E.Yu.
Yusupov
,
professorlarM.V.Vohidov,
I.R.Rahimovlar 1980-2005 yillardaO‘zbekistonningijtimoiyijtimoiy - siyosiy,
iqtisodiy
-
madaniytaraqqiyotiningfalsafiymuammolaribo‘yichailmiyitadqiqotishlariolibborishbilanbirga,
darslikvao‘quvqo‘llanmalariyozganlar,
yoshkadrlarnitayyorlashgao‘zlariningmunosibhissasiniqo‘shganlar.
Shu
yillar
davomida
J.Babaevning “Falsafa asoslari” o‘quv qo‘llanmasi, E.Yusupovning tahririda “Falsafa” (1985)
darsligi, I.Raximovning “Mantiq fanidan seminar mashg‘ulotlari” (1984) o‘quv qo‘llanmalari
nashr qilingan.
Ontologiya bilish nazariyasi, tabiatshunoslik falsafasi, fan
metodologiyasi bo‘yicha Jondor Tulenov, Bahrom Ismoilov, Omonulla Fayzullaev
kabilar boshlagan an'analarni, Mahbuba Abdullaeva, Baxtiyor Karimov, Baxtiyor To‘raev,
Ra'no Imomalieva, E'tibor Hoshimova, Shuhrat Qo‘shoqov, Hakim aSalomova, Oqil
Fayziev, Ziyodullo Davronov, Nigina Shermuxamedova, Alima Berdimurodova,
Nariman Eshmetov, Shavkat Mamadaliev, Karima Tulenova, Emina Izzetova va boshqalar
davom ettirmoqdalar.
I.Mo‘minov
(1908-1974)
akademik,
falsafa
fanlari
doktori,
professor.
I.Mo‘minovtomonidan
1956
yildaO‘zbekistonFanlarAkademiyasining
“O‘zbekistondaijtimoiyfanlar”
jurnaligaasossolinishiilmiytadqiqotishlaritarkibivamavzularidoirasiningnisbatankengaytirilishi,
ijodiyerkinlikkayo‘lochdi. 1957 yilda I.Mo‘minov tashabbusi bilan O‘zFA huzurida “Falsafa va
huquq instituti” tashkil qilingan, O‘zbek ensiklopediyasining birinchi mas'ul muharriri bo‘lgan.
I.M. Mo‘minov o‘zbek faylasuflaridan birinchi bo‘lib, sovet tuzumining millatni
ma'naviy qadriyatlardan mahrum etish, milliy ongni buzish va o‘z-o‘zini anglashga yo‘l
qo‘ymaslikka intilib, kommunistik mafkurani shakllantirishga jon-jahdi bilan harakat qilayotgan
31
Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat. 14-jild. –T.: O‘zbekiston, 2006. –B.108-109.
bir paytda, tarixiy va ma'naviy merosni, o‘zbek xalqi va Markaziy Osiyoning boshq axalqlari
yaratgan boy ma'naviy qadriyatlarni har tomonlama o‘rgandi.
I.M Mo‘minovning Abu Rayxon Beruniy tavalludining 1000 yilligiga bag‘ishlab
o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada “Beruniy – ensiklopedist olim” mavzusidagi ma'ruzasi va
“Xorazmlik buyuk ensiklopedist” monografiyasining o‘zbek, rus, ingliz va fransuz tillarida nashr
qilinishi olamshumul voqyea bo‘ldi. Xususan u “Biz buyuk xorazmlik olim Beruniyga
vatanparvarligi, insonparvarligi uchun, olimning quvonchi va baxtini umuminsoniylik va
milliylik, umumiylik va xususiylik birligida ko‘ra olgani uchun buyuk hurmat bilan qaraymiz.
Beruniyda vatanparvarlik izchil insonparvarlik bilan uzviy bog‘lanib ketadi”
32
, deb e'tirof etadi.
O‘sha davrda o‘tmish mutafakkirlari va olimlarining insonparvarlik salohiyati, qarashlari va
ta'limotlaridagi nodir milliy va umuminsoniy qadriyatlar haqida hyech narsa deyilmagan yoki
ular inkor qilingan bir vaziyatdagi bu sa'y harakat milliy falsafa rivojidagi dastlabki uchqun
bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Olim turli manba va ilmiy adabiyotlardan foydalangan va
ularni sharhlagan holda Amir Temurning shaxsi va faoliyatini ob'ektiv tahlil
qilishga va baholashga harakat qildi. I.Mo‘minov o‘sha davrdagi ilm ahlini Amir
Temurning milliy davlatchilikni shakllantirishdagi roliga to‘g‘ri baho berishga chaqirdi va 1969
yilda YuNeSKO homiyligida Samarqand shahrining 2500 yilligi, Temur va
Temuriylar davridagi O‘rta Osiyo san'atini o‘rganishga bag‘ishlangan konferensiyada “Amir
Temurning O‘rta Osiyoda tutgan o‘rni va roli”mavzusida ma'ruza qildi, jiddiy muhokamalardan
so‘ng ma'ruza o‘zbek va rus tillarida nashr qilindi. U ”Bunday shaxsning yuzaga kelishi
davrning, zamonning taqozosi, Chig‘atoy ulusining zulmi, mayda feodal beklarni vahshiyona
ezishi, mo‘g‘ul xonlari, Oltin O‘rda beklarining Movaraunnahrdagi to‘xtovsiz bosqinchilik
yurishlari, azoblangan, xonavayron bo‘lgan, 150 yil davomida chet el hukmronligidan tinkasi
qurigan mamlakatning, xalqning mustaqillikka erishish talabi edi. Bu tarixiy zaruriyat Temurda,
uning lashkarboshilarida ravshan ko‘rindi. Temur davlat arbobi sifatida ma'lum darajada bu
ehtiyojni, talabni, zaruriyatni o‘zida aks ettirdi, ya'ni Movanaunnahrda mustaqil markaziy
birlashgan davlat tuzdi, mamlakat ehtiyojlariga javob berdi. Mulkdor sinflar, savdogarlar,
karvonsaroy egalari hamda ma'lum ma'noda aholi talablariga peshvoz chiqib, mamlakatning ko‘p
joylarida qurilishlar qildirdi, kamida yuz yigirma yil davomida nisbatan osoyishtalik o‘rnatdi. Bu
shubhasiz, mamkalakatda iqtisod, madaniyat, fan, adabiyot va san'atning o‘sishida muhim omil
bo‘ldi. Temurning O‘rta Osiyo tarixidagi xizmati, bizningcha ana shulardan iboratdir”
33
deb
ta'kidladi.
I.Mo‘minov “Amir Temur O‘rta Osiyoni birlashtiribgina qolmasdan, balki Rusga va
boshqa yevropa xalqlariga, shuningdek Shimoliy Afrika xalqlariga, birinchi navbatda Misr
xalqiga yordam ko‘rsatdi”
34
deb ta'kidladi. Bu asari bilan I.Mo‘minov ba'zi tarixchilarning “Amir
Temur o‘zidan vayrona va kuldan boshqa hyech narsa qoldirmadi”, “Temur va Chingizxon bir
tarzda ish ko‘rdi” degan uydirma da'volarning asossiz ekanligini isbotladi. Bu totalitar mafkura
hukmronlik qilgan davrdagi buyuk jasorat namunasi edi. Shu bois, I.Mo‘minov ma'muriy –
buyruqbozlik tizimi mafkurasining keskin tanqidi va adolatsiz tazyiqiga uchradi. Chunki
marksistik mafkura uchun millatning o‘z –o‘zini angalashga asos bo‘ladigan ilmiy tarixiy dalillar
emas, balki millatlar va xalqlarni tarixiy ildizlaridan va qadriyatlaridan uzib qo‘yadigan
kommunistik ongni shakllantirish muhimroq edi. Shunday bo‘lsada, 1976-1977 yillarda uning 4
jildlik “Tanlangan asarlari” nashr qilindi. Ushbu kitoblarga I.Mo‘minovning nafaqat O‘rta Osiyo
32
Qarang.SHermuxamedov S. Xalq ma’naviyati va ma’rifatiga baxshida etilgan umr. -T.: Fan, 2004. –B. 4.
33
Mo‘minov I. Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli. 2 nashr. -T.: Fan, 1993. –B.54-55.
34
O‘sha asar. –B.52-53.
mutafakkirlari, (Mirzo Bedil, A.Beruniy, Yu.Qoshg‘ariy, A.Navoiy, A.Jomiy), balki g‘arb
falsafasi namoyondalari (Gegel, Kant, Yum, Fixte) ijodiga bag‘ishlangan asarlari jamlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |