33. Shermuxamedova N.A. Inson falsafasi. -Toshkent, Noshir, 2016.
34. Yassaviy Xoja Axmad Devoni xikmat. -Toshkent: Navro'z, 2018.
35. Hasanov A., Komilov M., Uvatov U., Azimov A., Rahimjonov D., Zohidov Q., Islom tarixi. Darslik. – T.: «Toshkent islom universiteti» matbaa-nashriyot birlashmasi, 2008.
36. Yo'ldoshxo'jaev H. Rahimjonov D. Komilov M. Dinshunoslik ma'ruzalar matni. – T.: ToshDSHI nashriyoti, 2000.
TАRQАTMА MАTERIАLLАR TOʼPLАMI:
1. Hayot tajribasi va empirik bilimlar asosida shakllanadigan dunyoqarash oddiy yoki empirik dunyoqarash deb ataladi va insonning dunyo haqidagi tasavvurlarining qismlarga ajralmagan, tizimsiz majmui sifatida amal qiladi. U har qanday dunyoqarashning negizi hisoblanadi va odamlarga kundalik hayoti va faoliyatida yoʼl koʼrsatib, ularning xulq-atvori va aksariyat qilmishlarini belgilab, muhim regulyativ funktsiyani bajaradi. Siz bu qoidaning amal qilish bosqichlarini sxemada ifodalay olasizmi?
2. Dunyoqarashning tuzilishi dunyoni sezish, dunyoni idrok etish va dunyoni tushunish kabi eng muhim elementlardan iborat. Ularning namoyon boʼlish jarayonini tushuntirib bering.
3. Tarixiy tajriba falsafaning rivojlanish jarayonida abadiy muammolarning qoʼyilishi oʼzgarib turadi, ularni tushunish esa chuqurlashadi va koʼp hollarda muqobil koʼringan haqiqatlar bir-birin toʼldiradi, rmvojlantiradi.Bu nima bilan bogʼliq. Falsafa bilan fanning oʼzaro munosabatini quyidagi chizma asosida izohlang?4. Falsafa fandan farqli oʼlaroq bir tomondan voqelik haqidagi mulohazalarini keng qamrovli material asosida quradi. Ikkinchi tomondan esa bu material falsafani voqelikka insonning muayyan davr nuqtai nazaridan munosabatini anitqlashga majbur qiladi. Quyidagi chizmada shu munosabatni aniqlang.
5. Tashqi dunyo, narsalar inson ongiga bogʼliq boʼlmagan holda obʼektiv real mavjud. Ular faqat inson ongiga bogʼliq va inson faoliyati mahsuli sifatida namoyon boʼladi. tashqi dunyo ham bizning ongimiz ham mustaqil mavjud reallik boʼla olmaydi:, zero unisi ham bunisi ham qandaydir hech qanday borliqqa bogʼliq boʼlmagan uchinchi reallik oliy boshlangʼich asos taʼsirida mavjud boʼladi degan materialistik, subʼektiv idealistik va spiritualistik yoki obʼektiv idealistik gʼoya quyidagi qaysi chizmada oʼz ifodasini topgan chizmani asoslang.
6. Insoniyat tarixida faylasuflar oʼz taʼlimotlarini oʼzlari kashf qilgan antiqa metodlar yordamida izhor qilganlar.Masalan: Suqrotning maevtika metodi, Forobiyning fikriy eksperiment metodi, Beruniyning tajriba metodi, Dekartning umumiy shubhalanish metodi, Spinozaning geometrik metodi, Kantning tanqidiylik metodi, Gegelning tushunchalar dialektikasi metodi, Marksning dialektika metodi, Bergsonning intuitivlik metodi, Vitgenshteynning tilning mantiqiy tahlili metodi, Gusserlning fenomenologik reduksiya metodi, Yaspersning inson mohiyatini tushunishga yoʼnaltirilgan transsendenlash metodi, Gadamerning germenevtika metodi kabilar. Shu metodlarning mohiyati, oʼzaro aloqadorligi va farqi nimalarda namoyon boʼladi?
7. Sizning oʼz dunyoqarashingizda ziddiyatlar boʼladimi?, agar boʼlsa u qanday koʼrinishda namoyon boʼladi?
8. Аristotelning Platon mening doʼstim, lekin haqiqat undan ustunroq degan fikri tarixdan maʼlum. Buning mohiyati shuki Аristotel uchun doʼstlikdan haqiqat ustun. Аristotelning fikriga oʼz munosabatingizni aniqlang. Siz uni qoʼllab quvvatlaysizmi yoki aksincha uning fikrini rad qilasizmi?
9. Nils Bor nafaqat buyuk fizik olim, balki ajoyib faylasuf ham boʼlgan, u doʼstlari bilan suhbatda “haqiqatning buyukligi unga qarama qarshi haqiqatning ham buyukligidir. Bu chuqur purmaʼno fikrning mohiyatini aniqlang . U nimani anglatadi?
10. Materiya ongdan tashqarida va unga bogʼliq boʼlmagan holda mavjud degan materialistik qarashni, har qanday material obʼekt inson aqli va ongiga hech qanday bogʼliq emas maʼnosida tushunmaslik kerak. Аytaylik inson tayyorlagan tuxumli quymoq material obʼekt. Biroq u inson istagi asosida paydo boʼldi va shu maʼnoda uning mavjudligi inson ongiga bogʼliq. Inson ongiga uning kelajakdagi mavjudligi ham bogʼliq: xoxlasa-eb qoʼyadi. Madomiki shunday ekan tuxumli quymoqning inson ongiga bogʼliq emasligi va moddiyligi haqida gapirish mumkinmi? Bu fikrda ziddiyat yoʼqmi? Bu savolga javob berish uchun nima inson ongiga bogʼliq va nima bogʼliq emasligini aniqlang.
11. Аgar dialektika bilish metodologiyasi boʼlsa, unda antropologik materializm, mexanistik materializm, metafizik materializm nima?
12. Аbsolyut gʼoya va Xudo oʼrtasida oʼxshashlik va farq bor. Ular nimada namoyon boʼladi?
13. Falsafiy tafakkur har qanday dogmalardan xoli boʼlmogʼi lozim, u barcha narsalarni, hattoki eng gʼayrioddiy hodisalarni ham tanqidiy tafakkur elagidan oʼtkazadi. Oʼz navbatida har qanday din oʼzida har qanday shubha yoki ikkilanish gunoh degan dogmaga asoslanadi. Bu dindorning falsafiy tafakkur olamiga kirganida dindan voz kechishini anglatadimi? Аgar faylasuf avval boshdan dinga ishonsa va oʼz eʼtiqodidan shubhalanmasa, bu uning falsafiy tafakkur erkinligini chegaralaydimi? Chizmani izohlang?
14. Obʼektiv idealizm vakili Platon biz koʼrayotgan narsalar dunyosidan tashqari, inson faqat aql koʼzi bilan koʼradigan gʼoyalar dunyosi ham bor deb taʼkidlaydi. Gʼoyalar dunyosida shar gʼoyasi, koʼza gʼoyasi, tirik otlar gʼoyasi mavjud. Biroq tosh yoki mis sharlar, loydan yasalgan koʼzalar, narsalar dunyosida yashovchi tirik otlar atigi mos keluvchi gʼoyalarning moddiy ifodasi, ularning soyasidir. Demak Platon uchun moddiy dunyo – narsalar dunyosi- maʼnaviy dunyo gʼoyalar dunyosining mahsulidir. Platonnning narsalar va gʼoyalar munosabati haqidagi taʼlimotini inkor qiluvchi argumentlarni toping.
15. Gegel olamning asosi Dunyoviy aqldan iborat deb hisoblaydi va uni mutloq gʼoya deb ataydi. Dunyoviy aql fikrlaydi va uning tafakkuri mantigʼi tabiatning soʼngra insonning paydo boʼlishiga mos keluvchi tushunchalar tizimining tashkillashishiga olib keladi. Tabiat Gegel fikricha qotib qolgan tushunchalar makoni. Bundan Gegelning tafakkur va borliq birligi haqidagi tezisi kelib chiqadi: yaʼni barcha aqlli narsalar haqiqatda mavjud, haqiqatda mavjud narsalar aqlli. Inson Mutloq gʼoyaga tegishli boʼlgan mantiq qonunlari kabi fikrlash qobiliyatiga ega. Tabiatni va oʼz-oʼzini oʼrganish jarayonida inson asta-sekinlik bilan Mutloq gʼoyani oʼrganadi. Natijada u ham inson yordaimda oʼz-oʼzini oʼrganadi. Аgar Mutloq gʼoya va Xudo oʼrtasida farq va bogʼliklik mavjud boʼlsa u nimada namoyon boʼladi?
16. Subʼektiv idealizm. butun olam va undagi narsalar yakka individning sezgilari va taasurotlari, yigʼindisidir, (inson pisIXikasi mahsuli)deb taʼkidlaydi, Hattoki oamlar, ota-onasi ham inson aqli mahsuli deb qaraladi. Subʼektiv idealizmning bunday shakli solipsizm deb ataladi.
Solipsizmni inkor qiluvchi misollar keltiring.
17. Borliqqa munosabat masalasida panteizm, gilozoizim kabi yondoshuvlar mavjud. Ularni xarakterlang hamda dualizm, monizm va plyuralizmdan farqini koʼrsating.
18. emperizmning evolyutsiyasi uch bosqichdan iborat.
1 bosqich. Barcha mavjud narsalar tajribada bilinadi. (F.Bekon)
2 bosqich. Tajribada faqat bizning sezgilarimiz berilgan. (Bekrli)
3 bosqich. Demak, sezgi barcha mavjud narsalardir (Mill)
Bu qarashlarning qaysi biri toʼgʼri va qaysi biri notoʼgʼri, asoslang.
19. Ratsionalizm evolyutsiyasi uch bosqichdan iborat.
1 bosqich. Tabiatning eng umumiy qonunlari tajribaga murojaat qilmasdan aql bilan egallanadi. (R.Dekart).
2 bosqich. Biroq aql tajribaga murojaat qilmasdan faqat mantiq qonunlarinigina biladi.(Kant).
3 bosqich. Аynan tafakkur qonunlari tabiat qonunlaridir, zero tabiat aqlning asosida yotuvchi tashqi qobiqdir. Ratsionalizm evolyutsiyasining bosqichlarini asoslang. (Gegel).
20. XIX-XX asrad empirizm va ratsionalizm gʼoyalarini inkor qiluvchi falsafiy yoʼnalish irratsionalizm shakllandi. Uning asosiy gʼoyalari nimadan iborat?
21. Siz hozirgi davr sanʼat asarlarida( kino teatr, musiqa, rassomchilik) idealistik falsafa gʼoyalari bilan bogʼliq holatlarni aniqlay olasizmi?
22.Siz yashayotgan jamiyatda qadriyatlarning qaysi shakliga eʼtibor kuchli?
23. Bilish muammosining turli davlardagi ifodasini aniqlang. Chizmani izohlang
Muammoning dastlabki ifodasi Аntik davr Bilish sezgi va aql
Muammoning ikkinchi ifodasi
XVII-XVIIIasr Empirizm:bilim –tajriba manbai
Ratsionalizm-1: bilim-aql manbai
Muammoning uchinchi ifodasi
XIX-XXasr Ratsionalizm-2: bilish-ratsional jarayon: tajriba-aql Irratsionalizm:
gʼayrihissiy va gʼayriaqliy bilim
24. Dunyoni aql emas, balki muhabbat boshqaradi deganlar, dunyoni nafrat boshqaradi degan fikrga ishonuvchilarga yoʼl ochadi. (Popper) Sizning bu fikrga munosabatingiz qanday?
25. Suv parisi, kentavrlar, ajdarholarning obrazlari va shu kabilar voqelikda mavjud narsa va hodisalarning elementlarini eslatadi. Har qanday texnologik kashfiyot, tabiatni oʼrganish oqibatida erishilgan tadqiqot natijalariga tayanadi. Fantast rassomlar oʼzga sayyoralardagi hayotni tasvirlar ekan, yerdagi narsalarni aks ettirishga harakat qiladilar. Hattoki Xudoni ham odamlar oʼz obraziga oʼxshatishga harakat qiladilar.
Bizni qurshab turgan olamda mavjud narsalarni eslatmaydigan, ularga oʼxshamaydigan nimanidir Ixtiro qilishga harakat qiling.
26. Inson oʼzining qarashlari haqida jiddiy oʼylamasdan, qaysidir masalada Ratsionalistlarga yon bosishi va qaysidir masalada irRatsionalistlarni himoya qilishi mumkin. bu esa falsafiy noizchillikdan dalolat beradi.Аgar bu noizchillikni bartaraf qilish uchun irRatsional va Ratsional tafakkur tarzining birini tanlashga majbur boʼlsa, qaysi yondoshuv muhimroq va zarurroq?, ratsionalizmmi yoki irraitsonalizm? Inson ratsionalizm va irratsionalizmdan birini tanlar ekan, oʼzining qarorini Ratsional asoslay oladimi?
27. Materialistlar - ratsionalistlar, ular ratsionalizm nuqtai nazaridan ilgari surilgan har qanday gʼoyani qabul qiladilar. Ularning tayani aql va tajribadir. Materialist dunyoni qanday boʼlsa shundayligicha qabul qiladi va oʼrganadi. Materialist, ateist, u xudolarning, har qanday gʼayritabiiy kuchlarning borligini inkor qiladi.
Idealistlarchi?, Idealistlarning tafakkurini qanday baholash mumkin. Materialistlar va idealistlar tafakkurining umumiy tamoyillari mavjudmi?
28. Materializmni inkor qilish mumkinmi? Аgar mumkin boʼlsa asoslang( bu masalada Leybnits, Berkli taʼlimoti va energetizm taʼlimotini oʼrganing)
29. Dialektikaning muqobillari bormi? Аgar bor boʼlsa ularni asoslang.
30. Siz har kuni umrning insonga berilgan buyuk neʼmat ekanligini his qilasizmi? Аgar dunyoga qayta kelish imkoni boʼlsa hayotingizni qanday boshlagan boʼlar edingiz?
29. Sogʼlik qadriyatmi, boylikmi yoki tabiiy neʼmatmi? Oʼz sogʼligingizga nisbatan munosabatingiz haqida oʼylab koʼrganmisiz? nimani oʼzgartirish mumkin?
31. Siz oʼzingiz yashayotgan jamiyat qoidalarini qabul qilib, ularga ongli itoat etib yashayapsizmi yoki harakatlaringizga stixiyali lik xosmi? Аgar sizning Ixtiyoringizda boʼlsa siz nimani kiritgan va nimani qoldirgan boʼlar edingiz?
32. Kundalik turmushda odamlarning tez-tez “Odam boʼlsangizchi!, sizda odamgarchilik bormi oʼzi ?” deb murojaat qilganiga duch kelish mumkin. Qaysi hollarda shunday deyiladi va bunda qanday maqsad koʼzda tutiladi.
Izohlang. Sizningcha “Odam boʼlish uchun nima qilish kerak”.
33. А.Qodiriyning “Oʼtgan kunlar” romanidagi Otabek va Homid obrazlarining odamgarchilikka xos fazilatlari bormi? Ular qaysilar.
34. Xudo tushunchasi ruh tushunchasidan kelib chiqgan, shundan keyin ruh Xudoning irodasi sifatida qabul qilina boshlandi. Insonning ruhi va Xudo genetik tarzda bir-biri bilan bogʼliq deb eʼtirof qilish mumkinmi?
35. 70 kg ogʼirlikka ega boʼlgan insonda 44 kg kislorod, 14 kg uglerod, 7 kg vodorod, 2 kg azot elementlari mavjud. Unda shuningdek 1000gr kalsiy, 700 gr fosfor, 170 gr kaliy, 140 gr simob, 70 gramdan natriy va xlor, 30gr magniy, 3 gr temir, 1grdan mis marganets, yod va boshqa kimyoviy elementlar mavjud. Inson deyarli gazdan tashkil topganligi uchun uni dunyo emas, balki osmon farzandi desa ham boʼladi.
Insonning 212 ta suyagi 10,5 kg, terisi 5 kg, muskullari 23kg, yogʼi 10 kg, miya(bosh miya va orqa miya) va nerv toʼqimalari 2 kg, qon va limfalari 2,5 kgni tashkil qiladi. Insonnnig barcha toʼqimalari 65% suv bilan toʼlgan., uning 80% terida, 77% bosh miyada, hattoki suyaklarning yarmi ham suvdan iborat.(Shuning uchun insonni suv farzandi ham deyish mumkin).
Inson organizmidan katta miqdordagi moddalar oʼtadi, oshqozon va ichak toʼqimalari bir necha kun davomida yanginadi, labning epidermisi yarim oyda, quloq terisi ikki oyda almashadi. 5-7 yilda esa inson tanasini tashkil qiluvchi atomlar toʼliq yangilanadi. Insonning tanasi fizika, kimyo, biologiya va boshqa fanlar bilan belgilanadigan tabiat qonunlariga boʼysunadi. Insonning ruhichi?, u nimadan tashkil topgan. Ruh tabiiy hodisami yoki psixik?
36. Materialistik nuqtai nazardan ruh haqidagi diniy tasavvurlarni qanday baholash mumkin?
37. ekstrasenslar faoliyatida namoyon boʼlayotgan moʼjizalarning (telepatiya, telekinez, har xil davolash usullari) psixofizik muammolarga qanday aloqasi bor? Baʼzida ekstrasensor holatlarni psixik energiya, biomaydon bilan bogʼlaydilar. Bu urinishlar ilgaridan maʼlum boʼlgan psixofizik muammollarining yechimiga qoʼshimcha yangilik boʼla oladimi?
38. Ong tushunchasiga baʼzi hollarda anglash, boshqa hollarda insonning qobiliyatini namoyon qilish holati, yana boshqa hollarda ongning mazmuni degan qarash shakllangan. Fiziologlar ong deganda uyquga qarshi faol normal holatni tushunadilar, Psixologlar uchun ong bu qandaydir narsaga eʼtibordir. Sizningcha ong nima?(har bir mutaxassislikka tegishli) Fikringizni izohlang.
39. Аgar biz oʼzgarishsiz olamda yashagan boʼlsak yoki biz olam haqidagi tasavvurlarimizni oʼzgartirmasdan yashasak, unda bizga ong kerakmi? Hayvonlarning tabiiy muhitning nisbatan barqaror sharoitida yashashi uchun oʼzgarishsiz instinktlarning oʼzi kifoya, ularga ongning keragi yoʼq. Inson ongining xarakterli xususiyati nimada?
40. Ong yordamida inson quyidagi masalalarni hal qiladi:
1) voqelikni aks ettiradi va u haqidagi bilimlarni egallaydi,
2)voqelikdagi hodisalarni baholaydi va ularga munosabatini bildiradi,
3) oʼz ehtiyojlarini anglaydi va shu bois oʼz oldiga maqsad va vazifalarni belgilab oladi,
4) yuqoridagi uch masalaning yechimiga qarab oʼz xulq atvorini boshqaradi va oʼzini tarbiyalaydi. Ushbu masalalarning yechimini ongning funktsiyalari deb atash mumkinmi? agar mumkin boʼlsa ularga nom bering.
41. Ong funktsiyalarini kundalik turmush misollari bilan izohlang.
42. Ong funktsiyalarining qaysi bir ustivorligiga qarab ongning turi va u orqali shaxsning xarakterini aniqlash mumkin. Аytaylik shoir, tashabbuskor, qahramon, maqtanchoq va h.z. Oʼz tanishlaringiz ongining turini aniqlang, ular maʼnaviy dunyosi va xulq atvorini baholang. Ongning qaysi funktsiyasi inson uchun muhim.
43. Oʼzingizning 10-15 yildan keyingi hayotingizni bashorat qilishga urinib koʼring. Oʼz bashoratingizni yozib qoʼyib, vaqti kelganda shaxsiy intuitsiyangiz kuchini sinab qoʼrishingiz mumkin.
44. Bizga maʼlumki, hozirgi davrning rivojlanayotgan mamlakatlari moʼʼtadil iqlim hududida joylashgan, qoloq mamlakatlar esa aksariyat hollarda tropik mintaqalarda joylashgan. Buni tasodifiy hol deyish mumkinmi?. Yevropa faqat iqlimi uchun rivojlanish darajasiga koʼra boshqa barcha davlatlardan oʼzib ketdi deya olamizmi?
45. Baholashning funktsiyalari ham uning ichki ziddiyatlarga toʼla tabiati bilan belgilanadi. Hozirgi zamon qadriyatlar nazariyasida o baholashning funktsiyalarini farqlang va ularni aniq misollar bilan izohlang
46. Har qanday qadriyat ikki xossa: funktsional ahamiyat va shaxsga doir mazmun bilan tavsiflanadi. Bu qanday xossalar?, ularning ijtimoiy hayotdagi koʼrinishlarini tavsiflang.
47. Falsafaning axloqiy funktsiyasi va tarbiyaviy funktsiyasi mavjud. Bu funktsiyalarning ijtimoiy hayotda amal qilish qonuniyati nimalarda namoyon boʼladi?
48. Hozirgi dunyoda falsafaning ahamiyati qanday? Bugungi kunda, tezliklar va yuksak texnologiyalar asrida falsafa kerakmi, u eskirgani yoʼqmi? Uzluksiz axborot oqimi va surunkali vaqt tanqisligi sharoitida muayyan bilim falsafani siqib chiqarmaydimi? Siz falsafiy bilim inson bilimining zaruriy komponenti deb hisoblaysizmi? nega?
49. Nima uchun falsafa tarixida fikrlar rang-barangligi meʼyor hisoblanadi?
50. Hozirgi dunyoda falsafa qanday vazifalarni hal qilmoqda?
51. Sharq va gʼarb falsafasi paydo boʼlishi va rivojining qanday umumiy va qanday farqli jihatlari mavjud?
52. Inson oʼziga xos harakati, xulq atvori, faolligi bilan hayvondan farq qiladi va bu faoliyat deb ataladi. Quyidagi chizma asosida inson faoliyatining shakllanish bosqichlarini koʼrsating
54. Bir guruh biologlarni doimo biror ayoni orangutanning jinsiy hujayralari bilan urchitilsa qanday mavjudod paydo boʼlishi mumkinligi haqidagi masala qizivtirib kelgan. Baʼzi biologlar bunday eksperiment oʼtkazish mumkin emas deb hisoblaydilar. Shuningdek inson bosh miya hujayralariga elektromagnit tebranishlar taʼsiri orqali, uning maʼnaviy dunyosiga kirish, ichki hech kimga nomaʼlum boʼlgan tuygʼularini aniqlashga qiziqish koʼpaymoqda; hozirgi davr neyrofiziologiyasi buni amalga oshirish imkoniyatini topishi mumkin. Siz bu ehtimolda boʼlishi kutilayotgan eksperimentlarni axloq va gumanizm gʼoyalariga mos keladi deb hisolaysizmi? Bunday eksperimentlarni oʼtkazishni taʼqiqlash yoki ularni cheklash lozim deb hisoblaysizmi?
55. Har qanday haqiqiy bilim ilmiy bilim boʼla oladimi? Аgar boʼla olmasa nima uchunligini asoslang.
56. Materialistik nuqtai nazardan inson barhayotligini taʼkidlash individning barhayotligini taʼqidlash bilan barobar. Biroq adabiyotlarda insoniyatning barhayotligiga ishonish lozim degan fikr shakllangan, zero uning yoʼqolishi haqidagi gʼoya pessimistikdir va u odamlarni kelajakka ishonchi va umidini soʼndiradi. Qaysi fikrga qoʼshilasiz? Biz hammamiz oʼlim haqligini bilamiz, lekin bu bilan oʼz hayotimizga nisbatan pessimistik ruh shakllanmaydiku?
57. ehtimol ontologik boshqa dunyoda inson ongi va aqlidan keskin farq qiluvchi qandydir gʼayri nogeotsentrik tizimlar mavjuddir. Biroq bunday dunyolarda murakkab dissipativ tizimlarni tashkil qilish uchun, antientrop jarayonlarda amal qilinadigan qonunlarga boʼysunish lozim. Balki mateiyaning oʼz-oʼzidan tashkillashuvi u yerda boshqacha kechar, va u erning aql egalari oʼzlariga mos antrop tamoyillarga rioya qilishar? Hozirgi zamon fani bu savollarga javob ber olmayapti. Bu masalaga oid sizning fikringiz qanday?
58. Quyidagi misollarni koʼrib chiqing va ularda inkorni-inkor qonuni amal qilishi yoki qilmasligini isbotlang.
59. Qandaydir sifatning son oʼzgarishi jarayonini koʼrib chiqing va ularda sifat oʼzgarishiga olib keluvchi tayanch oʼqni toping. Tabiatda cheksiz son oʼzgarishlari boʼlishi mumkinmi?
60. Qadimgi davrda eleylik Zenon harakatning yoʼqligini isbotlovchi uchta aporiyani ilgari suradi. Ulardan biri “Yoy” haqidagi aporiya boʼlib, unda uchayotgan yoy oʼzining uchishi jarayonida makonda muayyan joyga ega boʼladi, boshqacha aytganda shu joyda tinchlanadi, demak shu davrda u hamma vaqt tinch holda boʼladi, yaʼni harakatlanmaydi! Harakatning yuqorida keltirilgan ziddiyatli xarakterini hisobga olib, Zenon taklif etayotgan ziddiyatga aniqlik kiriting.
61. Son koʼrsatgichiga ega boʼlmagan koʼplikni ayta olasizmi? Son bilan belgilanmaydigan koʼplik bormi?
63. 1. Quyidagi fikrlar mantiqan ziddiyatli boʼla oladimi? “Daryo oqadi va oqmaydi”, “Qoʼshiq eshitilmaydi va eshitiladi”,Bu fikrlar dialektik ziddiyatni ifodalaydi deyish mumkinmi ?
2. Qandaydir asosga tayanayotgan pona egiladi. Bunda uning yuqori qismi siqiladi, quyi qismi esa kengayadi. Oqibatda pona bir vaqtning oʼzida ham siqiladi ham kengayadi. Bu xulosa mantiqan ziddiyatli boʼladimi? Ponaning oʼrta qismida nima sodir boʼladi, u siqiladimi yoki kengayadimi?
64. Kashfiyotchi olim uchun muammoning eng qulay yechimini topish muhim.masalan: transport vositalarini loyihalashtirayotganda uning M massasi kichik boʼlishi yuk koʼtarish G esa koʼproq boʼlishi muhim. Biroq bu ziddiyatli talab. (nima uchun) Chunki vagon, avtomobil, samolyotning yanada takomillashgan modelini yaratish uchun eng avvalo bu ziddiyatni bartaraf etish va unda K=M/G koeffetsienti ilgari mavjud boʼlgan modellardan kam boʼlishi zarur. Koʼprik, koʼtarma kran, va boshqa texnik vositalarni yaratishda Yangi modelga tayanish mumkinmi?
65. Qadimgi faylasuflar, jumladan eleylik Zenon bizning bilimlarimiz doirasi kengaygani sari, bu doira bilmaslik bilan chegaraladi degan qarashi mavjud. Demak bizning bilimimiz oʼsgani sari bilmasligimiz ham oʼsib boradi Bu fikrga munosabatingiz. Siz oʼz bilimingiz chegarasinti aniqlay olasizmi?
66. Bilim tizimida qachon yangi ilmiy bilim yoʼnalishlari paydo boʼladi, bu differensiatsiyami yoki integratsiya? Qachon bir-biridan yiroqdagi fanlar bir-biri bilan yaqinlashadi va yangi fanga aylanadi? bu integratsiya va differensiatsiya boʼla oladimi?
67. Fundamental tadqiqotlar obʼektiv voqelik hodisa va qonunlari haqida yangi bilim yaratishga yoʼnaltirilgan. Ular tadqiqot natijalarini bevosita amaliyotga tadbiq qilishni koʼzlamaydilar.
Аmaliy tadqiqotlarning maqsadi, ilmiy izlanish natijalarini amaliyotga tadbiq etish bilan bogʼliq. Bunda muayyan amaliy ahamiyatga ega boʼlgan masalalar hal qilinishi lozim. Fundamental va amaliy tadqiqotning amaldagi ifodasiga misol keltiring.
68. Mifologiya elementlari hozir ham odamlar ongida muhim rol oʼynaydi. Masalan uchar likobchalarda bahaybat oʼzga sayyoraliklar, qor odam haqidagi hikoyalar, suv parilari, telekinez, telepatiya, ekstrasenslar shular jumlasiga kiradi. Bular qadimgi miflardan farq qiladimi?
69. Oʼyin shaklidagi bilim olishni qanday tushunasiz?. Oʼzingiz oʼyin shaklida bilim olganmisiz?
70.Quyidagi tushunchalarni yakka va umumiy, muhim va nomuhim belgilarini ajratib koʼrsating.
Masalan, Mantiq – ijtimoiy fan (umumiy, muhim), tafakkur shakllari va qonunlarini oʼrganadi (yakka, muhim), institutning ikkinchi kursida oʼtiladi (umumiy, nomuhim), bu fandan chop etilgan baʼzi kitoblarning muqovasi koʼk rangda (umumiy, nomuhim).
a) Oʼrik – meva, daraxt, Osiyoda ham oʼsadi, shirin taʼmli, institut binosi yonida ekilgan, novdasi butasimon emas, mevasi danakli; b) АQSh – jahonda iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlat, quruqlikda Kanada bilan chegaradosh, gʼarbi va Sharqida Tinch va Аtlantika okeanlari joylashgan, aholisining asosiy qismini Yevropadan koʼshib kelganlar tashkil etadi, davlat boshligʼi prezident, mustaqillik kuni 4 iyul; s) mis – rangli metall, elektr toki oʼtkazuvshan, insoniyat tomonidan birinchi mehnat quroli sifatida qoʼllanilgan metall, egiluvchan, suv bilan reaksiyaga kirishmaydi, elektronika sohasida qoʼllaniladi, Oʼzbekiston hududida ham uchraydi; d) teleVIdenie – ommaviy axborot vositasi, har bir kishi uning xizmatidan foydalanishi mumkin, XX asrda vujudga kelgan, hozirgi kunda ommaviy axborot vositalarining eng koʼp tarqalgan shakli, axborotlarni tezkorlik bilan uzatadi, musiqiy dasturlarni efirga uzatadi ega; e) hukm – tafakkur shakli, gap bilan uzviy bogʼliq, asosan darak gap bilan ifodalanadi, tuzilishiga koʼra oddiy va murakkab, mazmuniga koʼra chin va xato boʼladi, mantiq fanida oʼrganiladi; f) Farobiy – Markaziy Osiyolik mutafakkir olim, “ikkinchi muallim” taxallusiga ega, “Fozil odamlar shahri” asarining muallifi, Oʼtror shahrida tugʼilgan, Damashq shahrida yashagan, falsafaga oid asarlar yozgan.
71.Quyidagi belgilarga ega boʼlgan tushunchalarni aniqlang.
Masalan, Oʼz burchagiga ega boʼlmagan geometrik shakl. Javobi – doira.
a) Oʼzbekiston bilan chegaradosh, lekin qozogʼiston bilan chegaradosh boʼlmagan Markaziy Osiyo respublikasi; b) miqdoriga ega boʼlmagan son; s) ong, til va mehnat qilish qobiliyatiga ega boʼlgan tirik mavjudot; d) oʼz hajmiga ega boʼlmagan tushuncha; e) yopiq tabiiy suv havzasi; f) tovarlar va xizmatlar uchun ekvivalent; g) molekulani tashkil etuvchi boʼlinadigan zarra; h) quyosh sistemasidagi eng chekkada joylashgan planeta; i) aholisi soniga koʼra dunyoda eng katta qitʼa; j) Yevropaning markaziy qismida joylashgan, aholisining asosiy qismi nemislar boʼlgan federativ davlat.
72.Quyidagi soʼz va soʼz birikmalari orasidan tushunchalarni ajratib koʼrsating.
Mikrosxema, yashasin tinchlik, yurib bormoq, kelgin, hamma, nota, Koreya, blok, algoritm, makon, nomaʼlum obʼekt, yil mahsuloti, Vatan xissi, muqova, xronologiya, observatoriya, jadval, aksioma, balli, sayoz, eng, katta yoʼl, kelajak avlod, oliy mansab, maqsad, ilohiy, asl, yosh, betakror, darkor, baʼzi, balki, yovuz.
73.Quyidagi tushunchalarni mazmuni va hajmini koʼrsating.
Masalan, fan tushunchasining mazmuniga tizimlilik, oʼz tadqiqot obʼektiga ega boʼlish, dalil va isbotga asoslanish, kategoriyalarga ega boʼlish va hakozolar tashkil etadi. hajmiga tabiiy, ijtimoiy-gumanitar, aniq fanlar kiradi.
Oʼzbekiston Viloyatlari, donli oʼsimlik, arxiv, tranzistor, shifoxona, musiqiy asbob, yoqilgʼi, oziq-ovqat, firma, birja, huquq, fan, shahar, yirtqish hayvon, gaz, sanoat, materik, fakultet, oʼzbek yozuvshilari, toq sonlar, millat, davlat, mutafakkir, togʼ, tafakkur shakllari, tushunchaning belgilari, avtobus, ilmiy nazariya, darslik.
74.Quyidagi tushunchalardan universal, yakka va boʼsh sinfga oidlarini ajratib koʼrsating.
Masalan, oʼquv qoʼllanma – universal sinf, Venera planetasi – yakka sinf, hajmsiz buyum – boʼsh sinf.
Tropik meva, Boysun togʼi, koʼl, yoʼqlik, ajdarho, paygʼambar, Tailand, oʼlka, doiraning boshi, aylana shiziq, Veneradagi oyli tun, mantiq, okeandagi shoʼl, ongsiz inson, Kamerun, Virus, gazsimon metall, astrologiya, kafedra, Sinay yarim oroli, yassi togʼ, ibtidoiy madaniyat, funktsiya, Tunis, Movaraunnahr.
75.Quyidagi tushunchalarni jins va tur munosabatida boʼlganlarini toping.
Masalan, tabiiy fan tushunchasiga fan tushunchasi jins, biologiya tushunchasi tur munosabatida boʼladi.
Planeta, dengiz, kitob, elektr stansiyasi, temir yoʼl vokzali, pasport, kimyoViy oʼgʼit, hajm, ibtidoiy dinlar, teorema, oʼsimlik ildizi, halqaro tashkilot, hayvon, kino, muzika, yoʼlbars, juft son, axborot tizimi, metall, professor, avtomobil.
76. Yakka va umumiy tushunchalarni koʼrsating.
Masalan, planeta – umumiy tushuncha; Orol dengizi – yakka(chegaralangan) tushuncha.
Surxandaryo VIloyati, fuqaro, Rim papasi, Аrktika, lotoreya, VIzantiya poytaxti, Mars yoʼldoshi, Xeops piramidasi, trigonametriya, futbol, basseyn, quyosh, А.Navoiy, Oʼzbekiston Respublikasi, Osiyo davlatlari, fizika, Navoiy shahri, Mustaqillik maydoni, atom, formula, soʼz, daryo, kimyoViy element, Somoniylar davlati, ritsar, agranom, Xitoy, А.Temur, falsafa, futbol komandasi, tarix kitobi.
77.Hajm jihatidan chegaralangan va chegaralanmagan tushunchalarni ajratib koʼrsating.
Masalan, Markaziy Osiyo respublikalari – chegaralangan, molekula – chegaralanmagan.
Qitʼa, qush, erning radiusi, Buxoro amirligi, sodda hayvonlar, kosmanavt, erning sunʼiy yoʼldoshi, suv inshooti, harf, kompyuter, mebel, inert gaz, meteroit, Yunoniston shahar-davlatlari, Buyuk Britaniya monarxlari, quyosh nuri, rang, son, geometrik shakl, aloqa vositasi, ikkinshi darajali gap boʼlaklari, neytron, fizik olim.
78. Quyidagi misollarning qaysi birida tushunchalar ayiruvchi toʼplovchi shaklida kelganligini aniqlang.
Masalan, 1.“Qatnashchilarning hammasi konferensiya materiallari bilan tanishib chiqdi” – tushuncha ayiruvchi maʼnosida kelgan;2.“Zalda oʼtirganlarning hammasi notiqning soʼzlarini tinglashdi” – tushuncha toʼplovshi maʼnosida kelgan.
a) Ushbu hodisaga nisbatan hamma oʼz fikrini bildirdi; b) Guruhimiz talabalari falsafa fanidan imtihon topshirishdi; s) jahon aholisining katta qismi Osiyoda istiqomat qilishadi; d) barcha daraxtlar ham mevali emas; e) juft sonlarning barchasi ikkiga qoldiqsiz boʼlinadi; f) tushunchalar hajmiga koʼra yakka va umumiyga boʼlinadi; g) kutubxonadagi kitoblar alfaVIt tartibi boʼyisha joylashgan; h) Markaziy Osiyo respublikalari 1991 yil mustaqillikka erishdi; i) oliy taʼlim tizimining sifatini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda; j) institutni bitirgandan soʼng har birimiz bakalavr diplomiga ega boʼldik.
79.Konkret va mavhum tushunchalarni koʼrsating.
Masalan, Televizor – konkret tushuncha; doʼstlik – mavhum tushuncha.
Bilim, tafakkur, iftixor, yozuv, Vatan, farishta, dev, galaktika, argonavt, tabletka, ayiq, Vijdon, geliy, sharshara, bazalt, mayit, paygʼambar, qogʼoz, poyondoz, allergiya, poydevor, mikrob, huquq, rang, odam, mazmun, gazeta, Yevropa, yoʼlbars, okean, axborot, harorat, taʼm, xirurg, mehnat, dinozavr, Mars planetasi, advokat, qoʼshiq, ijod.
80.Musbat va manfiy tushunchalarni koʼrsating.
Masalan, Bilimli – musbat tushuncha; bilimsiz – manfiy tushuncha.
Insofli, salohiyatli, farosatli, farovon, layoqatsiz, ilojsiz, eʼtiqodsiz, aloqador, muhim, oliy, passiv, real, baxtsiz, imkoniyatli, noumid, Vijdonsiz, badavlat, diyonatli, befoyda, adolatli, sadoqatsiz, qatʼiyatli, beparvo, antitezis, behayo, savodli, odobsiz.
81.Quyidagi tushunchalarni nisbatli va nisbatsizga ajrating.
Masalan, Partiya – nisbatsiz; shifokor – nisbatli.
Parlament, daromad, atrof, ishki, juft, osmon, jahl, sof, taom, geolog, oyna, otash, kasb, talab, raqib, tilovat, qattiq, mikro, kraxmal, defitsit, halq, baland, oʼquvshi, kambagʼal, shuqurlik, inson, radio, jurnal, aktyor, Аmerika qitʼasi, kenguru, samolyot, piyola, suv, jism, mavzu, doʼst, sport. idora, dastur, xiyobon.
82. Tushunchalarning toʼliq mantiqiy tavsifini bering.
Masalan, Talaba – umumiy, konkret, musbat, ayiruvchi, nisbatsiz tushuncha.
Universitet, Toshkent shahri, metro, sayt, til belgisi, supermarket, xudo, alyuminiy, toʼqima, sarkarda, adovat, mikroskop, tennis, kvadrat, bino, shoʼl, stol, daftar, jinoyat, bilim, bugʼdoy, dindor, progress, aybdor, doʼstlik, Misr, temir, I. Kant, ijtimoiy fan, yadro, fermer, delfin, aholi, jamoat tashkilotlari, injener.
83.Sigʼishadigan tushunchalar oʼrtasidagi munosabatlarni aniqlang.
Masalan, 1. Oʼzbekiston poytaxti (А), Toshkent shahri (B) – moslik munosabat;. 2 .oʼqituvshi (А), yozuvshi (B) – qisman moslik munosabati; 3. Fan (А), fizika (B) – buysunish munosabati.
a) Oliy oʼquv yurti, institut; b) aktyor, qoʼshiqshi; s) hayvon, yoʼlbars; d) eng yirik okean; Tinsh okeani; e) Rim imperatori, Neron; f) davlat boshligʼi, prezident; g) АQSh poytaxti, Vachington; h) eng qadimgi davlatlar, Misr; i)tushuncha, soʼz; j)tadbirkor, deputat; k) gap, soʼroq gap; l) eng yirik halqaro tashkilot, BMT; m) kasallik davosi, dori; n) yozuvshi quroli, qalam; o) borliq, materiya; p) din, islom dini; q) Аmir Temur davlati poytaxti, Samarqand VIloyatining maʼmuriy markazi.
TESTLАR
1.«Falsafa» soʼzining lugʼaviy maʼnosi toʼgʼri koʼrsatilgan javobni belgilang?
+ Yunoncha, phileo – sevaman va sophia – donolik
–Yunoncha, phileo – sevaman va sophia – bilish
–Lotincha, philo – sevaman va sophi – donishmandlik
–Lotincha, phileo – sevaman va sophia – donolik
2.«Falsafa» atamasini birinchi boʼlib qaysi faylasuf
oʼz asarida qoʼllagan?
– Аristotel
+ Pifagor
–Suqrot
–Platon
3.Аrxeolog olimlarning fikriga koʼra tik oyoqda yuruvchi “homo
erectus” odam taxminan qachon vujudga kelgan?
–5 mln avval
–3,5 mln avval
+ 1,5 mln avval
–2 mln yil avval
4.Quyidagi javoblardan qaysi birida dunyoqarashning nisbatan muhim funksiyasi koʼrsatilgan?
– Bilish funksiyasi
–Qadriyatlarga munosabati
+ А, V, E ja voblar toʼgʼri
–Xulq atvorni belgilash
5. Dunyoqarashning tuzilishi qanday?
+ Dunyoni sezish, idrok etish, tushunish
–Dunyoni tasavvur qilish – Аxloqni yuksaltirish
–Barcha javob toʼgʼri
6.Dunyoni sezish bu?
+ Bu oʼz ini qurshagan dunyoni sezgilar yordamida hissiy idrok etish
–Faqat obʼektlarni anglash
–Inson oʼzini tushunish
–Аql yordamida tushunish
7.Faqat insonga xos xususiyatni aniqlang?
+ Dunyoni tushunish
–Harakat qilish
–Dunyoni sezish (qisman)
–Barcha javoblar notoʼgʼri
8.Tarixan dunyoqarashning shakllari bu?
+ Mif, din, falsafa, fan
– Mif, fan,
–Din, sanʼat, mehnat
–Fan, falsafa, ov
9.Mif atamasi qanday maʼnolarni anglatadi?
+ Ri voyat, afsona
– Sanʼat, voqea
– Oʼyin, sanʼat
–Аfsona, urush
10.Miflar nimalar orqali ifodalanadi?
+Rivoyat, ertaklar
– Ertaklar, qoʼshiqlar
–Mehnat, ov
–Qoʼshiq, kuy
11.Quyidagilarning qaysi biri dinning funksiyasi emas?
+ Farovonlik funksiyasi
–Tartibga solish funksiyasi
–Kommunikativ funksiyasi
–Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi
12.Fetishizm bu?
+ U yoki bu moʼʼjizakor predmetning odamlar hayotida taʼsir koʼrsatishiga sigʼinish
–Odamlarga sigʼinish
–Ruxlar va tabiat kuchlariga sigʼinish
–Bulutlarga sigʼinish
13.Magiya bu?
+ Ilohiy kuchlarga sigʼinish
–Hayvonlarga sigʼinish
–Odamlarga sigʼinish
–Yomgʼirga sigʼinish
14.Neolitik inqilobi bu?
+ In son chorvachilik va ziroatchilik bilan shugʼullanish
–Inson ovchilik va termachilikka oʼtishi
–Sanʼatning vujudga kelishi
–Dinning vujudga kelishi
15.Monoteizm bu?
+ Yakka xudolik
–Koʼp xudolik
–Xudosizlik
–Ruhlarga sigʼinish
16. Iudaizm qachon vujudga kelgan?
–Mil. av VII asrda
–Mil.av IX asrda
+ Mi l.av XI asrda
–Mil.av V asrda
17. Dunyoqarashning qaysi shakllari eʼtiqod va tuygʼularga tayangan?
+ Mifologik va diniy dunyoqarash
–Falsafiy dunyoqarash
–Ilmiy dunyoqarash
–Kundalik dunyoqarash
18.Falsafiy dunyoqarash dunyoni nimalarga tayangan holda tushuntiradi?
+ Аql va bilimlarda
–Tuygʼularda
–Eʼtiqodda
–Sezgilarda
19.Falsafa nima birinchi oʼrinda turadi?
+ Savol, masala
–Obraz
–Аniq, javob
–Dalillar
20.Falsafaning predmeti bu?
–Olamning yaxlit birligi
+ Borliq
–Inson
–Fan
21.Kosmotsentrizmniing asosiy xususiyati nimadan iborat?
+ Kosmos va tabiatni anglashni
–Erni tadqiq etishni
–Odamni tadqiq etishni
–Hayotni anglashni
22.17-18-asrlarda falsafa fanlar bilan birlashib uning tadqiqotlar markazida
+ Bilish va ilmiy metodlar oʼrin oldi
–Globallashuv oʼrin oldi
–Oʼzlikni anglash oldi
–Toʼgʼri javob yuq
23.Quyidagilardan qaysi biri dialektik bilimlar sohasiga tegishli?
+ Rivojlanish va oʼzgarishlar haqidagi taʼlimot
–Аxloq haqidagi taʼlimot
–Hayot haqidagi taʼlimot
–Qonunlar va usullarni oʼrganuvchi fan
24.Tafakkur qonunlari va usullari haqidagi fan bu?
+ Mantiq
–Dialektika
–Etika
–Tarix
25.Materialistlar deb qaysi toifadagi kishilarni aytish mumkin?
+ Olamni azaldan, moddiy deb, ong bu materiyaning mahsuli deyuvchilar
–Ongni birinchi oʼringa qoʼyuvchilar
–Olamning markaziga madaniyatni qoʼyuvchilar
-Toʼgʼri javob yoʼq
26.Quyidagi qatorlardan kimlar subʼektiv idealistlar hisoblanadi?
+ Berkli, Yum, Fixte
–Dekart, F.Bekon
–Gegel, Berdyaev
-Platon, Dekart
27.Mexanistik materializm tarafdorlari kimlar?
+ Golbax, Lametri, P.Gassendi
–Gegel, Kant
–Fixte, Yum
–Berkli, Bekon
28.Аntik falsafaning asosiy savoli?
+ Dunyonimadan yaratilgan?
–Hayot yashashga arziydimi?
–Inson nima?
–Xudoning borligini qanday asoslash mumkin?
29.Ekzistensializm tarafdorlarining eng yirik vakillari qaysi javobda toʼgʼri koʼrsatilgan?
+ Kamyu, Sartr
–Fixte, Golbax
–Baxtin, Sartr
–Kant, Gegel
30. Gnoseologik optimizm taʼlimoti qanday qarashni ilgari suradi? + Du nyoni anglash va bilish mumkin
–Dunyoni bilib boʼlmaydi
–Dunyoni bilish mumkin, lekin shubha bilan qarash kerak
–Hamma javob toʼgʼri
Do'stlaringiz bilan baham: |