«fаlsаfа» modulidan oʼquv-uslubiy mаjmuа



Download 481,06 Kb.
bet88/153
Sana13.11.2022
Hajmi481,06 Kb.
#864845
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   153
Bog'liq
FAlsafa UMK 2022-yil 11 ta mavzu\' LOTINCHASI

Sanʼatda goʼzallik. Sanʼat - inson jasoratining goʼzalligini uning oliyjanobligini, fidoyiligini aks ettiradi. Sanʼat tabiat va insonni haoʼoʼoniy yuksak badiiy formada aks etirsa, yuksak ideallar uchun kurashsa, u goʼzal boʼladi. Sanʼat sotsial yovuzlikni, tubanlikni, razillikni ham fosh etadi. Sanʼat hayotning xunuk jihatlari va hodisalarini tasvirlash bilan bizni goʼzallikka chorlaydi.
Xunuklik. Hayot halok qilgan taraoʼoʼiyotga toʼsiq boʼlgan, insonni mayib qilgan nimaiki narsa va hodisa boʼlsa, uni xunuklik tushunchasi bilan ifodalaganlar. Goʼzallik va xunuklik qarama - qarshidir. Ijtimoiy hodisalar, insonning yaramas va qoloq odat hamda xususiyatlari xunuklikning goʼzallikdan farqini bildiradi:
- boshqalar hisobiga yashash uchun harakat qiladigan tekinxoʼr ham; - hamma joyda faqat oʼzini oʼylaydigan va boshqa kishilarga beparvo qaraydigan shaxsiyatparast ham; -xalqlarning doʼst va birodarlik munosabatlarining goʼzalligini his qilmaydigan millatchi ham xunukdir.
Xunuklik xilma-xil koʼrinishga ega. U bezorilik hatti-xarakatida ham, qoʼpollikda ham, insonning hayotiy manfaatlarining chegaralanganligida ham koʼrinishi mumkin. Hayot goʼzalligini qaror toptirish uchun kurashni xunuklikning barcha koʼrinishlariga qarshi kurashdan ajratib boʼlmaydi.
Ulugʼvorlik. Ulugʼvorlik insonga his-tuygʼuni taʼsir etuvchi, uni quvonch va hayratga soluvchi kuchdir. Ulugʼvorlik tuygʼusining manbai – dahshat yoki shunga oʼxshash tuygʼular qoʼzgʼatadigan barcha narsalar, voqea – hodisalardir. Goʼzallik singari ulugʼvorlik ham qoʼpol, sof foyda maʼnosidagi manfaatdan holi boʼlib, hamma uchun umumiy ahamiyatli, maqsadga muvofiqlik va zarurlik tasavvurlarini oʼzida mujassamlashtirgandir. Chernishevskiy: - Oddiy shamoldan bir necha yuz marta kuchli boʼron ulugʼvordir,- pastkash hisob-kitob va intilishlardan yuz karra kuchli boʼlgan sevgi ulugʼvordir, deb taʼkidlaydi.
Ulugʼvorlik koʼlami goʼzallik koʼlamidek cheksizdir. U tabiatda, jamiyatda inson faoliyatida namoyon boʼladi. ulugʼvorlik odamlarni faol harakatga, oʼzlaridagi ijodiy imkoniyatlarni ishga solishga ragʼbatlantiradi. Tabiatda baland togʼlar, qudratli shar-sharalar, cheksiz okeanlar, moviy dengizlar, tubsiz osmon ulugʼvorlik timsollari boʼlib, ular ulkanlik, buyuklik, keng koʼlamlik, tuganmaslik jihatda umumiylikka ega. Tabiatda ulugʼvorlik insonni zaiflikka emas, balki undagi tabiat bilan qoʼshilib ketishga intilish hissini uygʼotadi. Ulugʼvorlik hissi (oʼzicha estetik) hayratlanish, ehtirom, tan berish tuygʼularini qamrab oladi. Bularga baʼzida qoʼrquv hissi ham qoʼshiladi, qoʼrquv hissini insonni kamsitmaydi, balki toʼsiqlarni engib oʼtishda turtki boʼladi.
Ijtimoiy hayotda ulugʼvorlik qahramonlik va mardlik bilan qorishib ketadi. qahramonlikda ulugʼlikka xos estetik va axloqiy sifat toʼla namoyon boʼladi. Xalq fidoiylari, elu-yurt jonkuyar-larining qiyofalari bir vaqtning oʼzida ham ulugʼvorlikni ham mardonalikni namoyon qiladi.
Аlisher Navoiy taʼbiricha, qahramonlik, ulugʼlik, halol mehnatda, yaxshi axloqiy aqidalarga doimiy tarzda amal qilishda oʼz ifodasini topadi.
Sanʼatda ulugʼvorlik. Sanʼatning turli shakllarida ulugʼlik xilma-xil tasvirlanadi,-qahramonlik dostonlari, lirik dostonlar, qahramonlik fojiasi, qahramonlik musiqa asarlari, meʼmorchilik kabi sanʼat mujdalari ulugʼlik mavzuini badiiy oʼzlashtirish jarayonida vujudga keladi. Meʼmorchilikda Misr piramidalari, Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlaridagi meʼmorchilik obidalari, yunonlarning Parfenoni, Rimliklarning Koleziyi, Oʼrta asr gotik bosh cherkovlari, Rus cherkovlari meʼmorchiligining eng yaxshi namunalari. Rastrelli kabi meʼmorlar yaratgan goʼzal binolar oʼzlarining salobati, ulugʼvorligi bilan kishini hayratda qoldiradi. Meʼmorchilikda ayrim obidalar: Bobil minorasi, Minorai Kalon, Misr piramidalari oʼzlarining keng koʼlami – miqiyoslari bilan kishini hayron qoldirsalar, boshqalari oʼzlarining oʼta nafisligi, nozik ifodasi, hamohangligi, atrof-muhiti bilan uzviy qoʼshilib ketganligi katta ahamiyat kasb etadi. Аmir Temur dahmasi, Shohi Zinda, Ichan qalʼa, Registon maydoni Mir Аrab madrasasi, Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor minor, meʼmorchilik asarlari nafis sanʼat mujdalari sifatida ulugʼvorlik tuygʼusini mavjlantiradi. Sanʼatda ulugʼvorlik koʼpincha fojialilik bilan yonma-yon namoyon boʼladi.

Download 481,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish