- millatning vatani — millat tarqalgan va u azal-azaldan yashab kelayotgan hudud. Milliy madaniyatning kamol topishi,
rivoji va saqlanishi uchun eng asosiy tabiiy omil bu Vatandir. Uning sajdagoh kabi muqaddasligining sabablaridan biri ham
ana shunda. Vatansiz milliy madaniyatning takomili, uning avlodlardan-avlodlarga to’la holda meros qolishi to’g’risida
gapirish qiyin. Faqat o’z vatanidagina millat madaniyatini cheksiz rivojlantirish, ma’naviy kamolotning yuksak cho’qqilariga
tomon etish imkoniga to’la-to’kis ega bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |