Diniy tashkilotlar va diniy munosabatlar.
Mustaqillik yillarida vijdon erkinligi prinsiplarini tiklash va unga og’ishmay amal qilish davr, kundalik hayot talabi va zaruriyatiga aylanib qoldi. 1991 yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi qonunni qabul qildi. 1998 yilda bu qonunning yangi tahriri qabul qilinib, 15 may kuni matbuotda e’lon qilindi va shu kundan e’tiboran u kuchga kirdi.
Mazkur Qonun 23 moddadan iborat.
4-moddada fuqarolarning dinga munosabatlaridan qat’inazar, teng huquqliligi haqida so’z boradi. Rasmiy hujjatlarda fuqaroning dinga munosabati ko’rsatilishiga yo’l qo’yilmasligi ta’kidlanadi.
O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Uning hududida 15 ta diniy konfessiya vakillari istiqomat qiladilar. Yuqoridagi qonunda keltirilganidek, ular Konstitutsiya oldida huquq va majburiyat yuzasidan tengdirlar. Konstitutsiyaning 12-moddasida ta’kidlanishicha, hech qanday mafkura davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkin emas. Shunga ko’ra, hech qanday konfessiya boshqalaridan ustun deb qaralishi yoki ularga o’z ta’sirini o’tkazishi mumkin emas.
12-MAVZU: BUDDAVIYLIK VA XRISTIAN DINI TARIXI VA FALSAFASI.
Buddizmning paydo bo’lishi va ta'limoti.
Buddaviylik - uchta dunyo dinlari ichida eng qadimiysi hisoblanib, eramizdan avvalgi VI - V asrlarda Hindistonda yuzaga kelgan. Bu dinga e’tiqod qiluvchilar, asosan, Janubiy, Janubi-Sharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida, Shri- Lanka, Hindiston, Nepal, Butan, Xitoy, Singapur, Malayziya, Mongoliya, Koreya, Vetnam, Yaponiya, Kombodje, Birma, Tayland, Laosda va qisman Yevropa va Amerika qit’alarida, Rossiyaning shimoliy mintaqalari - Buryatiya, Qalmiqistonda istiqomat qiladilar.
Bu o’tirishning 49 kuni uning qalbidan «Sen haqiqatni topding» degan sado keladi.
Xristianlik eramizning boshida Rim imperiyasining sharqiy qismida Falastin yerlarida vujudga keldi. Iso Masih (Iisus Xristos) Bibliyaning xabar berishiga ko’ra, xristianlik ta’limotining asoschisi bo’lib, u Rim imperiyasi tashkil topganining 747 yili Falastinning Nazaret qishlog’ida bokira qiz Maryamdan Xudoning amri bilan dunyoga keldi. Yangi eraning boshlanishi ham Iso Masihning dunyoga kelishi bilan bog’liq.
Isoning 33 yoshida fitnachilikda ayblab qatl etishga hukm qildilar.
Iso nomiga qo’shiluvchi Masih so’zi qadimiy yahudiy tili - ivritdagi «moshiax» so’zidan olingan bo’lib, «silangan» yoki «siylangan» ma’nolarini beradi. Grekchada bu so’z «xristos» («christos») shakliga ega. Bu dinning «xristianlik» yoki «masihiylik» deb atalishi ham shu so’zlar bilan bog’liq. Bundan tashqari xristianlik Iso Masihning tug’ilgan qishlog’i - «Nazaret» bilan bog’lab, nazroniyya deb ham atalgan. Keyinchalik bu nom nasroniyya, nasroniylik shaklini olgan.
Iso Masih o’z ta’limotini o’zining 12 o’quvisi Apostollar - Havoriylarga o’rgatdi. Ular esa Isoning vafotidan keyin ustozlarining talimotlarini har birlari alohida-alohida tarzda kitob shakliga keltirdilar. Bu kitoblar Bibliyaning «Yangi ahd» qismini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |