«fаlsаfа» modulidan oʼquv-uslubiy mаjmuа



Download 481,06 Kb.
bet84/153
Sana13.11.2022
Hajmi481,06 Kb.
#864845
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   153
Bog'liq
FAlsafa UMK 2022-yil 11 ta mavzu\' LOTINCHASI

Estetik did – bu bizning predmet yoki hodisadan oladigan qoniqish yoki qoniqmaslik haqida hukm chiqarish qobiliyatimizdir. estetik did kishining umumiy madaniyatiga, uning aqli va tuygʼusining rivojlanishiga bogʼliq, uni shuning uchun ham tarbiyalash, rivojlantirish mumkin. Bunda sanʼatning estetik didni, shakllantiradigan eng yaxshi namunalari alohida rol oʼynaydi. estetik did hamma vaqt individualdir. Kimgadir U.Hayyom ruboyilari yoqsa, kimgadir А.Yassaviy hikmatlari...
Estetik baho – bu predmet va hodisalarni tushunib, dadil, ishni bilgan holda, estetik qiymati va kamchiliklari haqida hukm chiqara olishdir. Nimagadir yoki kimgadir estetik baho berish goʼzallik qonunlari haqida oʼz bilimini aniq va ongli ravishda qoʼllash, mazkur predmet, hatti-harakat, inson nima uchun goʼzal yoki xunuk ekani haqidagi tushunchani namoyon etishdir. estetik baho boshqa baholardan farqli oʼlaroq, hodisalarni yaxlit qamrab oladi. Masalan: «Аʼlochi talaba» desak, biz uning bilimiga, «haqiqiy doʼst» desak, axloqiga baho bergan boʼlamiz. «Аjoyib inson» degan baho-haqiqiy estetik bahodir.
Estetik ideal – bu kishilarning hayotda va kishining oʼzida mukammal boʼlgan va orzu qilingan narsa haqidagi tasavvuri. Bu faqat eng yaxshi ijtimoiy tuzum haqidagi (siyosiy ideal) va eng adolatli jamiyat haqida (axloqiy ideal)dagi tasavvurgina emas. Bu kishilar, ularning muhit, atrof-muhit, kishilarning oʼzaro munosabatlari goʼzal boʼlgan yaxlit, eng yaxshi hayot haqidagi tasavvurlaridir. Kishilar ongidagi estetik ideal amalda yuzaga chiqishi kerak boʼlgan goʼzallik obrazi tarzida mavjud. Estetik qarashlar voqelikning estetik tomonlarini his-tuygʼu, yordamida idrok etish, ularni tushunchali anglashdan oldin sodir boʼladi. Nafosat, oliyjanoblik, fojiali, kulgili, sanʼatning mohiyati va burchi masalalarni qamrab olgan estetik qarashlar va nazariyalar estetik ongning barcha qismlariga taʼsir oʼtkazadi. estetik his-tuygʼular, didlar, ayniqsa orzular xususiyati koʼp jihatdan estetik qarashlar va nazariyalarga bogʼliq boʼladi.

Download 481,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish