Metodologik funksiyasi
u yoki bu maqsadga erishishning muayyan usulini, shuningdek
borliqni nazariy va amaliy o‘zlashtirishga qaratilgan usullar yoki amallar majmuini anglatadi.
(bu tushuncha yunoncha methodos – yo‘l, tadqiqot, tekshirish so‘zidan kelib chiqqan).
Boshqacha qilib aytganda, bu faylasuf yoki olim o‘zi o‘rganayotgan predmetning tadqiqot
yo‘lidir. Odatda metodologiya muammolari falsafa doirasida o‘rganilgan, biroq ayrim fanlar
vujudga kelishi bilan falsafiy (umumiy) metodlar bilan bir qatorda muayyan, ayrim ilmiy
metodlar ham rivojlana boshladi. Falsafaning boshqa bir muhim metodologik funksiyasi
falsafada ham, ayrim fanlarda ham muhim rol o‘ynaydigan har xil kategoriyalarni ishlab
chiqishdan iborat. Kezi kelganda yana shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, falsafa o‘ta keng
tushunchalar, ya’ni kategoriyalar bilan ish ko‘rar, ularni ta’riflar ekan, metodologik funksiya
bilan bir vaqtda dunyoqarashni shakllantirish funksiyasini ham bajaradi.
Falsafaning integrativ funksiyasi
re
al borliqning yangi obyektlari va hodisalari
insonning nazariy tadqiqotlari sohasidan o‘rin olishi, shuningdek ilgari ma’lum darajada
anglab yetilgan narsalar va hodisalarni yanada chuqurroq o‘rganish uchun birlashishga ehtiyoj.
I
lmiy bilimlarning integratsiyalashuvi va u yoki bu muammolarni yechish uchun kuch-g‘ayratni
birlashtirish jarayoni yakkalanish xavfining oldini olish imkonini beradi. Zero, ayrim fanlar
paydo bo‘lib, ular nafaqat o‘z tadqiqot obyekti va predmetini ajratdi, balki o‘zining faqat mazkur
fanga xos bo‘lgan tili, kagegoriyalar apparati va hokazolarni yaratdi. Ammo bu yo‘lda jiddiy
xavf ham mavjud bo‘lib, u shundan iboratki, fanlarning ajralishi natijasida ular o‘rtasidagi
aloqalar susayadi, ular murakkab kompleks vazifalarni yechishda faol o‘zaro aloqa qilish
qobiliyatini yo‘qotadi. Bu esa ilmiy bilmning o‘sishiga salbiy ta’sir qiladi.
Murakkab kompleks muammolarni tadqiq etuvchi hozirgi zamon fanida ba’zan ayrim
ilmiy fanlarning vakillari boshqa fanlarning vakillarini faqat ular turli tillarda, ya’ni har biri o‘z
fanining tilida gapirgani bois tushunmaydi. Bu jihatdan falsafa ular uchun amalda bog‘lovchi
bo‘g‘inga, birlashtiruvchi asosga aylanadi, chunki u o‘z tahlilida fanlararo muloqotga va
mazmuni ayni bir kontekstda turli fanlar tomonidan qabul qilinadigan va qo‘llaniladigan
fundamental tushunchalarni yaratishga qarab mo‘ljal oladi.
Murakkab obyektlarni kompleks tadqiq qilishda har bir muayyan fan o‘z predmetidan
kelib chiqadi. Bu predmet doirasi unga o‘rganilayotgan obyektni yaxlit ko‘rish, uning aloqalarini
aniqlash imkonini bermaydi. Bu vazifani hal qilishga ham faqat falsafa qodir bo‘lib, u butun
vaziyatni yaxlit ko‘rish imkonini beradi va bu jihatdan nafaqat fanlar o‘rtasida, balki inson
faoliyatining ayrim jabhalari, masalan, o‘tkazilayotgan tadqiqotlar bevosita yoki bilvosita bog‘liq
bo‘lishi mumkin bo‘lgan huquqiy, siyosiy, axloqiy faoliyat o‘rtasida ham bog‘lovchi bo‘g‘in
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |