Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Sharq va G‘arb falsafasining vujudga kelishi, rivojlanish tarixi


Falsafaning tarbiyaviy funksiyasi



Download 48,49 Kb.
bet6/6
Sana11.03.2023
Hajmi48,49 Kb.
#917998
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
амалий 1

Falsafaning tarbiyaviy funksiyasi haqida fikr yuritilganda bu masalaning xalqaro darajadagi keng va har tomonlama muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda so‘z yuritish o‘rinli bo‘ladi. Bugungi kunda nafaqat ayrim xalqlar, balki butun jahon hamjamiyati o‘z-o‘zini anglab etishga yo‘naltirilgan falsafaga muhtojdir. Buni 2002 yildan YUnesko qaroriga binoan, butun dunyoda har yili noyabr oyining uchinchi payshanbasida o‘tkaziladigan “Jahon falsafa kunlari” ham, hozirgi kunda dunyo uchun eng muhim masalalarga e’tiborini qaratadigan Jahon falsafa Kongresslari ham tasdiqlaydi. Darhaqiqat bunday kongress birinchi marta 1900 yilda Fransiyada o‘tkazilgan, 1948 yildan boshlab uni har besh yilda bir marta o‘tkazish an’anaga aylangan. Xususan, 1998 yilda Boston shahrida (AQSH) bo‘lib o‘tgan XX jahon falsafa kongressi “Paydeyya: insoniyatni tarbiyalashda falsafa” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lsa, Turkiyaning Anqara shahrida o‘tkazilgan XXI Jahon falsafa kongressida “Falsafa jahon muammolari bilan yuzma-yuz” mavzusi atroflicha muhokama qilindi. XXII jahon falsafa kongressi birinchi marta Osiyo mamlakati bo‘lmish Koreya respublikasining Seul shahrida “Hozirgi davrda falsafani qayta anglash” degan umumiy mavzu ostida bo‘lib o‘tdi. Kongresslarning mavzularidan ko‘rinib turganidek, falsafa real hayot bilan uzviy bog‘liq va eng muhim muammolarni anglab etishga xizmat qilib keldi. SHunday muammolardan biri – insonni shaxs sifatida tarbiyalash va kamol toptirishda falsafaning roli va ahamiyati masalasidir. Buning uchun esa, albatta, qadimgi davr mutafakkirlarining asarlariga yana bir bor murojaat etish taqozo etiladi.
Qadimgi dunyo SHarq va G‘arb falsafasining rivojlanish xususiyatlari va muammolardagi farqlar. Birinchidan, inson muammosini o‘rganishga nisbatan yondashuvlarda G‘arb va SHarq falsafasida tafovutlar mavjud. G‘arb falsafasidan farqli o‘laroq, SHarq falsafasi asosiy e’tiborni inson muammosiga qaratadi. Jumladan “Avesto”da farzand ko‘rish, bolalarni bilimli, odobli, jamiyat uchun foydali insonlar qilib tarbiyalash, kelajakni o‘ylab ish tutish umuminsoniy ma’naviyat ekanligi ta’kidlanadi. Zardo‘sht Axuramazdadan, serfarzand xonadonga nima berasan, deb so‘raganda u “Bunday odamlarni o‘z himoyamga olaman, hayotini farovon, risqini mo‘l qilaman” deb javob bergan. SHarq falsafasi insonni amaliyot, odamlar hayot faoliyati, ularning turmush tarzi nuqtai nazaridan o‘rganadi. SHu sababli unda insonning o‘zligi, uning shakllari va holatlari, odob-axloq, hukmdorlarga, turli yoshdagi odamlarga, shuningdek jamiyatdagi ijtimoiy holati turlicha bo‘lgan kishilarga amaliy nasihatlar bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim muammolar ko‘p. Masalan “Avesto”da keltirilgan “Zabardast va qudratli bo‘lish uchun hamisha haqiqat va rostglikka muvofiq amal qilsang, zabardast va qudratli bo‘lasan”, “Haq so‘zdan o‘zga hech narsa bilan shug‘ullanma”, “Dunyoni taraqqiyot va kamolot sari harakatga soladigan kishilar bo‘lmog‘i lozim”, “YOlg‘on gapirib tirik qolgandan ko‘ra, rost gapirib o‘lgan yaxshi”, “O‘z nafsini engib, jilovlab olmagan kishi, hech narsa ustidan g‘olib chiqa olmaydi”1 kabi fikrlar hozirgi kunda ham ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. G‘arb falsafasi esa, insonga uning ruhiy borlig‘i yoki odob-axloq orqali murojaat etmaydi, balki unga borliq va bilishning umumiy tamoyillarini taklif qiladi. SHu bois u naturfalsafiy, ontologik, gnoseologik, metodologik, estetik, mantiqiy, axloqiy, siyosiy va huquqiy muammolarni o‘rganadi.
Ikkinchidan, SHarq va G‘arb falsafasida dinga munosabatda ham farqlar mavjud. SHarq falsafasi din bilan uzviy o‘zaro aloqada rivojlanadi: aksariyat hollarda ayni bir falsafiy oqim falsafa sifatida ham, din sifatida ham namoyon bo‘ladi. Bunga braxmanizm, induizm, buddizm, konfutsiychilik, zardo‘shdiylik misol bo‘lishi mumkin. G‘arb falsafasi esa, ko‘proq ilmiy metodologiyaga tayanadi va dindan ajralishga harakat qiladi. Qadimda G‘arbning falsafiy ta’limotlaridan birortasi ham jahon diniga yoki hech bo‘lmasa qadimgi YUnoniston va Rimda keng tarqalgan dinlardan biriga aylanmagan. Boz ustiga, G‘arb antik falsafasida, avvalo Demokrit, Epikur, Lukretsiy Kar va boshqa faylasuflarning asarlarida ateistik ohanglar ancha kuchli.
Uchinchidan, G‘arb va SHarq falsafasining kategoriyalar apparati ham o‘ziga xos farqlarga ega. SHarq falsafasida mifologiya va «Rigvedalar» taklif qilgan aksariyat kategoriyalar: in – ayollik asosi va yan – erkaklik asosi, ularning efir bilan birikmasi – si; yoki narsalarga besh moddiy birinchi asos – er, suv, havo, olov va daraxtning birikmasi sifatida yondashish tabiiy bir hol sifatida qaraladi. Hayot va o‘lim, jon va jismoniy tana, jon materiyasi, ong va uning holatlari kategoriyalari ayniqsa ko‘p muhokama qilinadi. Sansara – jonning qayta gavdalanishi, o‘zga shakl-shamoyilda namoyon bo‘lishi, karma – inson o‘limidan keyin tiriklik paytida qilgan ishlariga yarasha mukofot yoki jazo olishi yoki insonning individual taqdiri, askeza – o‘zini o‘zi cheklash yo‘li bilan g‘ayritabiiy qobiliyatlarga erishish, nirvana – eng yuksak holat, inson erishishni ko‘zlagan oliy maqsad, «materiya kishanlaridan xalos bo‘lgan jon holati» kabi tushunchalar kiritilgan. Albatta, SHarq falsafasi harakat, qarama-qarshilik, birlik, materiya, ong, makon, vaqt, dunyo, substansiya kabi odatdagi falsafiy kategoriyalardan ham foydalanadi. G‘arbda esa, falsafiy tizimlar mohiyati va ularning kurashini aks ettiruvchi falsafiy kategoriyalar apparatining yaratilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Tizim sifatidagi kategoriyalar haqida ilk bor Aristotelning «Kategoriyalar» risolasida so‘z yuritilgan. U o‘zidan oldingi falsafiy tafakkurni o‘rganish asosida kategoriyalar jadvalini tuzgan. Bu jadval quyidagi kategoriyalarni o‘z ichiga olgan: mohiyat (substansiya), miqdor, sifat, munosabat, joy, vaqt, o‘rin, holat, harakat, azob-uqubat. Aristotelning kategoriyalar jadvali falsafa va muayyan fanlar erishgan yutuqlar munosabati bilan uning tarkibini o‘zgartirishni taklif qilgan YAngi davrga qadar kategoriyalar haqidagi ta’limotning rivojlanishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatib keldi.
To‘rtinchidan, Qadimgi G‘arb va SHarqda materiyaning tuzilishi haqidagi ta’limotda ham farqlar mavjud. G‘arb antik falsafasida materiyaning diskret tuzilishi haqidagi ta’limot – atomistika vujudga keldi. Uning asoschilari qadimgi yunon faylasuflari Levkipp va Demokrit bo‘lgan, atomistika g‘oyalarini Epikur va qadimgi rim faylasufi Lukretsiy Kar rivojlantirgan. Demokrit dunyo atomlar va bo‘shliqdan iborat deb hisoblagan. Uning fikricha, atomlar – sifatga ega bo‘lmagan mayda zarralar. Sifatlar atomlarning shakl, o‘rin va tartib jihatidan uyg‘unligidan paydo bo‘ladi. Demokrit, nima uchun sut oson ichiladi?, degan savolga, shuning uchunki, sut, «yumaloq atomlar»dan iborat, nima uchun xantalni sutday ichish mumkin emas? SHuning uchunki, xantal atomlari «ilmoqsimon»dir, deb javob beradi. U narsalar sifati va ularning rang-barangligini ham shunday tushuntirgan. Demokritning atomistikasida sababiyatning sodda izohlari bilan bir qatorda ayni shu sababiyatni narsalarning o‘zida, aniqrog‘i – atomlarda ko‘rishga bo‘lgan intilishga ham duch kelish mumkin. SHarq falsafasida esa, materiyaning diskretligi, uning tuzilishi muammosi qo‘yilmaydi. Unda materiyaga asosan jonga «xalaqit» beruvchi muayyan omil yoki shakl bilan birlikda yoki muayyan substansional asos sifatida yondashiladi.
Beshinchidan, G‘arb va SHarq falsafasida bilish muammolarini echishda farqlar mavjud. G‘arb falsafasida bilish empirik, hissiy va oqilona jarayon sifatidagi emas, balki mantiqiy jarayon sifatida ham qaraladi, ya’ni mantiq muammolari atroflicha o‘rganiladi. Bu muammolarni o‘rganishga Suqrot, Platon, ayniqsa Aristotel ulkan hissa qo‘shgan. SHarq falsafasida esa, mantiq muammolari bilan amalda hind nyaya (sansar, qoida, mulohaza, predmetga kirish, mantiq) maktabigina shug‘ullangan. Nyaya falsafiy muammolarni echishda mushohadaning ahamiyatini alohida qayd etgan. U haqiqatning tagiga etishning to‘rt manbai: idrok etish, xulosa chiqarish, taqqoslash va isbotlashni o‘rganadi. Bu manbalar haqiqiy bilimga erishish imkonini beradi. Umuman olganda qadimgi SHarq falsafasiga ko‘proq o‘zini o‘zi bilish xos.
Oltinchidan, G‘arb va SHarq falsafasidagi o‘ziga xoslik va farqlar ijtimoiy muammolarni o‘rganish jarayonida ayniqsa bo‘rtib namoyon bo‘ladi. SHarq falsafasida bu o‘tmish, hozirgi davr va kelajak manbai bo‘lgan «dunyoviy inson» muammolari, shuningdek umuminsoniy qadriyatlar, o‘zini o‘zi kamol toptirish, boshqa odamlarni boshqarish uchun zarur bo‘lgan insoniy fazilatlar muhim ahamiyatga ega. Masalan, Konfutsiy Osmonga, uning ulug‘vorligiga murojaat etib, ijtimoiy tuzilmalar ierarxiyasi, kishilar qat’iy subordinatsiyasining zarurligini ko‘rsatishga harakat qiladi: «Osmon har bir insonga uning jamiyatdagi o‘rnini belgilaydi, uni taqdirlaydi, unga jazo beradi..»2. “Avesto”da esa insonning haq-huquqlari, burch va mas’uliyati haqida fikr bildirilgan. Jumladan, agar odam olgan qarzini o‘z vaqtida qaytarib bermasa, u tunda birovning uyiga o‘g‘irlikka kirgan odam bilan barobardir. SHuningdek, unda qarindoshlarning o‘zaro oila qurishi taqiqlangan, avlodlarning sog‘lom, benuqson tug‘ilishiga e’tibor qaratilgan. Bordi-yu erkak zurriyot qoldirishga qobiliyati bo‘lib, so‘qqa bosh bo‘lib yursa, uning peshonasiga tamg‘a bosish yoki beliga zanjir bog‘lab yurishga majbur ekanligi belgilangan. SHarq falsafasida qonun muammosiga ham ko‘p e’tibor beriladi. Ayrim faylasuflar uni rad etgan, ayrimlari esa unga tayangan. Xalq va podsho muammosi ham SHarq falsafasining muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Jumladan, “Avesto” da huquqiy masalalar: jinoyat va jazo, oila va nikoh, mulk bilan bog‘liq masalalarni tartibga soluvchi qoidalar o‘z ifodasini topgan. Oilaviy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qoidalarda er xotinning bir-biriga xiyonati yoki nikohsiz er-xotinlik munosabatlarida bo‘lgan kishilar tan jazosini olgan. “Venidat” (Devlarga qarshi kurash qonuni) ning 13, 14 boblarida suvni tejash, uni qadrlash, undan unumli foydalanish haqidagi qoidalar bitilgan. Unda har kuni ekinni ikki marta sug‘orish mumkinligi, har bir kunda ekuvchi bir belkurak kenglik va chuqurlikdagi ariqqa sig‘adigan suv olishga haqli ekanligi, suvni taqsimlash bilan kohinlar shug‘ullanishi, suvni ifloslantirishni taqiqlovchi qoidalar belgilagan. Bu qoidalarni buzganlarga nisbatan majburiy mehnatga jalb qilish jazosi belgilangan3. G‘arbda, xususan, qadimgi yunon va qadimgi rim falsafasida esa ijtimoiy muammolar doirasi kengroq. Ularni o‘rganish usullari ham SHarq falsafasidagi usullardan ancha farq qiladi. Birinchidan, Demokritdan boshlab, qadimgi dunyoning deyarli barcha faylasuflari davlat, qonun, mehnat, boshqaruv, urush va tinchlik, mayllar, manfaatlar, hokimiyat, jamiyatning mulkiy tabaqalanishi muammolariga murojaat etganlar.
Ikkinchidan, bu ijtimoiy-falsafiy muammolarni tadqiq etish jarayonida insonni jamiyatga bog‘lab o‘rganish ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, Demokrit shunday deb yozadi: «Umumiy muhtojlik ayrim insonning xususiy muhtojligidan og‘irroqdir. Zero umumiy muhtojlikda yordamga hech qanday umid qolmaydi»; «qonun odamlarning hayotini tartibga solishni xohlaydi, bunga u faqat odamlar o‘zlariga yaxshi bo‘lishini istagan taqdirda erishishi mumkin. Zero qonun o‘ziga bo‘ysunadigan kishilargagina ijobiy ta’sir ko‘rsatadi»; «Oqil odamga butun dunyo ochiq. Zero yaxshi qalb uchun butun dunyo vatandir»4.
Platon ham ijtimoiy muammolarni tahlil qilgan. U davlatning mohiyati va shakllarini shaxs, ayniqsa podshoni shaxsi nuqtai nazaridan o‘rgangan. Uning fikricha, podsho haqiqatparvarlik, oqillik, mardlik, adolatparvarlik kabi fazilatlarga ega bo‘lishi lozim; umuman olganda, podshoda insonning barcha qobiliyatlari mavjud bo‘lishi darkor. Platon insoniyat tarixida birinchi ideal davlat nazariyasini yaratadi. U davlatning uch shaklini tan oladi: monarxiya, aristokratiya va demokratiya. Bu shakllarning har biri ikki ko‘rinishda: qonuniy va noqonuniy yoki zo‘rlik ishlatishga asoslangan ko‘rinishlarda amal qiladi. Platon davlatning qonuniy shaklini ma’qul ko‘radi. Uning fikricha, davlatni faylasuflar hammadan yaxshiroq boshqara oladilar. Platon o‘zining «Davlat» asarida bu haqda shunday deb yozadi: «Agar qashshoq va yo‘qsillar o‘z shaxsiy manfaatlarini qondirishni ko‘zlab, jamiyatni boshqarish imkoniyatini qo‘lga kiritgan bo‘lsalar, bundan yaxshi ish chiqmaydi: hokimiyat bellashuv maydoniga aylanadi va bunday ichki urush uning ishtirokchilarini ham, qolgan fuqarolarni ham halokatga mahkum etadi. Hokimiyat uni sevguvchi kishilar qo‘liga o‘tishi ham yaramaydi. Aks holda ular bilan bu sevgida raqiblar bellashadi...»5.
Aristotel ham o‘zining «Siyosat» asarida o‘z davlat nazariyasini bayon etgan. U: «Davlat nima uchun vujudga kelgan va insonni uning jamiyatdagi hayotida boshqaruvchi hokimiyatning nechta turi bor?», degan savolni o‘rtaga tashlaydi va o‘zining bu savoliga shunday javob beradi: «Davlat yashash uchun yaratilmaydi, balki asosan baxtli yashash uchun yaratiladi... Davlat oilalar va jamoalar o‘rtasida yaxshi hayot kechirish uchun aloqalar o‘rnatilganda, farovon va o‘ziga to‘q mavjudlik maqsadida vujudga keladi». Davlat hokimiyati masalasiga kelsak, Aristotel uning «uch yaxshi» va «uch yomon» shaklini qayd etadi. Davlat hokimiyatining «yaxshi» shakli deganda u jamiyatga xizmat qiluvchi hokimiyat shakllari: monarxiya, aristokratiya, «politiya», ya’ni o‘rta sinf hokimiyatini tushunadi. Davlat hokimiyatining «yomon» shakllari qatoriga Aristotel tiraniya, sof oligarxiya va ashaddiy demokratiyani kiritadi.
Qadimgi dunyo falsafasi haqidagi so‘zimizga yakun yasar ekanmiz, shuni qayd etishni istar edikki, u mazkur dunyo madaniyatining o‘zagi hisoblanadi, G‘arb va SHarq ma’naviy sivilizatsiyasining qiyofasini belgilaydi. Gap shundaki, falsafa qadimgi dunyoning barcha ma’naviy qadriyatlari: san’at va din, axloq va estetik tafakkur, huquq va siyosat, pedagogika va fanni qamrab olgan.
Xullas, SHarq ma’naviy sivilizatsiyasi shaxsning borlig‘iga, uning o‘zlikni anglash tuyg‘usiga va moddiy dunyodan uzoqlashish orqali o‘zini o‘zi kamol toptirishiga murojaat etish ruhi bilan sug‘orilgan bo‘lib, bu SHarq xalqlarining turmush tarzida va madaniy qadriyatlarni o‘zlashtirish usullarida o‘z aksini topgan. G‘arb ma’naviy sivilizatsiyasi o‘zgarishlarga, haqiqatning tagiga etish yo‘lidagi izlanishlarga ochiq bo‘lgan. Bu izlanishlar turli, shu jumladan ateistik, intellektual va amaliy yo‘nalishlarda kechgan.
Umuman olganda qadimgi dunyo falsafasi keyingi davrlardagi falsafiy tafakkur va madaniyatga, kishilik jamiyatining rivojlanishiga ulkan ta’sir ko‘rsatgan.


1 Умарзода М. Овесто сирлари // Жаҳон адабиёти. 1997 №4 –Б.19-20

2 Конфуций. Уроки мудрости. -М.: ЭКСМО, 2005. –С.46

3 Қаранг Сулаймонова Ф. Шарқ ва Ғарб. -Т.: Ўзбекистон, 1997. –Б.25-26.

4 Демокрит \\ Всемирная энциклопедия. –М.: Современный литератор, 2001. –С.105.

5 Платон \\ Всемирная энциклопедия. –М.: Современный литератор, 2001. –С. 782.

Download 48,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish