Sezgi - obyektiv olamning subyektiv obrazi.
Sintez - analiz natijasida fikran bo’lingan elementlarni qaytadan tiklash,
birlashtirish, ilgarigi yaxlitlikni fikran vujudga keltirish.
Siyosiy ong - turli ijtimoiy guruhlarning davlat hokimiyatiga, siyosiy tashkilotlarga, ularning jamiyat hayotidagi roliga, boshqa davlatlar va millatlar bilan munosabatlari va shu kabilarga qarashlarning tizimlashtirilgan ifodasidir.
Siyosat - «davlatni boshqarish san’ati» - millatlar, ijtimoiy guruhlarning davlatni boshqarish, saylash-saylanish ishlarida ishtirok etish bilan bog’liq munosabatlari. Siyosat davlat faoliyatining bosh yo’nalishini belgilaydi.
Siyosiy partiya - (lot- qism, guruh) -umumiy g’oya va manfaat, ijtimoiy-siyosiy maqsadlar asosida odamlarni ixtiyoriy ravishda uyushtiruvchi turg’un tashkilot, fuqaroviy jamiyat bilan davlatni bir-biriga bog’lovchi eng muhim omil.
Do'stlaringiz bilan baham: |