Falsafa tarixida dialektika munosabat


Tizimlarning o‘ziga xos xususiyatlari



Download 163,5 Kb.
bet14/24
Sana11.04.2022
Hajmi163,5 Kb.
#543538
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
FALSAFA KATEGORIYA

Tizimlarning o‘ziga xos xususiyatlari. Tizimlarning muhim umumiy xususiyatlari tizimli yondashuvning bir qancha tamoyillarini ta'riflash imkonini beradi.
Birinchi – yaxlitlik tamoyili. Har qanday tizim ko‘p sonli elementlardan tashkil topadi, lekin ularning yig‘indisiga bog‘liq emas.
Ikkinchi tamoyil – tizimli tuzilishining ierarxiyaviyligi: tizimning har bir elementi murakkab tuzilishga ega bo‘lib, nisbatan mustaqil tizim sifatida qaraladi. Ayni vaqtda o‘rganilayotgan tizim murakkabroq tizim tarkibiga uning elementlaridan biri sifatida kiradi.
Uchinchi tamoyil – tizimni tashkil etuvchi elementlar bir-biri bilan muayyan munosabatlarga kirishadi. Ularning orasida eng muhimlari tizim tashkil etuvchi, tizimning yaxlitligini ta'minlovchi elementlardir.
Tizimni o‘rganish strukturaviy va funksional yondashuvlardan foydalanishni nazarda tutadi.
Strukturaviy yondashuv tizimni uning tuzilishi va shakli nuqtai nazaridan o‘rganish imkonini beradi.
Funksional yondashuv esa, tizimning xulq-atvori va boshqa tizimlar bilan o‘zaro aloqalarini tadqiq etish uchun imkoniyat yaratadi. Tizimlarning o‘zaro aloqasi kauzal, aniq belgilangan va statistik, ya'ni ehtimol tutilgan bo‘lishi mumkin. Tizimning muhitdagi xulq-atvori aktiv va reaktiv bo‘lishi mumkin. Tizimning aktiv xulq-atvori maqsadlar nuqtai nazaridan tavsiflanishi mumkin.
Tizimlarning tiplari. Tizimlarning umumiy belgilari bilan bir qatorda, muayyan tiplari faqat o‘zigagina xos bo‘lgan tipologik belgilarga egadir. Masalan, belgilar tizimlarini o‘rganish bilan ilmiy bilimning alohida sohasi-semiotika shug‘ullanadi. U bizning til haqidagi, madaniyat turli tillarining o‘xshash jihatlari va farqlari haqidagi tasavvurlarimizni sezilarli darajada boyitadi.
Kibernetika boshqaruvchi tizimlar xulq-atvorini o‘rganadiki, bu oqilona asoslangan boshqaruv tizimlarini yaratish imkonini beradi. O‘yinlar nazariyasi bizning konfliktlashayotgan tizimlar haqidagi tasavvurimizni ancha kengaytiradi, sinergetika esa o‘ta murakkab tizimlar xulq-atvorining qonuniyatlarini aniqlaydi. Shunday qilib, tizim, struktura va element kategoriyalari fan va falsafani yanada boyitib, muhim metodologik vazifani bajaradi.
Elementlari va strukturasining xususiyatiga ko‘ra tizimlarning har xil turlari farqlanadi. Ob'ektiv borliqda mavjud bo‘lgan moddiy tizimlarni va ob'ektiv borliqning inson ongidagi in'ikosi hisoblangan ideal tizimlarni farqlash ayniqsa keng tarqalgan. Elementlari va aloqalarining soniga ko‘ra sodda va murakkab tizimlar farqlanadi.

Download 163,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish