Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni: Bugungi kunda inson ongi va qalbi uchun kurash keskin tus olayotgan ekan, xilma-xil qarashlarning mafkura maydonida hukmronlik qilishga intilishi tabiiy, albatta. Bunga e’tiqod umumiyligiga asoslangan holda yakka mafkura hukmronligini ta’minlash orqali jahon maydonlarini mafkuraviy jixatdan o‘ziga qaram qilishga bo‘layotgan xatti-harakatlarni misol keltirish mumkin. Diniy aqidaparastlik shular jumlasidandir. Masalan, islom dinidagi hozirgi aqidaparastlar ijtimoiy, milliy xususiyati, qaysi davlatga mansubligidan qat’iy nazar, barcha musulmonlarning ma’naviy birligi haqidagi tasavvurlarga tayanib ularning yagona xalifalik bayrog‘i ostida siyosiy birlashuvi g‘oyasini asoslashga harakat qiladi. Ko‘rinib turibdiki, bu diniy-siyosiy ideologiya diniy asosda birlashuv g‘oyasini birinchi o‘ringa qo‘yadi. U diniy-ma’naviy zamindagi uyg‘unlik mamlakatlarning iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy, ilmiy-texnik sohalardagi hamkorligiga, ular salohiyatining birlashishiga va xalqlar taraqqiyotiga yo‘l ochsa buning nimasi yomon, degan savolni o‘rtaga tashlaydi. Yuzaki qaraganda bu gap to‘g‘riga o‘xshaydi. Bunday mafkura tarfdorlari o‘z qarashlarini aksariyat xollarda ana shunday “beozor” shaklda taqdim etishga harakat qiladilar.
Ammo jiddiy e’tibor beriladigan bo‘lsa, birinchidan, ular milliy suverenitetdan voz kechish yoki uni boy berish hisobiga yagona davlat tuzishni ko‘zlayotganlari ma’lum bo‘ladi. Ikkinchidan, xalifalikni tiklashga, uning to‘g‘ri ekanini asoslashga urinuvchilar, bu xol aynan millat sifatida o‘zligimizni anglashga yo‘l qo‘ymasligini yashiradilar. Bu g‘oyani tiqishtirishda ular bizning islom diniga e’tiqod qilishimizga alohida urg‘u beradilar. To‘g‘ri, biz musulmon xalqmiz. Masalani nozik jihati shundaki, bunday kuchlar ana shu reallikni tan oladilaru, o‘z tariximiz, tilimiz, betakror madaniyatimiz, jahon xalqlari o‘rtasidagi o‘ziga xos o‘rnimiz, o‘z taraqqiyot yo‘limiz borligini inkor etishga harakat qiladilar. Albatta bu haqiqatni tan olish yoki olmaslik ularning ishi. Ammo o‘zlarining bunday g‘ayriilmiy qarashlarini kishilarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ongiga singdirishga harakat qilayotganliklariga befarq qarab bo‘lmaydi.
Hozirgi kunda til, madaniyat, urf-odatlardagi umumiylik, boshqacha aytganda, etnik birlikka asoslangan holda yagona mafkuraviy maydonni yuzaga keltirish borasidagi qarashlar ham mavjud. Bunday qarashlarning shakllanish tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Bugungi kunda ularning har biri o‘ziga xos tarzda dunyoning mafkuraviy manzarasida muayyan o‘rinni egallashga urinmoqda.
Bugungi kunda xalqlarning insoniy birligiga tayangan xolda ularning ma’naviy-ma’rifiy birligini ta’minlash bayrog‘i ostida taqdim etilayotgan g‘oyalar ortida ham aslida g‘arazli maqsadlar yashiringanligini unutmaslik lozim.
Olamning bugungi kundagi mafkuraviy manzarasi haqidagi mulohazalar yakunida nima deyish mumkin? Mafkura va mafkuraviy tarbiya maslasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan, demokratik huquqiy davlat, erkin fuqorolik jamiyatining asoslarini yaratayotgan mamlakatimiz uchun ham muxim hayotiy ahamiyatga ega bo‘lib qolmoqda. Zero, ko‘zlangan maqsadlarga ushbu orzu-umid va intilishlarni o‘zida mujassamlashtirgan g‘oyaviy-nazariy qarashlar majmui bo‘lmish milliy mafkura va unga asoslangan tarbiya tizimisiz erishish mumkin emasligi aniq. “Men, - deb yozadi Prezidentimiz, - Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”, degan fikrini ko‘p mushohada qilaman. Buyuk ma’rifatparvarning bu so‘zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muxim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham ko‘ra muxim va dolzarbdir”.
Bu masalaning dolzarbligi yuqorida qayd etilgan mafkura shakllarining xavfini bartaraf etish zarurligi bilan ham belgilanadi. Zero, Prezidentimiz ta’kidlagandek, ularga g‘oya va ma’rifat bilan qarshi kurashish lozim. Mamlakatimizdagi mavjud ijtimoiy hamkorlik, milliy birlik va hamjihatlikni saqlab qolish va rivojlantirish yo‘li bilangina qo‘lga kiritilgan istiqlolni himoya qilamiz. Xalqaro xamjamiyat, shu jumladan tarix taqazosi bilan aloqalar kuchli rivojlangan davlatlar bilan teng huquqli, izzat-ikromli munosabat, o‘zaro manfaatli aloqalar esa mustaqillikni mustahkamlashning muxim omili bo‘lib xizmat qiladi. Ana shundagina, Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, mintaqamiz hech qachon sivilizatsiyalar to‘qnashmaydigan, balki ular bir-biriga ta’sir etib, bir-birini boyitishning ibratli namunasini beradigan makonga aylanadi.
Jamiyat hayotida mafkuraviy omillarning sezilarli ta’siri mavjudligini bir qarashdayoq sezish mumkin. G‘arazli geosiyosiy maqsadlarga erishish yo‘lidagi mafkuraviy ta’sir o‘zkazishda eng avvalo bo‘lib tashla va hukmronlik qil, degan qadimiy tamoyilga amal qilishga urinishni ta’kidlash zarur. Bu tamoyilni ro‘yobga chiqarishning birinchi yo‘li mamlakat ichida ijtimoiy parokandalikni keltirib chiqarishdir. Va u jamiyat hayotining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohalarida o‘ziga xos ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda. Masalan, mamlakatimizga nisbatan bu usul o‘tish davridagi ijtimoiy – iqtisodiy qiyinchiliklarni bo‘rttirib ko‘rsatish orqali aholining mavjud holatidan noroziligini uyg‘otish, o‘z nog‘oralariga o‘ynaydigan muxolifatchi kuchlarni yuzaga keltirish yo‘li bilan siyosiy barqarorlikni keltirib chiqarishga bo‘lgan harkatlarda namoyon bo‘ladi. Bu yo‘lda diniy omildan foydalanishga urinishlar ham kuzatilayotir. Ana shu xolat ham “maqsad vositani oqlaydi”, degan aqida g‘arazli geostrategik manfaatlarni ro‘yobga chiqarishning asosiy qoidasiga aylanayotganligini ko‘rsatadi.
“Bo‘lib tashla va hukmronlik qil” tamoyilini amalga oshirishning ikkinchi yo‘li mintaqa davlatlari o‘rtasida turli ziddiyatlarni yuzaga keltirishdir. Bu yo‘lning eng keng tarqalgan usuli go‘yoki mintaqada gegemonlikka talabgor bo‘lgan davlat borligini asoslash, ta’bir joiz bo‘lsa, shunday davlat obrazini yaratishdir. Bunday obrazlarning yaratilishi yer yuzining turli nuqtalarida nizoli, kam deganda davlatlararo munosabatlarda tanglikni yuzaga keltirganligi to‘g‘risidagi misollarni istagancha topish mumkin. Bunday “obrazlar” yaratilishi natijasida mmlakatlarning moddiy-moliyaviy, ma’naviy-intelektual salohiyati jamiyat taraqqiyotini ta’minlash o‘rniga ana shu “obraz” ta’sirining oldini olishga yo‘naltirilmoqda. Natijada ikkinchi asosiy maqsadga - muayyan davlatni zaiflashtirish orqali o‘z “ittifoqchisiga” aylantirishga erishilmoqda.
“Bo‘lib tashla va hukmronlik qil” tamoyilini amalga oshirishning uchinchi yo‘li xalqaro maydonda muayyan mamlakat haqida noto‘g‘ri, noxolis tasavvurlarni shakllantirishdir. Xalqaro munosabatlar maydonidan ayrim mamlakatlarning vaqti-vaqti bilan “quvg‘in” qilinib turilishi ana shunday harakatlar natijasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |