Inkorni-inkorda rivojlanish quyi bosqichining o’ziga xos xususiyatlari yuqoriroq bosqichda takrorlanishi yuz beradi. Avvalgi holatlarga qaytish imkoniyati, ya’ni o’tilgan holatlarning ayrim xossalari rivojlanishning yuqoriroq bosqichida takrorlanishi bilish va tarixning rivojlanishini tushunish uchun o’z ahamiyatini saqlab qoladi.
Demak, inkor rivojlanish yangi sifat paydobo’lishiga olib keladigan aniq yo’naltirilgan, qaytmas o’zgarish sifatida tavsiflanadi. SHaklan rivojlanish bir chiziqli ham, aylanma ham emas, balki rang-barangroq va murakkabroq, chunonchi: bir chiziqli va ko’p chiziqli, to’g’ri chiziqli va zigzagsimon, umumiy va xususiy, uyg’un va nouyg’undir.
Do'stlaringiz bilan baham: |