Falsafa ma’ruzalar matni


Sistema, struktura, element



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/250
Sana20.08.2021
Hajmi1,02 Mb.
#152458
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   250
Bog'liq
falsafa

Sistema, struktura, element falsafaning muhim kategoriyalaridan bo’lib hisoblanadi. Sistema – grekcha so’z 
bo’lib, mantiqiy ma’nosi butunlik, yaxlitlik, elementlardan tashkil topgan birikma, degan ma’nolarni anglatadi. 
Sistema kategoriyasining mazmuni, uni tashkil qilgan elementlarning strukturaviy munosabatlariga mos keladi. Shu 
nuqtai nazardan, bilish jarayonidagi sistemalashtirish, nazariy faoliyat sifatida, ularning tashkil qilingan tarkibiy 
elementlarini tarixiy-mantiqiy izchil tartibga keltirish bilan izohlanadi. Xususan, bu elementlarning funktsional 
faoliyatini, ahamiyatiga ko’ra turkumlashtirish, muhim metodologik ahamiyatga ega, chunki insonning borliqni bilish 
faoliyati sistema strukturasidagi elementlarning mavjudlik holati va rivojlanishi ob’ektiv qonuniyatlarini o’rganish 
 
 


asosida, ularni maqsadga muvofiq tashkil qilishga qaratilgan. Ya’ni, insonning ob’ektiv reallikni nazariy bilishga 
asoslangan: tashkillashtirish, boshqarish, nazorat qilish faoliyatlari samaradorligi va maqsadga muvofiqligi turli 
kategoriyalardan unumli foydalanishi bilan xarakterlanadi. 
Sistema — narsa va hodisalarning bog’lanishlari, aloqadorligi va munosabatining tartibli tadrijiy rivojlanishini 
ifodalaydi. Struktura esa, narsa hodisalar bog’lanishi, aloqadorligi va munosabatlari tizimining makon va zamondagi 
birligini ta’minlaydigan sistemaning mavjudlik holatidir. Umuman, struktura (lotin tilida tuzilish, tartib degan ma’noni 
anglatib), sistemani tashkil qilgan elementlarning nisbatan turg’un bog’lanish, aloqadorligi va munosabatidir. Hozirgi 
mavjud falsafiy qarashlarda strukturani sistemaning aspekti sifatida qarash ustuvordir. Sistemani tashkil qilgan 
elementlarning strukturaviy tuzilishi uning mavjudlik holatini hamda rivojlanish istiqbollarini belgilab turadi. Masalan, 
tabiatdagi atomlarning tarkibiy tuzilishlari xususiyatlariga qarab, moddiy olamning xilma-xil ko’rinishlari, DNK yoki 
RNK larning o’zaro ichki munosabatlari, xromosomalar xilma-xilligi, tirik organizmlar turli-tumanligi aniqlangan. Ular 
umumlashgan xolda, moddiy olamning ob’ektiv realligi tarzida mavjud bo’lsa ham, moddiylikning konkret 
strukturasiga ega bo’lgan sistemalardir. Borliqni tashkil qilgan elementlarning munosabatlariga, makon va zamon 
xususiyatlariga qarab, ularni «ichki struktura» va «tashqi struktura» ga ajratish mumkin. 
Element sistemani tashkil qilgan strukturaning o’zaro bog’lanish, aloqadorlik, munosabat jihatlarini ta’minlaydigan 
nisbatan mustaqil tarkibiy qismidir. Jamiyatda element ijtimoiy munosabatlarning konkret ko’rinishlari tarzida 
namoyon bo’ladi. Masalan, jamiyatni yaxlit sistema deb oladigan bo’lsak, undagi element alohida individlar, ijtimoiy 
qatlamlar, tabaqalarning ongli munosabatlari tarzida ko’zga tashlanadi. Ya’ni, jamiyatning axloqiy, huquqiy, siyosiy, 
iqtisodiy va boshqa munosabatlari strukturaviy tuzilishni tashkil qilgan. O’z navbatida, sistemani to’laligicha bilish, 
uning stukturaviy tuzilishidagi har bir elementning funktsional faoliyatini alohida tahlil qilishni taqozo etadi. 
Shuni alohida ta’kidlash keraki, insonlarning narsa hamda hodisalarga muayyan manfaatlari va ehtiyojlariga ko’ra 
yondashishiga qarab, har bir elementni nisbatan mustaqil sistema sifatida olib qarash mumkin. Masalan, ma’naviyat jamiyat 
strukturasida, uni tashkil qiluvchi muhim elementlarning biri hisoblanadi, lekin ma’naviyatni, maxsus ijtimoiy hodisa sifatida 
alohida olib tahlil qiladigan bo’lsak, uning ichki elementlardan iborat mustaqil sistemaligini ko’ramiz. Shunga ko’ra, sistema, 
struktura va element nisbiy tushunchalar bo’lib, kategoriyalar sifatida, unga bo’lgan munosabat doirasida konkretlashadi. 
Shuning uchun «sistema», «struktura», «element» kabi falsafiy kategoriyalar narsa va hodisalarni bilishga sistemali 
yondashish, strukturaviy tahlil usullarining umummetodologik asosi bo’lib hisoblanadi. 
Elementlarni sistemani tashkil qilishdagi strukturaviy ahamiyatiga ko’ra: muhim va muhim bo’lmagan, asosiy va 
asosiy bo’lmagan elementlarga ajratib o’rganish alohida ahamiyatga ega. Chunki har qanday konkret element, muayyan 
sistemada makon-zamon xususiyatlariga ko’ra, o’z ahamiyatiga ega bo’ladi. Biroq, ularning ahamiyatini, yuqorida 
ko’rsatilganidek, turkumlashtirish mutlaqo nisbiy hamda shartli xarakterga ega bo’lib, muayyan manfaatlar va ehtiyojlar 
asosida yondashishdan kelib chiqadi. Shunga ko’ra, konkret makon va zamonda sistemani tashkil qilishdagi 
elementlarning ahamiyati strukturaviy funktsiyasida muqobilliklar vujudga kelib turishi bilan izohlanadi. Ya’ni, 
sistemadagi uning xarakterini belgilab turgan muhim element, ma’lum vaqtga kelib muhim bo’lmagan elementga 
aylanishi yoki aksincha bo’lishi mumkin. 
Umuman, falsafaning sistema, struktura, element kategoriyalari narsa va hodisalarning mazmunini, shaklini ochib 
berishda metodologik asos bo’ladi. 
Falsafa fanidagi an’anaviy tarzda yozilgan darsliklar, o’quv qo’lanmalaridan farqli o’laroq, bu kategoriyalarni 
qiyosiy tahlil qilishimizdan maqsad, boshqa juft kategoriyalarning mazmunini ochib berish imkoniyatini yaratishdir. 
Chunki, «mohiyat va hodisa», «mazmun va shakl», «sabab» va oqibat», «zaruriyat va tasodif», «imkoniyat va voqelik» 
kategoriyalarining mazmuni, yuqorida ko’rsatilgan «alohidalik», «xususiylik» «umumiylik», «butun», «qism», 
«struktura», «element», kategoriyalari mazmuni bilan uzviy bog’liqdir. Shuning uchun biz falsafa kategoriyalarini bir-
birini taqozo qiluvchi, nisbatan mustaqil bilish usullarining yaxlit sistemasi tarzida olib qarashni lozim topdik. Lekin, 
buning uchun har bir kategoriyaning mazmunini alohida tahlil qilish zarur. 

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish