Shaxsning shakllanishi va rivojlanishida tarixiy shart-sharoit, ayniqsa, g’oya va mafkura muhim o’rin tutadi. Bozor
munosabatlariga o’tish davrida vujudga kelgan muammo va vazifalar yangi barkamol insonni voyaga etkazishni taqozo
etdi. Unga xos fazilat va sifatlar Prezident Islom Karimov asarlarida asoslab berilgan.
Bozor iqtisodiyoti inson ehtiyojlarini to’laroq qondirish, uning qobiliyati, ijtimoiy faolligini yanada kuchaytirish
uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Bular quyidagilardir:
- mehnatni tashkil etish usul va shakllarining o’zgarganligi;
- mehnatga yangicha munosabatni rag’batlantirishga yordam beruvchi omillar;
- o’z qobiliyati, qiziqishlariga mos bo’lgan faoliyat turlarini tanlash imkoniyatining yaratilganligi;
- shaxs tadbirkorligi va ishbilarmonligining qo’llab-quvvatlanishi;
- turli mulk shakllarining vujudga kelganligi;
- shaxs erki va huquqlarining kengayganligi;
- davlat va jamoat ishlarida qatnashish imkoniyatlarining yaratilganligi;
- demokratik qadriyatlar rivoji;
- ma’naviy meros va madaniyat yutuqlaridan erkin foydalanish imkoniyatining yaratilganligi kabilardir.
Ular shaxsning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishda, uning komil inson sifatida rivojlanishida muhim
ahamiyatga egadir. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson manfaatlari, uning ezgu maqsadlari
ro’yobga chiqishini ta’minlashga, uning barkamol sifatlar kasb etishiga qaratilgandir. Shaxs islohot natijalaridan
bahramand bo’luvchigina emas, balki ularni sobitqadamlik bilan amalga oshiruvchi kuch sifatida ham yangilanish
jarayonida o’zgaradi, yuksaladi, qadr-qimmat topadi va e’zozlanadi.
Insonning jamiyatidagi o’rni, qadr-qimmati borasida milliy istiqlol o’z oldiga quydagilarni maqsad va vazifa qilib
qo’yadi:
- insonning qadr-qimmatini joyiga qo’yish;
- inson uchun baxtli hayot sharoitlarini yaratish;
- insonning o’zligini anglashi, ijtimoiy burch va vazifalarini ado etishi, sog’lom avlodlar uzluksizligini ta’minlashi,
kelgusi avlodlarga yaxshi xotiralar qoldirishi va iymon-e’tiqodi butun bo’lishi uchun qulay sharoitlar yaratish.
Bunday imkoniyatlarni amalga oshirishga xalaqit beradigan nuqsonlar ham inson tabiati bilan bog’liqdir. Hozirga
qadar inson to’g’risidagi falsafiy ta’limot va qarashlarda, asosan, uning ijobiy xususiyatlariga, yaratuvchanligiga
ko’proq e’tibor berib kelindi. Keyingi vaqtlarda inson borlig’ining salbiy jihatlari ham tahlil qilina boshlandi.
Mustaqillik yillarida inson tabiatini chuqurroq o’rganish va undagi salbiy mayllarni bartaraf etishga yordam
beradigan falsafiy qarashlarga ehtiyoj vujudga keldi. Shuni ta’kidlash joizki, ayrim kishilar millat, Vatan, xalq
manfaatlariga zid ravishda jamiyatdagi mavjud qonun-qoida va me’yorlarni poymol etib, ko’proq g’arazli maqsadlarini
amalga oshirishga va turli ixtiloflarni keltirib chiqarishga harakat qiladi. Shunday niyatlar yo’lida hatto jinoiy
guruhlarga birlashadilar, jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan davlat dasturlarini amalga
oshirishga to’sqinlik qiladilar. Shuningdek, ular milliy totuvlik, tinchlik va barqarorlikka raxna soladi, ma’naviy-
axloqiy muhitni buzadi, kishilarning ijtimoiy adolatga bo’lgan ishonchini susaytiradi, barkamol insonni voyaga
etkazishga qarshilik ko’rsatadi. Ular turli ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi firibgarlar, hokimiyatga intiluvchi
ekstremistlar, korruptsiya va jinoyatchilik olami vakillari, giyohvand, poraxo’r, terrorchi va shuhratparastlar kabi
jamiyat uchun noxush odamlardir.
Insonni falsafiy bilish va tahlil etishda ana shunday kishilar mavjudligini e’tiborga olish muhimdir. Demokratik
jamiyat inson huquqlarini ta’minlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’yar ekan, bunday kishilarni tarbiyalashga, ularni
ijtimoiy foydali mehnatga jalb etishga, kishilar ongida milliy manfaat va ijtimoiy qadriyatlarni rivojlantirishga alohida
e’tibor beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: