Falsafaning milliyligi - umuminsoniy mavzu, masala va muammolarning barchasi avval - boshda xususiy, mintaqaviy, milliy ahamiyatga molik masalalar tarzida ifodalanishida, falsafada muayyan milliy xususiyat, maqsad va intilishlar ham o’z ifodasini topishida namoyon bo’ladi. Umumbashariy falsafa milliy ong orkali yuzaga chiqadi.
Falsafaning umuminsoniyligi - falsafa o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra umuminsoniy fan ekanligida, u bashariyatga doir umumiy muammolarni qamrab oladi va hal qiladi.
Falsafiy dunyoqarash - olamdagi narsa va hodisalarni fikrda umumlashtirib, mavhumlashtirib, o’zaro bog’liklikda va rivojlanishda o’rganib, ular mohiyatini chuqurroq va to’laroq, yaxlit holda bilishdir. U bilim, g’oya va maqsadlar, fan yutuqlari, diniy tasavvurlar, qadriyatlar, ishonch, e’tiqod, fikr, hissiyot, tuyg’u kabi tarkibiy qismlardan iborat. Falsafiy dunyoqarash, sodda aytganda, insonning olam, odam va borliqqa munosabatini ifodalovchi bilimlar tizimidir. Unga nazariy asoslanganlik va puxta ishlanganlik xos.
Do'stlaringiz bilan baham: |