Falsafa” kafedrasi «G‘oyalar falsafasi» fanidan o‘quv-uslubiy majmua toshkent-2011


Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni



Download 3,96 Mb.
bet14/171
Sana19.02.2022
Hajmi3,96 Mb.
#459787
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   171
Bog'liq
goyalar falsafasi

Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni: Inson o‘zining ongi, aql-zakovati, iymon-e’tiqodi va ijodiy mehnati bilan boshqa barcha tirik jonzotlardan farq qiladi. Inson tafakkuri voqelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g‘oyalar va ta’limotlar yaratadi. Demak, g‘oya inson tafakkurining mahsulidir, qolaversa g‘oya oldin mavjud bo‘lmagan, o‘zida yangilikni tashuvchi fikrdir. Oldin g‘oya paydo bo‘ladi, undan keyin g‘oya asosida mafkura, mafkura asosida esa tizim, siyosat paydo bo‘ladi.
Ilmiy-falsafiy adabiyotlarda «g‘oya», «mafkura», «ideya» va «ideologiya» tushunchalari ishlatilmoqda. Ideya va ideo­logiya ko‘proq G‘arb davlatlarida hamda rus tilidagi manbalarda uchraydi. «Ideya» iborasi yunon tilidagi «idea» so‘zidan olingan, «ideologiya» so‘zi uchun o‘zak bo‘lib hisoblanadi va tushuncha yohud fikr ma’nosini anglatadi. Ideologiya (idea – g‘oya, tushuncha, logos — ta’limot) atamasi esa g‘oyalar to‘g‘risidagi ta’limotni anglatadi va ikki xil ma’noda ishlatiladi:

  • g‘oyalarning mazmuni, shakllanishi, ahamiyati to‘g‘risidagi bilimlarni ifodalaydi va ilmiy soha hisoblanadi;

  • muayyan g‘oyani amalga oshirish, maqsadga yetish usullari, vositalari, omillari tizimini anglatadi.

Sog‘lom va nosog‘lom, ezgu hamda yovuz, bunyodkor yoki buzg‘unchi g‘oyalar bo‘lishi mumkin. G‘oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki, bular garchi tafakkurda paydo bo‘lsa-da, keng jamoatchilikning maqsadlarini ifoda etadi. Ularning ishonchi va e’tiqodiga aylanib, e’tirof etilganligini bildiradi, inson (va jamiyat) ruhiyatiga, hatto tub qatlamlariga ham singib boradi. G‘oya shunday quvvatga egaki, u odamning ichki dunyosigacha kirib borib uni harakatga keltiruvchi, maqsad sari yetaklovchi ruxiy-aqliy kuchga aylanadi. Ular­ni muayyan maqsadga yo‘naltiradi, safarbar etadi. Ularni jipslashtiradi, hamjixat va hamkorlikka undaydi. “G‘oyalar falsafasi” fanining mohiyatini millatlar, etnik guruhlar, davlatlar, partiyalarning ehtiyojlari va manfaatlaridagi eng umumiy va eng muhim tomonlarni umumlashgan, nazariy asoslagan holda ifodalash tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini mustahqamlash va har tomonlama rivojlantirishga intilish ana shunday umumiy asosdir. Odatda, milliy g‘oya va mafkuraning mohiyatidan kelib chiqqan holda, milliy va davlat ijtimoiy taraqqiyotidagi yaqin va istiqboldagi maqsadlar shakllanadi.
Marksistik g‘oyalar falsafasi, milliy mafkurani inkor etish va faqat sinfiy g‘oya va mafkurani ilgari surishdan iborat bo‘lgan. Masalan, Marks va Engels nemis milliy mafkurasini tan olmaganlar. Bu tushuncha ortida nemis byurgerlari, burjuaziyasi mafkurasi yoki pruss yunkerlari mafkurasi yashiringan, ya’ni bu mafkura mohiyatan va mazmunan milliy emas, balki sinfiydir, deb hisoblaganlar.
“Mafkura” arabcha so‘zdan olingan bo‘lib tor ma’noda qarashlar va e’tiqodlar tizimi, majmui degan ma’noni anglatadi. Keng ma’noda mafkura — jamiyatdagi muayyan siyosiy, xuquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g‘oyalar majmuidir. Fapb mamlakatlari tillarida mafkura „ideologiya" atamasi vositasida qo‘llaniladi.
Mafkura, xususan siyosiy mafkura masalalari taxlili XIX asr oxiri XX asr boshlarida taniqli nemis olimi M.Veber tadqiqotlarida yanada yuqori bosqichga ko‘tarildi.
Shuni ta’kidlash zarurki, mafkura masalasi sobiq SSSRda o‘ta mutlaqlashtirildi. Mafkura va siyosat o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi oqibatida sinfiy dushmanga qarshi kurash niqobi ostida nafaqat kommunistik mafkuraga zid g‘oyaviy unsurlar, balki xar qanday xurfikrlilik ta’qib ostiga olindi. Trotskizmga qarshi kurash, kollektivlashtirish, madaniy inqilob, stalincha qatag‘onlar o‘z qamroviga ko‘ra fashizm mafkurasidan qolishmadi. Ikkinchi jaxon urushidan keyin NATO va Varshava Shartnomasi davlatlari o‘rtasida vujudga kelgan “sovuq urush” siyosati xam asos e’tibori bilan mafkuraviy tabiatga ega edi. Har qanday ilmiy va madaniy xurfikrlilikka agar u kommunistik mafkura qoliplariga to‘g‘ri kelmasa g‘ayriinsoniy, zararli deb qaraldi. Bundan ilm-fan va madaniyat ravnaqi katta zarar ko‘rdi. Sovet mafkurasining tub xususiyatlaridan biri shunda ediki, u xalqlarning milliy o‘zligini, madaniyati, axloqi va ma’naviyatining betakror jihatlarini inkor etar, “sovet xalqi” degan mavhum tushuncha ostida barcha millatlarni birlashtirishga urinar edi. Natijada ayrim kam sonli xalqlar o‘z tili, milliy madaniyatini yuqotishgacha yetib bordilar.
Aslida mafkura siyosatga oqilona yo‘nalish berishi, uni jamiyat hayotining turli jabhalaridagi real holat bilan tanishtirishi lozim. Siyosatning mafkuraga tayanishining sababi — mafkuraning jamiyat ma’naviy kayfiyatini, orzu-umidlarini, maqsad va manfaatlarini ifodalovchi g‘oyaviy dastur ekanligidadir. Bu borada siyosiy mafkura alohida o‘rin tutadi. Chunki u huquqiy mafkura kabi demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda yetakchi omillardan biri xisoblanadi. Siyosiy mafkurasiz biror bir siyosiy harakat bo‘lmaydi. Siyosiy mafkura o‘z tarkibiga ko‘ra mavjud ijtimoiy voqelik, uning kelajagi to‘g‘risidagi siyosiy tasavvur va tushunchalardan tashkil topadi. Siyosiy mafkurada mavjud ijtimoiy voqelikning kelajagi xaqidagi fikr-muloxazalar muayyan dastur qiyofasiga kiradi. Shuning uchun siyosiy mafkura siyosiy amaliyot uchun dasturiy ahamiyat kasb etadi.
Siyosiy mafkuraning jamiyat taraqqiyoti uchun axamiyati shundan iboratki, u kishilarning xis-tuyg‘ulariga, kayfiyatlariga ma’naviy, g‘oyaviy jixatdan ta’sir qiladi, ularni g‘oyaviy jixatdan qurollantiradi va real xatti xarakatga undaydi. Ya’ni, siyosiy mafkura ijtimoiy voqelikni taraqqiy ettirishga yordam beradi. Siyosiy mafkuraning ijtimoiy voqelikni o‘zgartirishga qaratilishining sababi shuki — u jamiyatdagi ijtimoiy gurux va tabaqalarning extiyoj xamda manfaatlari bilan bog‘langandir. Shu bois siyosiy mafkura mavjud voqelikni emas, balki ko‘proq bo‘lishi lozim bo‘lgan ijtimoiy voqelikni yaratishta bo‘ysundirilgan bo‘ladi. Chunki ijtimoiy voqelikda, siyosiy jarayonlarda doimo manfaatlar va extiyojlar kurashi ro‘y beradi. Siyosiy mafkura u yoki bu ijtimoiy gurux, sinf, tabaqaning g‘oyaviy dasturi, siyosiy ideali xisoblanadi. Ular o‘z mafkuralarini yoki siyosiy dasturlarini jamiyatning boshqa tabaqalari ongiga singdirishga va yetakchi mafkura darajasiga ko‘tarishga xarakat qiladilar. Dunyoda turli-tuman mafkuralarning shakllanganligini shu omil bilan izoxlash mumkin.
Mafkura jamiyatning ilgarilanma taraqqiyotida g‘oyaviy „kompas" vazifasini bajaradi. Mafkura va siyosatning sub’ekti insondir. Aynan kishilar o‘zlari uchun qaysi mafkura ma’qul ekanligini tanlashadi. Demokratik jamiyatdagina mavjud bo‘ladigan bunday tanlovda turli siyosiy guruxlar, qatlamlar, uyushmalar va tabaqalar ishtirok etadilar. Demak, siyosiy mafkura u yoki bu ijti­moiy guruxning manfaatlarini ifodalovchi va ximoya qiluvchi xamda ko‘proq miqdordagi kishilarning indivi­dual o‘y-fikrlari va xatti-xarakatlarini xokimiyatdan foydalanishning muayyan maqsadlari va vazifalariga bo‘ysundirishni talab qiluvchi tizimlashgan (sistemalashgan) g‘oyalar, qarashlarning yig‘indisidir.
Xullas, siyosiy mafkura bu muayyan ijtimoiy guruxning xokimiyatga intilishini yoki undan foydalanishini asoslovchi va siyosiy xarakatning u yoki bu strategiyasini ko‘zda tutuvchi g‘oyaviy tizimdir.
Agar fanning vazifasi xaqiqatni izlash bo‘lsa, mafkuraning vazifasi axolining ommaviy siyosiy ongini egallashdir. Axolini real birlashtirish qobiliyati muayyan mafkuradagi g‘oya va qoidalar kishilarning yaxshi turmush tarzi xaqidagi kundalik qarashlari va tasavvurlariga qanchalik mos kelishiga bog‘liq.
Siyosiy mafkura zamon va makondan tashqarida bo‘lgan mavxum ruxiy xodisa emas. U muayyan tarixiy sharoit bilan bog‘liq — aniq ijtimoiy mazmunga ega bo‘lgan ma’naviy xodisadir. Xar bir tarixiy davr o‘ziga xos va o‘ziga mos mafkuraviy oqimlarni ilgari suradi. Bundan xozirgi zamon xam mustasno emas.
Hozirgi zamonning eng yirik mafkuraviy oqimlari liberalizm, konservatizm va sotsial-demokratiyadir.

Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish