Qizil siljish va torsion maydonlar. 1912 yilda V.M.Slayfer galaktikadan tashqaridagi tumanliklar nurlanishlarining spektr chiziqlari spektrning qizil uchi tomonga siljiyotgani - «qizil siljish»ni aniqladi. Oradan ma’lum vaqt o’tgach (1929 yilda) Edvin Xabbl tumanlik kuzatuvchidan qancha uzoqda bo’lsa, «qizil siljish» kattaligi ham, uning tumanlikdan uzoqlashish tezligi ham shuncha katta bo’ladi, degan qonunni va katta masofalarda galaktikalarning tezligi ulkan ifodalarga etishini aniqladi.
SHunga qaramay, olamning kengayishi bilan bir qatorda, uning torayishini yoki makonda cheklangan, lekin vaqtda cheksiz olam navbatma-navbat dam kengayuvchi, dam torayuvchi harakatlanuvchi olam modelini ham taxmin qilish uchun nazariy imkoniyat mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |