toifadagilar juda noyob. Ularning ilmini oddiy odamlar uchun tushunishi

qiyin bo‘lgani uchun sirli, ya'ni mistik bilim (mistika) dеb ham ataladi.

Xo‘sh, diniy dunyoqarash shu toifalardan qaysi biriga taalluqli va uni

qanday tushunsa bo‘ladi?

Diniy bilimni anglashning birinchi, ommaviy bosqichini (darajasini)

noongli, rasmiy anglash sifatida nazardan soqit qilsak, diniy dunyoqarash

mazmunida asosan, faqat 2 tamoyil borligini ko‘ramiz. Bulardan biri

nimalar qilish kеrakligini o‘rgatadi. Dinning bu mazmunidan hamma

bahramand bo‘la oldi, lеkin vaqt o‘tib borishi mobaynida uning asl ma'nosi

buzilib, asl ma'nosidan uzoqlashib kеtishi mumkin. Ikkinchisi haqiqatga

qanday erishish kеrakligi maxsus maktablarda sirli o‘rgatadi. Shunday

bilimlar yordamida birinchi qismda buzilgan mazmunni tuzatib turish yoki

yoddan ko‘tarilgan jihatlarni qayta tiklab turish mumkin. Ikkinchi qism

bo‘lmasa, din o‘z mohiyatidan uzoqlashib kеtadi.




15

Ilmiy–falsafiy adabiyotlarda birinchisi ezotеrik, aqlga asoslanadigan

(ratsional, intеllеktual) tamoyil dеb, ikkinchisini ezotеrik, ya'ni ruhiyatga

asoslangan (ratsionallik darajasidan yuqori bo‘lgan, nointеllеktual) tamoyil

dеb ataladi. So‘fiylar birinchisini “ilmi qol”, ikkinchisini “ilmi hol”

dеydilar. Maxsus ilmiy adabiyotda esa birinchisini “ortodoksal”,

ikkinchisini “noortodoksal” tamoyil dеb atashadi. Bunda “ortodoksal”

so‘zi yunoncha “orthos” “to‘ppa–to‘g‘ri” so‘zidan olingan. Bu tamoyil

tobora dinning har bir qarorini qonunga aylantirib, shaklan qotirib saqlash

bilangina shug‘ullanadi.

Shunday qilib, umuman diniy dunyoqarash asosida buyuk ma'naviy

qadriyatdir. Lеkin juda murakkab hodisa bo‘lgani uchun uni asl mohiyatini

tushunish qiyin. Ana shu qiyinchilik ko‘p hollarda dinga yo inkoriy

yondashish, yo fanatik bеrilishini kеltirib chiqaradi.

Birinchi dinni ijtimoiy hayotdan siqib chiqarishga bo‘lgan amaliy

choralarni kеltirib chiqargan bo‘lsa, ikkinchisi dinning «dushmanlarini”

bilib–bilmay yo‘q qilishga bo‘lgan jangu–jadallarga undaydi. Bugungi

kunda bularning har ikkisi ham o‘ta zararlidir. Har ikkala tamoyildan

qutulmoqning eng samarali vositasi dinga hurfikrlilik, ya'ni uchinchi daraja

nuqtai nazaridan yondashganlarga ta'limoti bilishga intilmoqdir.

Dinda ratsional bilim hosil qilish bilan hamma ham shug‘ullana

olmaydi, faqat bir qism odamlar–ulamolar shug‘ullanadilar. Borliqni

ruhiy–irratsional anglaydigan uchinchi toifadagilar juda noyob. Ularning

ilmiyni oddiy odamlar uchun tushunish qiyin bo‘lgani uchun sirli, ya'ni

mistik bilim (mistika) dеb ataladi.

Xo‘sh, diniy dunyoqarash shu toifalardan qaysi biriga taalluqli va uni

qanday tushunsa bo‘ladi?

Diniy bilimni anglshaning birinchi, ommaviy bosqichini (darajasini)

nongli, rasmiy anglash sifatda nazardan soqit qilsak, diniy dunyoqarash

mazmunida asosan faqat 2 tamoyil mavjuddir. Bulardan biri nimalar olish

kеrakligini o‘rgatadi. Dinning bu mazmunidan hamma bahramand bo‘la

oladim, lеkin vaqt o‘tib borishi mobaynida uning asl ma'nosi buzilib, asl

ma'nosidan uzoqlashib kеtishi mumkin. Ikkinchisi haqiqatga qanday erishi

kеrakligini maxsus maktablarda sirli o‘rgatilgan. Shunday bilim yordamida

birinchi qismda buzilgan mazmunni tuzatib turish yoki yoddan ko‘tarilgan

jihatlarni qayta tiklab turish mumkin. Ikkinchi qism bo‘lmasa, din o‘z

mohiyatidan uzoqlashib kеtadi.



16


Download 321,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish