Javob: Falsafa asoslari bayon qilingan aksariyat darsliklarda ushbu atama qadimgi yunon tilidagi
«filosofiya» so’zidan olingani va u «donishmandlikni sevish» («filo» — sevaman, «sofiya» donolik)
degan ma’noni anglatishi ta’kidlanadi. Bu — ushbu so’zning, atamaning lug’aviy ma’nosi bo’lib
hisoblanadi. «Falsafa» atamasi «filosofiya»ning Sharq ijtimoiy tafakkuridagi shaklidir. Odatda u
tushuncha sifatida tor va keng ma’nolarda qo’llanadi. «Falsafa» tushunchasi tor ma’noda madaniyat,
san’at, aqliy yoki hissiy bilish usuli, vositasi tarzida ta’riflanadi. Falsafaga bo’lgan munosabatning
xilma-xilligiga asoslangan holda, unga yaxlit, umumlashgan ta’riflar ham berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: