Falsafa kursi bo'yicha chegara nazorat savollari


Sutra davri (er.avv. 200 y.- eramizning ikkinchi asri boshlarigacha) –qisqa va umumlashgan falsafiy ta’limotlar davri



Download 23,05 Kb.
bet3/9
Sana13.01.2022
Hajmi23,05 Kb.
#357798
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Фалсафа Оралик Жавоблари

3. Sutra davri (er.avv. 200 y.- eramizning ikkinchi asri boshlarigacha) –qisqa va umumlashgan falsafiy ta’limotlar davri.

4. Sxolastik davr (eramizning ikkinchi asridan boshlanadi). U mohiyatan avvalgi davrga o‘xshab ketadi.

4. Markaziy Osiyodagi falsafiy qarashlar – “Avesto” (tayanch so‘zlar: ezgulik va yovuzlik kurashi, insonparvarlik, dunyoning paydo bo‘lishi, kurashning mohiyati).



Zardushtiylikda xalqni ezgulik va adolat g‘oyalariga da’vat etish, hayotbaxsh an’analarni shakllantirish, dehqonchilik va shahar madaniyatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etgan. «Avesto»dagi kosmologik ta’limotga binoan, Koinot, yer, okean, osmon, nurli doira va jannatdan iborat. Yer dumaloq bo‘lib, atrofi okean bilan o‘ralgan va ob-havo, yil fasllari bilan bog‘liq bo‘lgan etti qismdan iboratki, bu bobilliklarning etti shamollar haqidagi qadimgi tasavvurlaridan iqtibos qilingan. Osmon to‘rt doiradan tashkil topgan: yulduzlar doirasi, oy doirasi, quyosh doirasi va jannat doirasi yoki nur makoni. Yulduzlar, Oy va Quyosh xudo Axura Mazdaning badani sifatida tasvirlanadi. Zardushtiylik ta’limotiga ko‘ra tabiat va jamiyat jarayonlari ikki qarama-qarshi kuch — Yaxshilik (Axura Mazda yoki Xurmuzd va Yovuzlik Axriman yoki Angra- Man’yu)ning kurashidan iborat bo‘lib, pirovardida, 3000 yildan so‘ng YAxshilik g‘olib chiqib haqiqat adolat davri keladi. Shundan omon qolgan odamlar abadiy baxtiyorlikda yashaydila

5. Konfutsiy ta’limoti (tayanch so‘zlar: insonparvarlik ta’limoti, tartib, dao, o‘rta yo‘l, harakatsizlik)



Konfutsiy ta'limotlarining asosini ikkita oddiy fazilat - "Ren" va "Li" tashkil etdi. "Ren" so'zini "qo'shnilarga xayrixohlik", "Li" ni "axloq qoidalari, odob-axloq qoidalari, kattalarga hurmat" deb tarjima qilish mumkin. Shunday qilib, hamma narsa juda sodda va tushunarli. Ammo, baribir, Konfutsiy ta'limotining o'ziga xos xususiyati birinchi navbatda insoniyatdadir. Ehtimol, konfutsiylik sirli ko'rinmas ruhlar yoki afsonaviy hayot haqida emas, balki birinchi navbatda tirik odam haqida qayg'uradigan yagona dindir (bu umuman din emas). Konfutsiy talimotida insonparvarlik jen, odob qoidalari li, fazilat de tushunchasi muhim orin egallaydi. Insonparvarlik tushunchasiga kora, odamlar axloqiy va ijtimoiy munosabatlarda yoshi ulug, mavqei baland kishilarni xurmat qilishlari, podshohga sadoqatli bolishlari kerak. Odob kridalari tushunchasiga kora, u tufayli yuksak fazilatlar shakllanadi, jamiyat rivoj topadi, adolat tantana qiladi. Burchni ado etish tufayli in-son kamolotga erishadi. Uning negi-zida "sen ozing nimaga erishishni istasang, unga boshqalarning erishishiga komaqlash", "sen nimani orzu qilmasang, uni boshqalarga ravo korma" kabi hayotiy tamoyillar yotadi. "Buyuk talimot" va "Ortalik haqida talimot" degan asarlarni Konfutsiy yozgan deb taxmin qilinadi. Bu kitoblarga kora, odamlarning birgalikda oqilona yashashi tartibining muhim shartini 5 ta oddiy va buyuk fazilat tashqil etadi: donolik; insonparvarlik; sadoqat; kattalarni hurmat qilish; jasorat. Bu fazilatlar oziga va boshqalarga xalollikni va chuqur hurmatni anglatadi. Faqat mumtoz va komil insonlargina bunday fazilatga ega boladi. Konfutsiyda takidlanishicha, qonun inson manfaatlariga xizmat qilmogi lozim.

6. Milet maktabi (tayanch so‘zlar: falsafa, dunyoni bilish, kosmogonizm, olamning mohiyati)



J: Milet maktabi — yunon ilmiy-falsafiy maktabi. Miloddan avvalgi VII-VI asrlar o'rtalarida vujudga kelgan. Ioniya dengizi sohilidagi Milet shahri nomidan olingan. Uning asoschisi – Fales. Yirik namoyandalari — Anaksimandr, Anaksimen. Ular tabiatdagi hodisalarni oʻzgarishda, oʻzaro aloqadorlikda, bir-biriga oʻtib turishda deb, voqea-hodisalar sababini tabi-atning oʻzidan qidirdilar. Ruhiy hodisalar (mas, jon)ni materiyaning koʻrinishi, butun tabiatni jonli deb tu-shunganlar. Yevropa ilmiy kosmogoniya, kosmologiya, fizika, geogr., meteorologiya, astronomiya va biol.si tarixi Milet maktabidan boshlanadi. Milet maktabi va uning vakillari Yunonistonda falsafiy fikr rivojiga hissa qoʻshdila

7. Qadimgi yunon falsafasi. (tayanch so'zlar: Aflotun, Arestotel, Suqrot, gnoseologiya, axloq, axloqiy qadriyatlar).

J: Pifagor (eramizdan avvalgi 580-500 yillar) Yunonistonning Samos orolida yashab o`tgan. u qadimgi Yunonistonda diniy-mafko`raviy falsafiy maktab, ya’ni pifagorchilikka asos solgan. Pifagor o`zining siyosiy qarashlari tufayli podsho Polikret bilan chiqisha olmagan va Samosni tark etib, janubiy Italiyaga ko`chib ketgan, usha yerda o`z uyushmasini tashkil etgan. Uningcha, dunyoni bilish jarayoni, avvalo, rakamlarni bilishdan boshlanishi kerak.

Suqrot (eramizdan oldingi 469-399 yillar.) (asli — Sokrat) — qadimgi Yunon faylasufi. «Afinaning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etgan, yoshlar tarbiyasi bilan shug`ullangan, xurfikrli inson, kambag`aldan chiqqan, tosh yunuvchining o`g`li, o`ta bilimdon kishi sifatida mashhur bo`lgan.

Suqrotning shogirdi Aflotun (asli — Platon) jahon falsafasi tarixida o`chmas iz qoldirgan buyuk allomadir. U nafaqat faylasuf olim, balki san’atkor, shoir va dramaturg bo`lgan, o`z G`oyalarini dialoglar tarzida bayon qilgan. Aflotun 428 yil 21 mayda Delos orolida tug`ilgan. O`zidan keyin 35 dan ziyod dialog shaklidagi asarlar yozib qoldirgan.

8. O‘rta asr g‘arb falsafasi (tayanch so‘zlar:Apologetlar, patristika, sxolastika, teotsentrizm, Xudoni anlash, ilohiy haqiqatni anglash, patristika, apologetika)



J: O‘rta asrlar yevropasi feodalizmning qaror topishi bilan belgilanadiki, u xristian dunyoqarashidan foydalandi. Ma'jusiylik dini va falsafasi, hamda bid'atchilarning adashishlariga qarshi kurashiga apologetlar (yunoncha apologiya-himoya) deb atalgan qadimgi antik davrning keyingi xristian yozuvchilari bel bog‘ladilar. Apologetlarning eng ko‘zga ko‘ringan vakili Kvint Tertullian (160-220) edi. Falsafa va xristianlikni bir biriga to‘g‘ri kelmasligiga dalillar keltirib, u shundan kelib chiqdiki, xristianlik falsafiy asosga ehtiyoji yuq. Isodan keyin hyech qanday bilimga qiziqishning keragi yo‘q, Injildan keyin esa hyech qanday tadqiqotning zaruriyati yo‘q. E'tiqodni oliy haqiqat sifatida tushunish falsafani ilohiyotga bo‘ysundirish uchun asos bo‘ldi.

Sxolastikani tizimga solishda dominikanlar Ordenining vakili Akvinalik Foma (1225-1274) muhim hissa qo‘shdi. U o‘ziga maqsad qilib xristianlik aqidalarini aqlga muvofiq ravishda ishlab chiqishga bel bog‘ladi. Arastu shunday asosni yaratgan ediki, unga tayangan Foma xristianlik tushunchasi bo‘lgan g‘oyaviylik va moddiylik nisbatini avvaldan berilgan shakl qoidasi (tartib qoidasi) bilan beqaror va to‘la barqaror bo‘lmagan modda qoidasi (borliqning eng zaif ko‘rinishi) o‘rtasidagi nisbatni qoidaga aylantirdi.

Avgustin falsafasining markazida Xudo turadi. Xudo oliy mohiyat bo‘lib, eng oliy ezgulikdir. Inson esa o‘zida tabiatning moddiy jismlarini –o‘simliklar va hayvonlarni birlashtiradi va aqliy ruh, hamda ozod irodaga egadir. Ruh xudoga yaqin bo‘lib, moddiy emas, zavol topmaydi va o‘z qarorlarida ozoddir. Ma'naviy hayotning asosi irodadir, ammo aql emas. Hayotning maqsadi va mazmuni baxt-saodatdadirki, unga Xudoni bilish bilan erishib bo‘ladi. Insoniy va ilohiy tarix voqyealari birlik va qarama-qarshiliklar orqali ro‘y beradi, ular o‘z ifodasini ikki saltanat (shaharlar) - Xudoning va yerning to‘qnashuvida topadilar.

9. Etika kategoriyalari (tayanch so'zlar: axloq, yaxshilik va yomonlik, adolat, burch, muhabbat, vijdon.)

J: Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi. Qadimgi yunon faylasufi Aristotel o‘z davrida mavjud fanlarni ta’riflarkan, ularni uchta guruhga ajratadi: nazariy fanlarga falsafa, matematika, fizikani; ijodiy fanlarga san’at, badiiy hunarmandchilikni; amaliy fanlarga esa etika va siyosatni kiritadi. SHu tariqa Etika falsafa doirasidan ajralib chiqadi va mustaqil fan sifatida shakllana boshlaydi. Hozirgi vaqtda «Etika» ijtimoiy-falsafiy fanlar tizimida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan fandir. «Etika» (axloqshunoslik)-axloqning kelib chiqishi, mohiyati, xususiyatlari, jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqidagi fandir. U boshqa ijtimoiy fanlar singari o‘z qonunlari va kategoriyalariga ega bo‘lib, ular orqali o‘z xulosalarini bayon qiladi.

Tarbiyaviy funksiyasi-har qanday tarbiya tizimi - bu eng avvalo axloqiy tarbiya tizimi hisoblanadi. Axloqiy tarbiya axloqiy norma, odat, an’ana, umumiy xulq-atvor namunalarini aniq tashkiliy tizim holiga keltiradi, axloqiy bilimlarni axloqiy ishonch-e’tiqodga aylantiradi, konkret vaziyatlarda axloqiy bilim va ishonch-e’tiqodni qo‘llashda ijodiy yondashuvga o‘rgatadi. Demak, axloq nafaqat norma va qoidalarga rioya qilishni, balki o‘z-o‘zini nazorat qilishga o‘rgatadi.


Download 23,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish