Fanning maqsadi. Fan o‘z oldiga ilmiy bilimlar yaratishni maqsad qilib
qo‘yadi. Ilmiy faoliyat moddiy ne’matlar ishlab chiqarish faoliyatidan keskin farq
qiladi. Kishilar mehnat faoliyati, siyosat, san’at, din va hokazo sohalardagi
faoliyatlari jarayonida ham bilim orttiradi. Lekin ilmiy bilimlar izchilligi,
tizimliligi va haqiqiyligi bilan ajralib turadi.
Olamni ilmiy bilish olamga yangicha munosabat, yangicha qarashni taqozo
etadi. U olamni diniy, badiiy, axloqiy, siyosiy bilishdan keskin farq qiladi.
Voqelikka ilmiy munosabat har qanday aqidaparastlik va fanatizmni (taqdiri
azalga ishonishni) istisno etadi. Ilmiy bilish avval boshdanoq falsafiy dunyoqarash
bilan uzviy bog‘liq ravishda vujudga keldi. Falsafa ilm-fan xulosalariga tayanib,
olamning yangicha manzarasini yaratish imkoniga ega bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |