Global muammolar sabablari: 1) "Jamiyat-tabiat" tizimidagi ziddiyatlar bilan bog’liq sabablar.
2) Jamiyatning o’zidagi ijtimoiy tuzilmalar ziddiyatlari bilan bog’liq sabablar (individlar, ijtimoiy guruhlar, davlat va davlatlararo strukturalar o’rtasidagi, jumladan "intersotsial" muammolar).
Global (umumbashariy) muammolar - a) urush va tinchlik; b) ekologik; v) energetik; g) xom-ashyo; d) oziq-ovqat; e) demografik.
Garmoniya – bir butun narsa qismlarining o’zaro muvofiqligi.
Germenevtika – falsafada – tarix, madaniyatni, o’zga individuallikni tushunish san’ati.
Gipotetik – ehtimol tutilgan, faraz qilingan, taxmin (gipoteza)ga asoslangan.
Globallashuv – ijtimoiy hayotning turli jabhalarida yaxlit tuzilmalarning dunyo miqyosida shakllanish jarayoni.
Globalistika – globallashuv va uning oqibatlari mohiyatini anglab yetishga qaratilgan ilmiy va falsafiy tadqiqotlar fanlararo sohasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |