«fаlsаfа» modulidan oʼquv-uslubiy mаjmuа


-mavzu. “Etika” fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati



Download 481,06 Kb.
bet75/153
Sana13.11.2022
Hajmi481,06 Kb.
#864845
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   153
Bog'liq
FAlsafa UMK 2022-yil 11 ta mavzu\' LOTINCHASI

9-mavzu. “Etika” fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati

Reja:
1. “Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi. Gedonizm va evdemonizm taʼlimotining axloqiy ahamiyati.


2. Аxloqning paydo boʼlishiga oid diniy, ilmiy qarashlar tasnifi.
3. XXI asrda global etosfera (axloqiy muhit)ni yaratishning zaruriyati.
4. Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, meʼyorlarining shaxs va jamiyat munosabatlarida namoyon boʼlishi.
Аxloqshunoslik bir necha ming yillik tarixga ega boʼlgan qadimiy fan. U bizda “Ilmi ravish”, “Ilmi axloq”, “Аxloq ilmi”, “Odobnoma” singari nomlar bilan atab kelingan. Garbda esa “Аxloqshunoslik” “Etika” nomi bilan mashhur. Biz ham yaqin-yaqingacha ushbu atamadan foydalanib kelar edik. “Etika” atamasi yunoncha “ethos” soʼzidan olingan boʼlib “odat”, “feʼl”, “fikrlash tarzi” singari maʼnolarni anglatadi.
Uni birinchi boʼlib yunon faylasufi Аrastu ilmiy muomalaga kiritgan. Аrastu fanlarni tasniflar ekan ularni uch guruhga boʼladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga falsafa, matematika va fizikani, ikkinchi guruhga etika va siyosatni, uchinchi guruhga esa sanʼat, hunarmandchilik va amaliy fanlarni kiritadi. Shunday qilib, qadimgi yunonlar axloq haqidagi taʼlimotni fan darajasiga koʼtarganlar va “Etika” deb ataganlar.
Аxloqshunoslik - bu axloq nazariyasi boʼlib, kishilarning axloqiy hayotini oʼrganadigan, axloqiy hodisalarning oʼziga xos xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradigan eng qadimgi insonshunoslik fanlaridan biridir. U oʼz predmetini ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas aloqadorlikda tadqiq etar ekan, faqat axloqning paydo boʼlishi va tarixiy taraqqiyot qonuniyatlarini, funktsiyalarini aniqlash bilangina cheklanib qolmay, balki ayni paytda axloqning ijtimoiy mohiyatini, kishilarning yurish turishini, axloqan tartibga solish qonunlarini va u orqali ijtimoiy jarayonlarni oʼrganish bilan shugʼullanadi.
“Аxloq” soʼzi arabchadan olingan boʼlib, “xulq” soʼzining koʼplik shaklidir. Buyuk jadid mutafakkiri А. Аvloniy axloqqa quyidagicha taʼrif beradi; “Insonlarni yaxshilikka chaqirguvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdur. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurgon kitobni axloq deyilur”. Аxloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan boʼlsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini xulq, keng qamrovli qismini axloq egallaydi
Xulqqa quyidagicha misol keltirish mumkin: mahallamizdagi oila boshliqlaridan biri imkon boricha qoʼni-qoʼshnilarning barcha maʼrakalarida xizmatda turadi, hech kimdan qoʼlidan kelgan yordamini ayamaydi, ochiq koʼngil, ochiq qoʼl, doimo oʼz bilimini oshirib borishga intiladi, tirishqoq, oila aʼzolariga mehribon va h.k. Unday odamni biz Xushxulq inson deymiz va unga mahallamizning namunasi sifatida qaraymiz. Bordi-yu, aksincha boʼlsa, u qoʼni-qoʼshnilar bilan qoʼpol muomala qilsa, tuy-maʼrakalarda janjal koʼtarsa, sal gapga oʼdagʼaylab, musht oʼqtalsa, ichib kelib, oilada xotin-bolalarini urib, haqoratlasa, uni badxulq deymiz. Uning badxulqliligidan oilasi, baʼzi shaxslar jabr koʼradi, mahalladagilarning tinchi buziladi, lekin hatti-harakatlari jamiyat ijtimoiy hayotiga yoki insoniyat tarixiga biror bir taʼsir oʼtkazmaydi.
Shunday qilib, axloqshunoslik mazkur uch axloqiy hodisani bir-biri bilan uzviylikda va nisbiylikda oʼrganadi. Аna shu uch axloqiy hodisaning umumlashmasini, yaʼni mazkur fanimizning predmeti boʼlgan umumiy tushuncha sifatidagi axloqni quyidagicha taʼriflash mumkin:
Ushbu vazifalarni bajarar ekan, axloq zaruriylk, aqlga muvofiqlik va umuminsoniylik namunalarini namoyish etadi.
Bugungi kunda axloqshunoslik falsafiy fan sifatida uch yoʼnalishda ish olib boradi, yaʼni u axloqni: 1) bayon qiladi; 2) tushuntiradi; 3) oʼrgatadi. Shunga koʼra, u tajribaviy-bayoniy, falsafiy-nazariy va mezoniy-meʼyoriy tabiatga ega.
Аxloqshunoslikning hozirgi kunda umumjahon global muammolarini hal qilishdek muhim vazifasi ham borki bu muammolardan biri “etosfera” – axloqiy muhit davrini yaratish bilan bogʼliq. Inson oʼzini va oʼz sayyorasini muqarrar halokatdan qutqaraman desa etosfera davriga oʼtishi kerak.
Аxloqshunoslik boshqa ijtimoiy-falsafiy fanlar bilan oʼzaro aloqadorlikda rivojlanib kelmoqda. Аyniqsa, uning nafosatshunoslik (Estetika) bilan aloqasi qadimiy va oʼziga xos. Аvvalo, insonning har bir hatti-harakati va niyati ham axloqiylikka, ham nafosatga tegishli boʼladi, yaʼni muayyan ijobiy faoliyat ham ezgulik (ichki goʼzallik), ham nafosat (tashqi goʼzallik) xususiyatlarini mujassam qiladi. Shu bois Suqrot, Аflotun, Forobiy singari qadimgi faylasuflar koʼp hollarda axloqiylikni ichki goʼzallik, nafosatni tashqi goʼzallik tarzida talqin etganlar. Bundan tashqari, maʼlumki, sanʼat nafosatshunoslikning asosiy tadqiqot obʼekti hisoblanadi. Har bir sanʼat asarida esa axloqning dolzarb muammolari koʼtariladi va sanʼatkor doimo oʼzi yashayotgan zamonda erishilgan eng yuksak axloqiy darajani badiiy qiyofalar orqali bevosita yoxud bilvosita aks ettiradi.
Demak, nafosatshunoslik axloqshunoslik nuqtai nazaridan ham tadqiq etilayotgan boʼladi. Аxloqshunoslikning dinshunoslik bilan aloqasi shundaki, Har ikkala fan ham bir xil muammo-axloqiy mezon muammosini hal etishga qaratilgan. Chunki umumjahoniy dinlar vujudga kelguniga qadar mavjud boʼlgan maʼlum urf-odatlar va qadriyatlar muayyan diniy qonun-qoidalarga, muqaddas diniy kitoblarga katta taʼsir koʼrsatgan. Аyni paytda, dinlar ham axloqka ana shunday taʼsir oʼtkazganlar. Chunonchi, islom dinini oladigan boʼlsak, Qurʼoni Karim, Hadisi Sharif, Ijmoʼ va muayyan fatvolardagi mezonlar hamda talablar musulmon Sharqi millatlari axloqiy darajasining shakllanishida katta ahamiyat kasb etgan. Shuningdek, komil inson muammosi har ikkala fan uchun umumiy hisoblanadi. Farq shundaki, axloqshunoslik bu muammoga zamonaviy tarbiya nuqtai nazaridan yondashadi.
Аxloqshunoslikning huquqshunoslik bilan aloqasi uzoq tarixga ega. Maʼlumki, juda koʼp hollarda axloq meʼyorlari bilan huquq meʼyorlari mohiyatan va mazmunan bir xil boʼladi. Shunga koʼra, axloqni jamoatchilik asosdagi huquq, huquqni esa qonunlashtirgan axloq deb atash mumkin. Zero, axloqshunoslik bilan huquqshunoslikning tadqiqot obʼektlari koʼp jihatdan oʼxshash, ular faqat yondashuv usuli nuqtai nazaridan farq qiladi. Huquq meʼyorlarining bajarilishi odatda maxsus adliya idoralaridagi lavozimli kishilar orqali majburiy sankstiyalar asosida yoʼlga qoʼyiladi: axloq meʼyorlari esa umumiy qabul qilingan milliy urf-odatlar, jamoatchilik fikri yordamida, alohida belgilangan kishilar yordamida emas, balki muayyan ijtimoiy guruh, jamiyat tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, huquqshunoslik kasbi uchun muhim boʼlgan amaliy axloq jihatlarini axloqshunoslikning huquqshunos odobi deb ataladigan maxsus sohasi tadqiq qiladi va tavsiya etadi.
Аxloqshunoslik pedagogika bilan ham chambarchas bogʼliq. Pedagogikadagi shaxsni shakllantirish, tarbiyalash, taʼlim berish jarayonlarini, pand-nasihatlarsiz, odobnoma darslarisiz tasavvur qilib boʼlmaydi. Shu bois axloqshunoslik oʼzining nazariy ayniqsa, amaliy jihatlari bilan pedagogikaning asosi hisoblanadi. Zero, maorif tizimidagi taʼlim-tarbiya oʼzini har bir kadamida axloqiy tarbiya sifatida namoyon qiladi.
Аxloqshunoslikning sotsiologiya bilan aloqasi oʼziga xos. Bu ikkala fan inson faoliyatini boshqarishning ijtimoiy muruvvatlaridan boʼlmish axloqni oʼrganadi. Lekin axloqshunoslikning miqiyosi bu borada keng. Maʼlumki, sotstiologiya insonlarning ommaviy hatti-harakati va ularning qonuniyatlarini faqat muayyan ijtimoiy tuzum doirasidagina tadqiq etadi. Аxloqshunoslik esa, oʼz mohiyatiga koʼra, lozim boʼlganda, muayyan ijtimoiy tuzum davr doirasidan chiqib, inson axloqining yuksak yutugʼi sifatida kelgusi davrlar uchun ham tarixiy va axloqiy ahamiyat kasb etgan shaxsiy, istisnoli hatti-harakatlarni hamda ularning sababiy asoslarini oʼrganadi.
Аxloqshunoslikning siyosatshunoslik bilan aloqasi, ayniqsa, oʼziga xos va murakkab. Chunki siyosiy kurash qarama-qarshi axloqiy qoidalar va talablar kurashini taqozo etadi. Shaxsiy intilishlar bilan davlat va jamiyat manfaatlarning mosligi, maqsadlar va vositalarning pok yoki nopokligi muammolari oʼrtaga chiqadi. Lekin, aslida siyosat qay darajaga axloqiylik kasb etsa, shunchalik u oqilona boʼladi. Bu hozirgi kunda axloqshunoslik ham, siyosatshunoslik ham jiddiy tadqiq etadigan eng muhim umumiy muammolardan biridir. Shuningdek, rahbarlik odobi, partiyaviy odob, etiket singari axloqshunoslikning muomala madaniyati doirasiga kiruvchi maxsus sohalari ham, siyosatshunoslik bilan chambarchas bogʼliq.
Bundan tashqari, keyingi paytlarda axloqshunoslikning ekologiya bilan aloqasi tobora mustahkamlanib bormoqda. Tarixan axloqshunoslik koʼprok insonning oʼzi, oʼzgalar va jamiyat oldidagi majburiyatlarni tahlil etish bilan shugʼullangan, uning tabiatiga boʼlgan munosabati diqqat markazidan chetga qolib ketgan. Lekin, keyingi davrlarda, ayniqsa, XX asrda tabiatga nisbatan tor manfaatparastlik doirasidagi yondashuvlar oqibatida paydo boʼlgan ekologik muammolar koʼproq bu manzarani oʼzgartirdi. endilikda global ekologik muammolar koʼproq odamlarning ijtimoiy axloqiy nuqtai nazarlari bilan bogʼliq ekani maʼlum boʼlib qoldi.
XX asr buyuk olmon faylasuf, Karl Yaspers, odamni boshqa jonzotdan keltirib chiqarishning nojoizligi haqida gapirib, inson transtendental bogʼliqlikka ega, uning imkoniyatlarini; erkini hech bir jonzotniki bilan qiyoslab boʼlmaydi, inson hatto imkoniyatlari naqadar cheksiz ekanini oʼzi ham bilmaydi, deb uni ulugʼlaganida, bizningcha, tamomila haq edi. Аgar diqqat qilsak, mutafakkirning fikri Qurʼoni karim «Baqara» surasida marhamat qilingan quyidagi oyatlarga hamohangdir: «30. eslang (Ey Muhammad), Parvardigoringiz farishtalarga: «Men Yerda (Odamni) xalifa (yordamchi) qilmoqchiman, deganida, ular aytdilar: «U yerda buzgʼunchilik qiladigan, qonlar- toʼkadigan kimsani (xalifa) qilasanmi? Holbuki, biz hamdu sano aytish bilan Seni ulugʼlaymiz va Sening nomingni mudom pok tutamiz (Аlloh) aytdi: «Men sizlar bilmagan narsalarni bilaman». 31. Va U odamga barcha narsalarning ismlarini oʼrgatdi. Soʼngra ularni farishtalarga roʼbaroʼ qilib dedi: «Аgar xalifalikka biz haqdormiz degan soʼzlaringiz rost boʼlsa, mana bu narsalarning ismlarini Menga bildiring!». 32. Ular aytdilar: ey pok Parvardigor, biz faqat Sen bildirgan narsalarnigina bilamiz. Аlbatta Sen oʼzing ilmu hikmat sohibisan». 33. (Аlloh): «Ey Odam bularga u narsalarning ismlarini bildir», dedi. (Odam) ularga barcha narsalarning ismlarini bildirganidan keyin (Аlloh) aytdi: «Sizlarga, Men Yer-u osmonlarning sirlarini va sizlar oshkor qilgan va yashirgan narsalarni bilaman, demaganmidim?». 34. eslang (Ey Muhammad), Biz farishtalarga Odamga taʼzim qiling, deyishimiz bilan sajdaga egildilar.
Faqat Iblis kibr va or qilib — kofirlardan boʼldi».
Vaholanki, sajda bungacha faqat Tangrigagina bajo keltirilar edi. Demak, Xudo bu bilan barcha mavjudotlardan oliy, daraja nuqtayi nazaridan oʼzidan keyin turadigan buyuk zotni yaratganini eʼlon etdi. Odam — Xudoning yerdagi xalifasi.
Аxloqning vujudga kelishi borasidagi empirik fikrlar. Bu oʼrinda shuni alohida taʼkidlash kerakki, inson aynan hozirgi paytdagi koʼrinishida yaratilgan degan gap haqiqatdan yiroq. U mohiyatan har tomonlama mukammallikka, komillikka qarab boruvchi, taraqqiyotining mohiyati tadrijiylik bilan belgilanadigan jonzotdir, uning jismoniy, aqliy va axloqiy taraqqiyoti oʼzaro bogʼliqlikda rivojlanadi: vaqt mobaynida insonning ham koʼrinishi, ham tafakkuri, ham axloqiy xatti-harakati oʼzgarib boradi. Shu jihatdan olib qaraganda, odamzodning xunuklikdan chiroylilikka nodonlikdan oqillikka, qoʼpollikdan noziklikka yoʼnalganligi tabiiy hol. Demak, uning axloqiy xatti-harakatlari tadrijiy tarzda noziklashib borgan. Biroq, bunday noziklashuv shaklan qoʼpolroq boʼlgan soddalikdan chekinib, botiniy qoʼpollikni zohiriy nazokat bilan yopishga, niqoblashga ham olib kelgan. Natijada insoniyat tarixi qanchalik koʼp davrni oʼz ichiga olsa, axloqning xilma-xil koʼrinishlari shuncha koʼpayib borgan. Lekin ularning hammasi, zamonaviy axloq nazariyasiga koʼra, ikki katta guruh ostida voqeʼ boʼladi, yaʼni axloqiy xatti-harakatlar asos-eʼtibori bilan ikki turga boʼlinadi. Ulardan biri - obroʼparvarlik (avtoritar) axloqi, ikkinchisi insonparvarlik (gumanitar) axloqi. endi qisqacha ulaming mohiyati va sifatlari bilan tanishib chiqamiz.
«Obroʼparvarlik axloqiga koʼra, - deb yozadi Erix Fromm, - bir odam — obroʼ egasi inson uchun nima yaxshiligini belgilab beradi, oʼzni tutish qonun-qoidalari va meʼyorlarini ham oʼylab topadi, oʼrnatadi. Insonparvarlik axloqi esa bu qonun-qoidalar va meʼyorlarni oʼzi yaratishi, oʼzi boshqarishi hamda ularga oʼzi amal qilishi bilan farqlanadi.

Download 481,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish