Protestantizm dini. Protestanizm tarixi Martin Lyuterdan 1483-1546) boshlanadi. U birinchi
bo‘lib katolik cherkovi bilan aloqani uzdi va protestant cherkovining asosiy qoidalarini ishlab chiqdi va
uni himoya qildi. Bu nizomga ko‘ra, insonning Xudo bilan bevosita muloqoti mumkin. Lyuterning diniy
va dunyoviy hokimiyatga qarshi chiqishlari, katolik dindorlarning imonni va vijdonni inson bilan Xudo
o‘rtasidagi vositachi sifatida nazorat qilish haqidagi mulohazalarga qarshi chiqishi jamoatchilik
tomonidan favqulodda diqqat bilan tinglandi. Protestantizmning mohiyatiga ko‘ra, ilohiy lutfu
marhamat insonlarga cherkovning vositasisiz, bevosita in’om etiladi. Inson najot topishi uning shaxsiy
e’tiqodi va Isoning vositasi orqali ro‘y beradi. Avom ruhoniylardan farqlanmaydi, ruhoniylik hamma
dindorlarga bir xilda joriy etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |